g’azablanish, nafrat, shafqatsizlik sabab bo’ladi. Ko’pincha, bunday ko’rinish
suitsidentning o’ziga e’tibor qaratishi, yordam so’rashi hisoblanadi. Biroq, bunday
chaqiruv, odatda, aks natija beradi – atrofdagilar suitsidentni yoqtirmay qolishadi,
undan uzoqlashishadi. Hamdardlik o’rniga o’rtoqlari tomonidan qoralanishga
5. O’ziga zarar etkazish va xavfli xulq-atvor. Ba’zi suitsidal o’smirlar doim
o’zlariga zarar keltirishga harakat qiladilar, o’zlarini “xavf chegarasida” dek
tutadilar. Ular qaerda bo’lmasinlar – gavjum chorrahadami, tog’ yo’lidami, tor
ko’prikdami yoki temir yo’ldami – tavakkal qilib katta tezlikda yuradilar.
6.O’ziga hurmatning yo’qolishi. Yoshlar o’zlariga juda past baho berib yoki
o’zlariga hurmatsizlik bilan qarash orqali o’zlarini hech kimga kerakmas, hech kim
sevmaydigan, hech narsaga yaramaydigandek hisoblaydilar. Ularga o’zlarini xuddi
autsayder va omadsiz, qo’lidan hech narsa kelmaydigan, hech kim
yoqtirmaydigandek tuyuladi. Bunday vaqtda ularga o’lib ketgani afzaldek
ko’rinadi.
Dostları ilə paylaş: