Pedagogik mashq Maktab tarbiyasida darsning ba‘zi jihatlarini baholang.
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarda matematika fanidan ilk ma‘lumotni quyidagi
mazmunda amalga oshirdi. Aziz o‘quvchilar biz nima uchun matematikani o‘rganamiz?
Matematikasiz hayotni tasavvur qilish mumkinmi? Matematika bizning hayotimizda
qo‘llanadimi? kabi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qildi. O‘qituvchi matematika darsida
matematika fani haqida o‘quvchilardan ilk matematik tasavvur, tushuncha va bilimlarni tarkib
toptirdi. Masalan, matematika fani 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 shakldagi sonlarsiz o‘rganib bo‘lmaydi.
O‘qituvchi kirish suhbatida shu sonlarning nomini, aytilishi, shaklini bilmay va yozishda
qo‘llanmasdan hamda amaliy hayotga tadbiq qilmay turib inson hayotini qurish mumkin
emasligiga kichik o‘quvchilarni ishontirdi. Shuning uchun biz o‘quvchilar hozirdanoq matematik
sonlarning aytilishi, yozilish shakli va ularning bir-biri bilan qo‘shilishi hamda hosil bo‘ladigan
sonlarni ilmiy bilishimiz shart. Chunki har birimiz bajaradigan ishimizning natijalarini sonlar
vositasida hisoblab aniqlaymiz. Shuning uchun matematik sonlarni ongli, mustaqil ravishda
o‘zlashtirishimiz darkor. Buning uchun matematik sonlarni uzluksiz, izchil, tizimli, ketma-ket
o‘rganishimiz kerak. Agar matematik sonlarni mustaqil o‘rganmasak o‘zimiz bajargan ishlarning
foydali bo‘lganligini aniqlay olmaymiz. Ya‘ni, o‘z ishimizni, hayotimizni reja asosida qura
olmaymiz. Sonlarni ilmiy bilish, ularni to‘g‘ri aytish, yozish va hisoblashni bilishni hayotning
o‘zi toqazo etadi. Biz sonlar bilan muomila qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishimiz kerak. Misol
uchun vaqt qancha bo‘lganligini, ishni qancha vaqtda bajarish kabilarini bilishimiz kerak va h.k.