Suitsidal suiqasdga hamma suitsidal harakatlar, biron sababga ko’ra o’lim
bilan tugamaydigan, ya’ni suitsidentga bog’liq bo’lmagan (masalan, o’z vaqtida
tegishli jonlantirish) qayd etiladi.
Suitsidal urinishlarga namoyishkorona harakatlar, ya’ni suitsident o’zi
qo’llayotgan vositaning joniga qasd qilishiga xavfsiz hisoblanadi. Yuqorida
aytilganlar bu harakatlar amalga oshishi mumkinligi xavfini kamaytirmaydi.
Suitsidal namoyishlarga o’z joniga qasd qilishga yo’naltirilgan biron-bir
harakatlarga olib kelmaydigan suitsidal fikrlar, ishoralar va mulohazalarga
tegishlidir.
Suitsidning yaqinlashayotgani suitsidal davr oldidan ma’lum bo’ladi. U bir
necha soniyadan bir necha yilgacha o’zgarib turadi. Ko’pincha, bu o’smirlar va
katta yoshdagilarda hayotning qiyin vaziyatlarida namoyon bo’ladi. Bu davr
suitsidning ilk bosqichi hisoblanib, tugallanmagan suitsid harakatlarda,
shuningdek, undan oldinroq namoyon bo’ladi.
Suitsid oldi davri quyidagicha ta’riflanadi: odamda avval ahamiyatsiz fikrlar
tug’iladi, hayot qadrini o’ylamaydi, “yashash kerak emas, hayotdan charchadim”,
“bularning hammasi qachon tugaydi?” “hammasi jonga tegdi” va shunga o’xshash
fikrlarni o’ziga shior qilib oladi. Ular o’lim haqida aniq tasavvurga ega emas, lekin
yashashni inkor qiladi. Bunday suitsidal usul u yoki bu vaziyatlarda hamma
odamlarda uchrab turadi. Agar jarayon davom etsa, keyingi bosqichlarda passiv
suitsidal fikrlar, ya’ni o’z joniga qasd qilish mavzusidagi fantaziyalar bilan
tavsiflanadi. Masalan: “uyquga yotsang-u, hech qachon uyg’onmasang”, “bironta
qo’rqinchli kasal bilan kasallansang” va shunga o’xshash insonning suitsidga ichki
tayyorligi aks etadi.
Uchinchi suitsid oldi bosqichida o’lish istagi tan olinadi. Bu davr uchun
rejalangan suitsid xosdir. Bu vaqtda suitsid rejasi ishlab chiqiladi, usullari o’ylab
topiladi, vaqt va joy tanlanadi.
Suitsidal harakatlar, fikrlar, tayyorlik, tahdidlar va boshqa davrlar, ya’ni o’z
joniga qasd qilish qarori qabul qilingan davr – suitsidal davr deb nomlanadi.
Shu tariqa suitsidal oldi va suitsidal davrlar – bu bosqichlar odamni o’z
joniga qasd qilishga u yoki bu usulda tayyorlashi bilan tasniflanadi.
Xorij adabiyotlarida suitsidal xulq-atvorni quyidagi turlari tavsiflanadi:
Dostları ilə paylaş: |