O’smirlarda suisidal holatlar va ularni diagnostikasi


Asabiy  suitsidal  xulq-atvor



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/41
tarix02.01.2022
ölçüsü0,63 Mb.
#37638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
yuridik psixologiya karakulova u

Asabiy  suitsidal  xulq-atvor.  Bu  suitsidal  harakat  kuchli  hissiyotlar  ostida 

amalga oshiriladi. Bu vaqtda o’smir g’ayriixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bunda 

o’z  harakatining  aniq  rejasi  bo’lmaydi.  Shuningdek,  o’smir  kuchli  salbiy 

hissiyotlar  –  alam,  nafrat,  haqiqatni  ko’ra  bilmaslik  natijasida  suitsidal  harakatga 

yo’l  qo’yadi.  Asabiy  suitsidal  xulq-atvorda,  ko’pincha,  o’zini  osish,  toksik 

moddalar va kuchli ta’sir ko’rsatuvchi preparatlar bilan o’zini zaharlashga urinadi.  



Haqiqiy  suitsidal  xulq-atvor.  Haqiqiy  suitsidal  xulq-atvor  o’ylangan  reja 

asosida  harakat  qilinishi  bilan  tavsiflanadi.  Bunday  suitsidal  xulq-atvorda  o’smir 

ota-onasi,  do’stlariga  o’z  qilmishlarining  sabablarini  tushuntirib  va  hamma  bilan 

vidolashib  xat  qoldiradi.  Bunday  harakat  avvaldan  o’ylab  qilingani  uchun  o’lim 

bilan  yakunlanadi.  Haqiqiy  suitsidal  xulq-atvorda  o’smir,  ko’pincha,  o’zini  osadi 

yoki balanddan o’zini erga tashlaydi.  

O’z  joniga  qasd  qilish  –  juda  ham  g’ayritabiiy  va  eng  ahamiyatli  qadam, 

shuning uchun ko’p hollarda bu qaror bir zumda pishib etilmaydi. Uzoq vaqt o’zi 

duch kelgan qiyin vaziyatdan chiqish yo’llarini izlaydi, kurashadi, qayg’uradi. 



            Suitsidning sabablari juda murakkab va ko’pchilikni tashkil qiladi. Buning 

sabablari  insonning  biologik,  genetik,  psixologik  va  ijtimoiy  tomonlaridan  izlash 

mumkin.  O’smirlar  bunga  qaramasdan  ekstremal  vaziyatlarda  –  jamoat  oldida 

kamsitish,  o’qishdagi  muammolar,  sotqinliklar  natijasida–  suitsidga  qo’l  uradilar. 

Ko’pchilik  ekspertlarning  taxminicha,  bu  suitsid  uchun  sababdan  ko’ra  bahona 

bo’ladi.  E.Shneydman  hamma  suitsidentlarga  xos  umumiy  xususiyatlarni  sanab 

o’tgan: 


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin