Fuqarolarga ekologik tarbiya berishda milliy xususiyat va tomonlarga asosiy e‘tiborni
qaratish foydali. Bular: suv, yer, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Ota-bobolarimiz: «Suv –
tabiat in‘omi, hayot manbai», - deb bejiz aytishmagan. Ma‘lumki hozir faqat 500 ming km
3
ga
yaqin chuchuk suv bor xolos.
Ma‘lumki, barcha yoshdagi kishilarda tabiatni muhofaza qilish haqida qimmatli hayotiy
g‘oyalar xalq donishmandligida asoslangan. Masalan, «Soyasidan xalq foydalanib turgan
daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do‘zaxga mahkum etur», «Dehqonchilik bilan
shug‘ullaninglar, dehqonchilik muborak kasbdir. Unga qo‘riqchilarni ko‘paytiringlar», «Qaysi
bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o‘tqazsa, so‘ng uning mevasidan qush yoki hvyvon
yesa, uning ekinidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi», «Ekmoq
niyatida qo‘lingizda ko‘chat tutqazgan paytda bexosdan qiyomat qoim bo‘lish aniq bo‘lganda
ham ulgursangiz, uni ekib qo‘yavering», «Kim suv toshqinini to‘xtatsa yoki yong‘inni o‘chirsa,
unga shohidlik ajri yeriladi» va hokazo.
«Tafakkur buyuk fazilatdir va odamning donoligi haqiqatni aytisha, tabiatga quloq solgan
holda unga muvofiq harakat qilishda» - deb ta‘kidlagan Geraklit.
Orol tangligi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik va gumanitar fojialardan biridir.
1911-1962 yillarda Orol dengizining sathi eng yuqori nuqta bo‘lib, 53,4 metrni, shu darajalar
1994 yilda 32,5 metrga, suvning hajmi 1064 kub kilometrni (400 kub kilometrni) suvning yuzasi
66 ming kvadrat kilometrni (32,5 ming kvadrat kilometr) va minerallashuvi darajasi
bir litr suvda
10-11 gramm (u ikki barobar oshganligining guvohimiz) ga yetgan.
Orolning qurib qolgan tubidan chang bo‘ronlari 1975 yildayoq kosmik tadqiqotlar
natijasida aniqlangan. 1980 yillarning boshlaridan buyon bunday to‘fonlar bir yilda 90 kun
davomida kuzatilmoqda. Chang-to‘zon uzunligi 400 km va eni 40 km maydonga yetib
bormoqda. Chang bo‘ronlarining ta‘sir doirasi esa 300 kmgacha yetmoqda. Mutaxassislarning
bergan ma‘lumotlariga qaraganda, bu yerda har yili atmosferaga 15-75 mln tonnagacha chang
ko‘tariladi.
Orl dengizining qurib borishi munosabati bilan xalqaro, keng ko‘lamli ahamiyatga molik
bo‘lgan ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va desografik muammolarning murakkab majmui vujudga
keldi. Dengizning qurib borishi va mintaqaning cho‘lga aylanib borishi bilan bog‘liq fojea bu
havzada yashayotgan barcha xalqlarning ijtimoiy fojeasidir.
Maktabda o‘quvchilarni ekologik tarbiyalashda bunday ma‘lumotlarni berib borish
o‘qituvchilarning asosiy vazifasi bo‘lsog‘i darkor.
Endilikda atrof-muhitga, tabiat boyliklariga e‘tiborsiz bo‘lish butun sayyoraga jiddiy
zarar yetkazishi ma‘lumligi aniq bo‘lib qoldi. Inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar
muammolarini yechish zaruriyati tug‘ildi. O‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirish,
tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish pedagogika nazariyasi va
amaliyotida dolzarb muammoga aylandi.
Ayniqsa, umumta‘lim maktablarida maktab partasidanoq tabiatga muhabbat ruhida
tarbiya berishga astoydil kirishi zarurligini ko‘rsatadi.
Tabiatni muhofaza qilish hozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo‘lib qolganligi
o‘quvchi ongiga singdiriladi. Haqiqatdan ham tabiiy boyliklardan haddan tashqari ko‘p darajada
foydalanish, yangi yerlarni rejasiz o‘zlashtirish oqibatida, ekologik muvozanat keskin o‘zgardi,
atrof-muhit ifloslandi. Ayniqsa, paxta yakka hokimligi, qishloq xo‘jaligi ishlarining noto‘g‘ri
rejalashtirilganligi, kimyoviy o‘g‘itlardan me‘yordan ortiq ishlatilishi tabiat kushandalarining
ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Bu hol hayvonot olami va o‘simlik dunyosiga ham o‘zining salbiy
ta‘sirini ko‘rsatdi.
Ekologik tarbiya insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir.
Ekologik ta‘lim-tarbiya maktabda barcha fanlarni o‘qitishda amalga oshirilishi ko‘zda
tutiladi. Ekologik ta‘lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning
muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Bizningcha, umumiy o‘rta ta‘lim va boshqa muassasalarda ekologik tarbiya berishni
tarbiyalashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
-
atrof-muhit va uning shaxs ma‘naviy dunyosiga ta‘siri;
-
tabiat
va uning ahamiyatini anglash;
-
tabiatga muhabbatni shakllantirishda maktab
va oilaning hamkorligi;
-
o‘z tumani, shaharini, qishloq va maktab hovlisini ko‘kalamzorlashtirishda,
hatto sinf xonasidagi o‘simliklarni ham
parvarishlashga qiziqishlarini;
-
oiladagi, maktabdagi tabiatni, o‘simliklar va hayvonot dunyosini e‘zozlashga
o‘rgatish, jonivor
va qushlarni parvarish qilish;
-
tabiatga ongli munosabat jarayonda o‘quvchilarning dunyoqarashini
shakllantirish;
-
yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an‘ana va udumlarni qayta tiklash,
ularga e‘tiborni kuchaytirish.
«Avesto»da kishilarni ekologik tarbiyalash bo‘yicha quyidagi tadbirlar belgilangan:
-
Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi
narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir.
-
Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga
mahkumdir.
Ota-bobolarimiz azal-azaldan tabiatga yuksak mehr ko‘rsatishgan. Yurtni obod etishgan,
ko‘chalarni, haylilarni sarishta qilishgan. Xalqimizning tabiatga munosabati: urug‘ qadash,
qovun sayli, suv sayli, uzum sayli, hosil bayrami, gul bayrami, Navro‘z bayrami kabi an‘ana,
udum va odatlarida o‘z aksini topgan. Mazkur an‘ana, urf-odat va qadriyatlarni takomillashtirish
bugungi kunning eng asosiy vazifalaridandir.
Maktab o‘quvchilari ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarur:
- tabiat
haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ular orasidagi bog‘lanish;
- tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish
va ularni muhofaza qilish;
- atrof-muhitni ifloslantirishdan saqlash;
- tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.
Umuman umumiy ta‘lim maktab o‘quvchilarining ekologik ta‘lim-tarbiyasi quyidagi
tuzilish va tizimda olib borilsa uning samaradorligi ta‘minlanadi: ekologik his-tuyg‘u, ekologik
idrok, ekologik tasavvur, ekologik tushuncha, ekologik bilim, ma‘lumot, ko‘nikma, malaka,
odat, ekologik madaniyat (mahorat) va hokazo.
Dostları ilə paylaş: