2-sifat: «men har doim islomga qat‘iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan
shug‘ullangan shaxslarga hurmat bilan qarardim».
3-sifat: «men kambag‘allarga ko‘p xayri-ehson qildim…».
4-sifat: «xaloyiqqa rahm qildim, barchaga naf yetkazdim. Bunda birovga nohaq ozor
yetkazdim va mendan yordam so‘rab kelganlarni ko‘kragidan itarmadim».
5-sifat: «islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik itoatni ado etib bo‘lganimdan
keyingina kundalik ishlarga qo‘l urdim».
6-sifat: «barcha so‘zlarimda doimo haqiqatgo‘ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo
haqidagi eshitganlarimdagi haqiqatni yolg‘ondan ajrata bildim».
7-sifat: «men
har kimgaki, va‘da bersam, unga vafo qildim».
8-sifat: «doimo o‘zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va
parvardigorning izsmisiz uni sarf etmadim».
9-sifat: «men har doim tangrining amrini va uning payg‘ambar Muhammad
alayxisalomning hadislarini to‘la ado etishga intildim».
10-sifat: «men har doim insof bayrog‘ini baland ko‘tardim va iymon tarqatishni o‘z
buyukligimning qudratli zamini deb bildim».
11-sifat: «men doim saidlarga ehtirom
bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e‘zozlardim».
Shunday qilib, sohibqiron Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlarining
kuchliligi, teranligi, ta‘siri, umuminsoniy qadriyatlari asosiga qurilganligi bilan alohida ahamiyat
kasb etadi. Bu o‘gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan jipslashtirgan, sehrli tarbiyaviy
kuchga ega bo‘lgan durdona – pedagogikadir. Bu pedagogika buyuk Sohibqironning davlatni
boshqarish va uni idora qilish, g‘olibona harbiy yurishlar qilish, mamlakatda osoyishtalik
o‘rnatish, Fan va madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida do‘stlik, mehr-shavqat, odamiylik
va axloq-odobni tarbiyalash kabi muammolarni hal qilishga bag‘ishlangandir.
Amir Temur zamonasida o‘g‘il bolalar uchun diniy bilim beradigan maktablar ko‘p
bo‘lib, masjidlarda va xususiy uylarda o‘qimishli kishilar, domla-imomlar tomonidan ochilgan.
Maktablarda arab alifbosida savod chiqarilgan «Haftiyak» kitobi o‘qitilgan. «Haftiyak»da
ko‘proq diniy marosimlarda o‘qiladigan suralar berilgan. Uni o‘rganishga 2-3 yil vaqt ketgan.
«Haftiyak»dan so‘ng «Chor kitob», So‘fiy Ollayorning hikmatlari o‘qitilgan. Maktab muayyan
o‘quv dasturiga esa bo‘lmagan. O‘quvchilar yakka tartibda o‘qitilgan. Maktab muayyan o‘quv
dasturiga ega bo‘lmagan. O‘quvchilar yakka tartibda o‘qitilgan. Maktabga qabul qilishning aniq
vaqti ham bo‘lmagan.
Temur va temuriylar vhdavrida Movarounnahrda ibtidoiy diniy maktablardan tashqari,
shahzodalar, xonzodalar, bekzodalar va yirik amaldorlarning bolalari uchun saroylar va
xonadonlarda alohida savod maktablari ham tashkil etilgan. Bunday maktablar podsho xonadoni
uchun maxsus qissaxon deyilar edi.
Shahzodalar va malikalar Temurning boy kutubxonasida mutolaa qilishgan. U
kutubxonalarda barcha fanlarga oid kitoblar bo‘lgan.
Amir Temur davrida madrasalar oliy o‘quv yurti vazifasini o‘tgan. Ular diniy va
keyinchalik dunyoviy bilimlar o‘chog‘i bo‘lgan. Ko‘plab madrasalar qurilgan.
Tarixchi Sharofiddikn Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida yozilishicha Amir
Temurning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri davlat va mamlakat fuqarosining g‘amxo‘ri
bo‘lganligidir. Uning qoidasi «Rosti-durusti» edi.
Amir Temur o‘git-nasihatlarida axloqqa oid gaplar juda ko‘pdir.
1. Adolat va adolatsizlik haqida: «Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu-sitam
yo‘lini to‘sdim. Qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qo‘shib olgan bo‘lsam, o‘sha yerni obro‘-
e‘tiborini, kishilarini aziz tutdim, sayidlari, ulamolari, fuqaro va mashoyixiga ta‘zim bajo
keltirdim va hurmatladim, ularga vazifalar berib, maoshlarini belgiladim. O‘sha viloyatlarning
ulug‘lari щg‘a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini bo‘lsa o‘z farzandlarimdek ko‘rdim», - deydi.
Shuningdek, u ish va so‘z birligini xush ko‘rar edi.
Amir Temur do‘stigasodiq edi. U Imom Baroka vafot etganda yig‘lab ko‘z yoshi to‘kkan.
«Shiddatli kishilarni do‘st tut, chunki tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi», deb Yana do‘st-
dushmandan kimki menga iltjo qilib kelgudek bo‘lsa, do‘stlarga shunday munosabatda bo‘ldimki
do‘stligi yanada ortdi, dushmanlarga shunday muomalada bo‘ldimki, ularning dushmanligi
do‘stlikka aylandi.
Amir Temurning o‘zi To‘xtamishxon uning panohiga sig‘inib kelganda unga yaxshilik va
muruvvat ko‘rsatgan. Amir Temur «Hyech kimga g‘azab bilan qattiq muomala qilmadim», deb
yozadi o‘z tuzuklarida. U shirin so‘z aytib g‘animni imonga kiritgan. «Bir kalima shirin so‘z
qilichni qiniga kiritar», deb ta‘kidlardi Sohibqiron.
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmidan XVII asrgacha bo‘lgan davr
Movarounnahrda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy yuksalish dari bo‘ldi. Markazlashgan davlatning
asoschisi Amir Temur o‘z imperiyasini tuzib, uning iqtisodiy va madaniy qudratini yuksaklikka
ko‘tardi. Uni Ovro‘pa va Sharqda eng qudratli davlatga aylantirishga erishdi.
Dostları ilə paylaş: