O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


  Suitsid haqida umumuy tushuncha. Suitsidal xulq-atvorning sabablari



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/41
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#37638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
yuridik psixologiya karakulova u

1  Suitsid haqida umumuy tushuncha. Suitsidal xulq-atvorning sabablari, 

shakllari. 

 

 

Suitsid  –  qasddan  o’limga  olib  keluvchi  shikast  etkazish  (o’z  joniga  qasd 

qilish). Bunday psixologik holatning paydo bo’lishi, ko’pincha, insonning jazavaga 

tushish, emotsional tuyg’ularning yo’qolishi, irodasizlik kabilarni o’z ichiga oladi.  

Fanda suitsid ochiqchasiga yoki yashirincha o’z joniga qasd qilish harakati, 

deb  izohlanadi.  Shuningdek,  qator  adabiyotlarda  “pubertat  (etuklik)  suitsid” 

atamasi  ham  qo’llaniladi.  Bu  butun  bir  ko’rinishga  ega  bo’lib,  o’smirlar  o’rtasida 

o’z  joniga  qasd  qilish  bilan  izohlanadi.  Bir  qator  tadqiqotchilar  (A.G.Amburova, 

E.M.Bruno,  N.D.Kibrik  va  boshqalar)  o’smirlar  suitsidi  katta  yoshdagilar 

suitsididan farq qilishini ta’kidlaydi. A.G.Amburovaning kontseptsiyasiga binoan, 

suitsid  shaxsning  boshidan  o’tkazayotgan  mikroijtimoiy  nizolarga  ijtimoiy-

psixologik  moslashmasligi  bilan  bog’liq.  Shunga  ko’ra,  o’z  joniga  qasd  qilish 

(haqiqiy  suitsid)  va  o’z  joniga  qasd  qilishga  urinish  (tugallanmagan  suitsid)  ga 

ajraladi.  Bruksbenk  o’zining  izlanishlarida  suitsid  va  parasuitsid  (tugallanmagan 

suitsid) haqida fikr yuritadi. U suitsidni qasddan qilingan, parasuitsidni esa o’limga 

olib kelmaydigan shikast etkazish harakati, deb belgilaydi.  




Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin