Xulosa
Mamlakatimizda ta’limga e’tibor yildan – yilga ortmoqda.Keyingi yillarda ko`plab yangi,
zamonaviy kasb – hunar kollejlari,akademik litseylar qurilib ishga tushirildi, eskilari esa
rekonstruktsiya qilindi. Ularning moddiy – texnika bazasi zamonaviy qurilma va asbob –
uskunalar, axborot vositalari bilan jihozlandi. Muxtaram 1-Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari
bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida,
internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng
kirib
borayotgan bir paytda
, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat
kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va
ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”. Bugungi kunda Informatika
va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi jadal rivojlanmoqda, shu bilan birgalikda
kompyuter tarmoqlari ham. Biz yoshlar o’zimiz va o’zimizdan keyingi avlodlarga Informatika
va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sirlarini chuqurroq o’rganishlari uchun yordam
berishimiz kerak. Aniqlandiki Windows XP operatsion tizimi distributivi o’lchami qanchalik
kichik bo’lsa ushbu operatsion tizim o’rnatilgan kompyuter tezroq ishlar ekan sababi
ortiqcha dasturlarning operativ hotira hamda qattiq diskdan joy egallamasligi ekan. Shuning
uchun ham oldimizga ishlatuvchining talabidan kelib chiqqan holda shaxsiy yengillashtirilgan
Windows XP distributivini yaratishni o'rgatuvchi dasturni yaratishni maqsad qilib oldik.
Multimediali qo`llanmalarni yaratishni juda ko’p dasturlash tillarida yaratish mumkin. Lekin
ularning hammasi ham talabimizdan kelib chiqqan holda qo’llanma yaratishga mos
kelmaydi. Yaratilgan o'quv qo`llanma Windows XP operatsion tizimi asosida shaxsiy
operatsion tizimini yig’ishni o’rgatuvchi multimediali qo’llanma yaratishga bag'ishlangan
bo'lim hozirgi kunda ommaviy ishlatilib kelinayotgan Windows XP asosida bajarilgan.
Qo'llanmani yaratish jarayonida uni yaratish algoritmi o'rganib chiqildi, strukturaviy tuzilishi
yaratildi hamda ishlatuvchiga qulay bo'lgan interaktiv dizaynli interfeys yaratilib Camtasiya
Studio dasturida yozib olingan multimedia dasturlari flv flash formatida saqlanib flash
dasturi yordamida bitta qobiqqa joylashtirildi. Yaratilgan o'quv qo'llanma nafaqat
talabalarga, balki shaxsiy operatsion tizimini yaratish ishtiyoqidagi xavaskor ishlatuvchilarga
ham yordam beradi degan umiddamiz.