materiallar chiroyli, chizmalari aniq va o‘quvchilarning bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga
hamda ta‘limni muammoli o‘zlashtirishga amaliy yordam bermog‘i darkor. Darsda ta‘limning
ko‘rsatmali tashkil etilishi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilayotgan materiallarning qiziqarli,
tez va ongli o‘zlashtirishga hamda mustaqilligini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.
6. Bilimni puxta va mustahkam o‘zlashtirish qoidasi.
A.R.Beruniy o‘qitish jarayonida bolalarga tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni quruq yodlashga
asoslangan ta‘limni qattiq qoraliydi.
Puxta o‘zlashtirishning harakterli belgisi bilimni mustahkam esga (xotirada) saqlab
qolinishdadir. Puxta o‘zlashtirish uchun qaytarish (takrorlash) va mashq g‘oyat katta ahamiyatga
ega. Qaytarishda faqat ilgari o‘zlashtirilgan materiallargina esga tushurilmay, o‘zlashtirgan
bilimlarning noaniq, tumanli bo‘lib qolgan tomonlari oydinlashadi va to‘ldiriladi. O‘tilgan
materialni qaytarish-xotirada qayta tiklash bir necha yo‘l bilan olib boriladi. Qaytarishning
ahamiyati haqida A.R.Beruniy ―Bilim takrorlash va qaytarish mevasidir‖.
Qaytarish turlari darsning qaysi bosqichida qo‘llanishi mumkinligi va o‘tilayotgan
mavzuning harakteriga bog‘liqdir.
O‘tilgan mavzularni asosiy va markaziy masalalar yuzasidan qaytarishning ahamiyati
katta. Odatda bunday takrorlashlar bir qancha mayda temachalarni o‘tib bo‘lgach, temachalar
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni
aniqlash, umumlashtirish maqsadida qaytariladi.
Kudalik takrorlash. Har kuni har bir dars yuzasidan olib boriladigan takrorlashdir.
Takrorlashning ikkinchi turi maxsus takrorlashdir. Odatda bunday takrorlash katta
temalarni o‘tib bo‘lgach, shuningdek, ma‘lum bir chorak ichida o‘tilgan materiallar yuzasidan
olib boriladi. Maxsus takrorlashning keng tarqalgan turi o‘quv yili oxirida alohida ajratilgan
soatlarda o‘tkaziladi.
7. Ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olish va
tushunarli qilib o‘qitish qoidasi.
Ta‘lim jarayonida har bir sinf o‘quvchilariga xos umumiy xususiyatlarni ham shu sinfdagi
har qaysi o‘quvchining individual xususiyatini xisobga olgan holda ish ko‘rish muhim didaktik
ahamiyatga egadir. Ibn Sino, Beruniy o‘qitish jarayonida bo‘lgan tushunarli bo‘lmagan so‘zlarni
quruq yodlashga asoslangan ta‘limni qattiq qoralaydi. Beruniy yozadi: ―Tushunish yodlashdan
yaxshiroq va afzaldir‖. Beruniy pedagogik g‘oyalaridan eng muhimi bilimni puxta va
mustahkam egallash zarurligidir. ―Bilimning shunday bo‘lishi kerakki, u yalang‘ochligingda ham
o‘zingda qolsin, bilimingni hammomdagi qo‘llik ham yuvolmasin‖. Bilimlarning o‘quvchilarga
tushunarli bo‘lishi ta‘limda samarador bo‘lish uchun Beruniy quyidagilarga amal qilishni tavsiya
etadi:
- sezgi organlarning ma‘lumotlariga ko‘ra...
bilishni davom ettirish;
- fanni o‘rganayotganda fikrlash,
xotiralab esga olish zarur;
- o‘rganiyotgan ilmlarni to‘la bilib olish uchun, o‘sha ilmni tashkil etib turgan
elementlarini puxta o‘rganib chiqish;
- bilishda oddiydan murakkabga, ma‘lumdan noma‘lumga, yaqindan uzoqqa, osondan
qiyinga, dalillardan
xulosalarga qarab borish;
- uzoq o‘tmishga oid bilimlarni o‘rganishda shu ilm, fan tarixini o‘rganish;
- hodisalarni, fan asoslarini bir-birlariga taqqoslashtirib, solishtirib har tomonlama
chog‘ishtirb o‘rganish va h.k.
O‘quvchilarga ta‘lim berishda bayon qilinayotgan bilim bolalarga tushunarli bo‘lish kerak.
Shu bilimlarning tushunarli bo‘lishi uchun ularning yosh va individual xususiyatlari hisobga
olinadi. Ana shuning uchun ham yangi bilimlarni bayon qilish, o‘tilgan materialni
mustahkamlash, uyga vazifa toptirish ham, mustaqil ish va qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish
paytida bolalarning yosh va individual xususiyatlarga amal qilinadi.
O‘qitishning bolalarga tushunarli bo‘lishi qoidasida ta‘limning ikki tomoniga e‘tibor
beriladi.
1. O‘quv materiallarining harakteri-mazmuni va hajmi shu sinf o‘quvchilarining yosh
xususiyatlariga mos bo‘lishi.
2. Sinf uchun belgilangan bilim hajmi shu sinf o‘quvchilarining saviyalariga mos bo‘lishi.
Darsda berilayotgan bilimlarning bolalar tomonidan puxta o‘qib olinishga erishish uchun
mustahkam rejaga amal qilinishi, mazmuni va hajmi to‘g‘ri belgilangan bo‘lishi, materiallardan
lo‘nda xulosalar chiqarishi materiallarning ishonchli bo‘lishi uchun fakt, misol, dalillar keltirish
– ko‘rsatmali qurollardan foydalanish, nutqning ravon va tushunarli bo‘lishi, materiallarning
turmush bilan, o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari bilan bog‘lab olib borish talab qilinadi.
Ta‘limni tushunarli bo‘lish qoidasi o‘quv ishlarini osonlashtirib, soddalashtirib yuborishni
rad etadi.
Mashhur pedagog Burxoniddin Zarnudjiy ―O‘quvchiga ta‘lim yo‘lida qo‘llanma‖ asarida
―Har biringiz muruvvatni egallashga hayrixohlik bilan intiling, biroq bulardan eng dolzarbi, bu -
kishilarda bilimlarni takrorlashdir. Sen bilimlarni faqat mana shu olti holatda, o‘zlashtirishining
zarur bo‘ladi‖. Bular: aql - farosatlilik, kuchli istak, chidamlilik, ozgina yeyimlik va ichimlik,
o‘qituvchi ta‘limi va bilim olish uchun yetarli vaqt.
Klassik pedagogik namoyondalar ta‘limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi yuzasidan bir
qator qoidalarni ishlab chiqqanlar. Ular ―didaktik qoidalar‖ deb yuritiladi:
1. Osondan qiyinga qarab borish.
2. Ma‘lumdan noma‘lumga borish.
3. Soddadan murakkabga borish.
4. Yaqindan uzoqqa qarab borish.
Ya.A.Komenskiy mazkur qoidaga ta‘raf berib bunday deb yozgan edi: ―O‘quv
materiallarini shunday taqsimlab chiqish lozimki, avval bola juda yaqin va aniq narsalarni,
so‘ngra uncha uzoq bo‘lmagan narsalarni, keyin uzoqroq va nihoyat, eng uzoq narsalarni bilib
olsin‖.
Dostları ilə paylaş: