O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bobi prezidentlik institutiga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir



Yüklə 29,19 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü29,19 Kb.
#37765
2 5215684670808656712



Prezidentlik institutining mohiyati va

ahamiyati



O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  XIX  bobi  prezidentlik  institutiga  bag‘ishlangan.

Unga  ko‘ra  O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  davlat  boshlig‘idir  va  davlat  hokimiyati

organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta’minlaydi.

Bundan yigirma yetti yil avval, 1990 yil 24 martda demokratiya jarayonlarini yanada rivojlantirish,

siyosiy  o‘zgarishlarni  chuqurlashtirish,  konstitutsion  tuzumni,  fuqarolarning  huquqlari,  erkinliklari

va  xavfsizligini  mustahkamlash,  O‘zbekiston  Respublikasi  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  oliy

organlarining  o‘zaro  aloqasini  takomillashtirish  maqsadida  MDH  davlatlari  ichida  esa  birinchi

bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti lavozimi ta’sis etildi (1).

O‘zbekiston tarixida ilk daf’a joriy etilgan Respublika Prezidenti lavozimi yangi O‘zbekiston davlat

hokimiyati  organlari  tizimida  markaziy  o‘rinni  egalladi.  U  siyosiy  tizimning  o‘zagi  bo‘lib  qoldi.

Prezidentlik  hokimiyatida  Prezidentning  davlat  boshlig‘i  ...  vakolatlari  mujassamlashgan.  Bu

hokimiyat  jamiyatdagi  barqarorlikning  va  O‘zbekiston  islohotlar  yo‘lidan  muvaffaqiyatli  olg‘a

borishining kafolati bo‘lgani holda, yangi o‘zbek davlatchiligi binosining asosiy tayanchiga aylanib

qoldi (2).

O‘zbekiston  Respublikasida  prezidentlik  lavozimi  milliy  an’analarimiz,  qadriyatlarimiz  bilan

rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini uyg‘unlashtirish natijasida vujudga keldi.

O‘zbekistonda ta’sis etilgan Prezident lavozimining huquqiy asoslarini tahlil qilib baralla aytishimiz

mumkinki,  mamlakatimizda  Prezidentning  saylanishi,  vakolatlari  demokratik  standartlarga  mos

to‘la keladi.

Dunyoda prezident lavozimi mavjud bo‘lgan davlatlarni shartli ravishda 3 ga ajratilib, prezidentlik

va  parlamentar,  aralash  respublikalar  degan  tasniflash  mavjud.  Bunda  asosiy  mezonlardan  biri

bo‘lib,  Prezidentning  saylanish  usuli  hisoblanib,  bevosita  xalq  tomonidan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri

saylangan  Prezident  kuchli  vakolatlarga  ega  bo‘ladi.  Prezident  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  saylanganda

fuqarolar  uning  saylovoldi  dasturi  bilan  bevosita  tanishish,  mamlakat  va  fuqarolarni

qiziqtirayotgan masalalarga nomzodlar e’tiborini qaratish imkoniyati mavjuddir. Konstitutsiyamiz

90-moddasiga  ko‘ra  O‘zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  O‘zbekiston  Respublikasining

fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish

yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi.

Prezidentni umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylash

dunyoning 110 ta davlatida qabul qilingan usuldir.

O‘zbekistondagi  Prezidentlik  institutining  o‘ziga  xosligi  shundaki,  bizda  davlat  boshlig‘ining

vakolatida fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

va  qonunlariga  rioya  etilishiga  kafillik  belgilanganligi,  davlat  hokimiyati  organlarining  kelishilgan

holda  faoliyat  yuritishini  hamda  hamkorligini  ta’minlashi,  Prezident  saylovi  kuni  Konstitutsiyada

aniq  belgilab  qo‘yilgani,  saylov  komissiyalarining  a’zolari  saylovdan  manfaatdor  biron  bir  partiya

a’zosi,  yoki  nomzod,  uning  ishonchli  vakili  bo‘lishi  mumkin  emasligi,  Prezident  saylovining

moliyaviy ta’minoti davlat mablag‘lari tomonidan qoplanishi va teng taqsimlanishi, nomzodlardan

hech qanday saylov garovi, saylov fondini tashkil etish talab qilinmasligi, nomzodlarga saylovoldi

tashviqotini  o‘tkazish  uchun  davlat  hisobidan  teng  efir  vaqti  va  bosma  maydon  ajratilishi,

yig‘ilishlar  va  uchrashuvlar  o‘tkaziladigan  vaqt  hamda  joy  haqida  saylovchilarga  barvaqt  xabar

qilinishi, davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning



rahbarlari,  fuqarolarning o‘zini  o‘zi boshqarish  organlari  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga

nomzodlarga  saylovchilar  bilan  uchrashuvlar  o‘tkazishni  tashkil  etishda,  zarur  ma’lumot  va

axborot materiallari olishda yordam ko‘rsatishlari shartligi kabilarda ko‘rishimiz mumkin.

O‘zbekistonda  Prezidentlik  institutining  xalqimiz  hayotiga  yaqinligini  mustaqillik  yillarida  bo‘lib

o‘tgan  Prezident  saylovlarida  saylovchilarning  90  %  dan  ortig‘i  ishtirok  etganligidan  ham  bilib

olishimiz  mumkin.  Jahonning  ko‘plab  davlatlarida  bu  raqam  odatda  o‘rtacha  50-60  %dan

oshmasligini ko‘rishimiz mumkin.

Shu  ma’noda  prezidentlik  instituti  demokratik  institut  hisoblanib,  birinchidan,  O‘zbekiston

Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va

to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li saylanadi va fuqarolarning davlat

ishlarini  boshqarishda  vakilligini  ta’minlashdek  konstitutsiyaviy  funksiyani  bajaradi.  Ikkinchidan,

Prezident lavozimiga nomzod bo‘lishda O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqarolar bir xil huquq va

erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy

mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga,

irqiy  yoki  milliy  mansubligiga,  jinsi,  ma’lumoti,  tili,  dinga  munosabatiga,  mashg‘ulot  turi  va

xususiyatiga  qarab  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarining  saylov  huquqini  biron-bir  tarzda

bevosita  yoki  bilvosita  cheklash  taqiqlanadi.  Uchinchidan,  Prezident  saylovi  demokratik

standartlarda  belgilangan  holda  halollik  bilan  ochiq,  shaffof  o‘tishi,  erkin,  ixtiyoriy,  haqiqiy  va

adolatli  tashkil  etilishi  va  o‘tkazilishi  Konstitutsiya  va  qonunlarimizda  belgilab  qo‘yilgan.

To‘rtinchidan,  Prezident  vakolatlari  Konstitutsiya  va  qonunlarda  belgilab  qo‘yiladi.  Ya’ni  bunda

demokratik  saylovlar  orqali  saylab  qo‘yilgan  vakillari  orqali  xalq  ishtirok  etadi.  Beshinchidan,

monarxiyadan  farqli  o‘laroq,  Konstitutsimiz  1-moddasiga  asosan  O‘zbekiston  –  suveren

demokratik  respublika  bo‘lganligi  bois  Prezidentning  lavozimda  bo‘lish  vaqti  konstitutsiyaviy

asosda  ma’lum  muddatlar  bilan  chegaralangan.  Ya’ni  Asosiy  qonunimizga  asosan  besh  yil

muddatga saylanadi. Bu ham demokratik standartlardan bo‘lib, xalq davlat hokimiyatining manbai

sifatida  davriy  asosda  o‘z  nomidan,  ya’ni  xalq  nomidan  ish  olib  borishi  mumkin  bo‘lgan  shaxsni

muqobillik asosida saylab turish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Oltinchidan, respublika Prezidenti

lavozimga  kirishish  oldidan  xalq  saylagan  oliy  vakillik  organi  –  Oliy  Majlisda  qasamyod  qabul

qilishi  ham  o‘z  qasamyodida  birinchi  jumla  “O‘zbekiston  xalqiga  sadoqat  bilan  xizmat  qilishga”

degan jumlaning o‘ziyoq demokratiyaning belgilari sifatida aytilgan: demokratiya xalqdan chiqishi,

demokratiya  xalq  tomonidan  va  xalq  manfaatlari  yo‘lida  oshirilishiga  yaqqol  misol  bo‘la  oladi.

Yettinchidan,  prezidentlik  instituti  huquqiy  davlatning  muhim  va  ajralmas  belgisi  –  hokimiyat

bo‘linishi prinsipining tarkibiy qismidir.

Prezident  lavozimining  joriy  etilishi  o‘zbek  davlatchiligi  tarixida  yangi  bosqichni  boshlab  berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Prezident institutining

joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga

o‘tilishini  bildiradi.  Chunki  shunchaki  emas,  balki  haqiqiy  davlatchilik  hokimiyatning  bunday

tuzilmasini  qo‘lga  kiritish  imkoniyatiga  ega.  ...  Prezident  boshqaruvini  hayotning  o‘zi,  qayta

qurishning mantig‘i, mohiyati, uning murakkab va ziddiyatli jarayonlari taqozo etdi” (3).

Dastlabki  bosqichda  prezidentlik  instituti  davlat  hokimiyati  tizimida  markaziy  o‘rinni  egallab,

siyosiy  tizimning  o‘zagiga  aylandi.  Demokratik  huquqiy  davlat  va  kuchli  fuqarolik  jamiyatining

poydevorini barpo etish hamda davlatning bosh islohotchi bo‘lishi zarurati o‘tish davrida Prezident

zimmasiga katta mas’uliyat va strategik vazifalarni hal etish zaruratini yuklash barobarida uning

keng vakolatlarga ega bo‘lishini taqozo etdi. Prezident davlat va ayni vaqtda ijro etuvchi hokimiyat

boshlig‘i  sifatida  islohotlarning  tashabbuskori,  yangilanish  va  o‘zgarishlar  jarayonini  harakatga

keltiruvchi asosiy kuchga aylandi.

Demokratiyaga  o‘tish  jarayoni  strategiya  va  taktik  jihatdan  kuchli  prezidentlik  bo‘lishini  taqozo

etadi,  Prezident  nafaqat  modernizatsiyalashni  amalga  oshirishi,  balki  demokratik  huquq  va

erkinliklarning  haqiqiy  kafili  bo‘lishi,  jamiyatda  buzg‘unchi  jarayonlarning  ta’sirini  yo‘q  qilish,

bartaraf qilish imkoniga ega bo‘lishi lozim” (4) edi.




Milliy  davlatchilik  asoslarini  shakllantirishga  qaratilgan  islohotlar  natijasida  siyosiy  va  iqtisodiy

hayot,  davlat  va  jamiyat  qurilishining  barcha  jabhalarini  yanada  demokratlashtirish  va

erkinlashtirish,  mustaqil  sud  tizimi,  inson  huquq  va  erkinliklarini  himoya  qilish,  fuqarolarning

siyosiy,  iqtisodiy  faolligini  oshirish  hamda  fuqarolik  jamiyatini  barpo  etishning  mustahkam

poydevori yaratilib, demokratik islohotlar ortga qaytmas jarayonga aylandi.

Ushbu  mustahkam  poydevor  asosida  mamlakatimizni  jadal  isloh  etish  va  modernizatsiya

qilishning yangi davri – milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda.

Faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri (5) hisoblanmish ushbu

bosqichda  davlat  hokimiyati  tizimida  o‘zaro  mutanosib  va  barqaror  muvozanatni  ta’minlash,

hokimiyat  tizimida  prezidentlik  institutining  o‘rni  va  roliga  oid  muhim  demokratik  o‘zgarishlar

amalga oshirilmoqda.

Milliy davlatchiligimiz va biz uchun yangi bo‘lgan erkin bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan va qaror

topayotgan  dastlabki  yillarda  Prezidentga  berilgan  huquq  va  vakolatlarning  bir  qismini

hokimiyatning  qonun  chiqaruvchi  va  ijro  etuvchi  tuzilmalariga  berish  ishlari  izchillik  bilan  olib

borilmoqda.  Agar  mustaqillik  (6)  yillarida  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  7  marta

o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingan bo‘lsa, ularning 5 tasi bilan

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentiga  oid  XIX  bobdagi  qator  moddalarga  o‘zgartish  va

qo‘shimchalar 

kiritilgani 

prezidentlik 

institutining 

huquqiy 


asoslari 

sezilarli

takomillashayotganidan dalolat qiladi.

Xulosa  qilib  aytganda  mamlakatimizda  prezidentlik  instituti  O‘zbekistonni  davlat  mustaqilligiga

erishishining asosiy omili bo‘ldi, respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan

yangi bosqichga o‘tilishini bildirdi hamda prezidentlik instituti qaysidir ma’noda davlat mustaqilligi

kafili hamda davlat ramziga aylandi.

Prezidentlik  instituti  ta’sis  etilishini  hayotning  o‘zi,  murakkab  va  ziddiyatli  jarayonlar  yechimi

taqozo  etdi.  Prezidentlik  instituti  huquqiy  davlatning  muhim  belgisi  bo‘lgan  hokimiyat  bo‘linishi

prinsipining  tarkibiy  qismi  sifatida  huquqiy  tizimimizga  kiritildi.  Prezident  lavozimi  ta’sis  etilishi

bilan  qonun  chiqaruvchi,  ijro  etuvchi,  sud  tarmoqlari  faoliyatini  o‘zaro  kelishtirish,  avvalo  qonun

chiqaruvchi va ijro etuvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratildi.

Prezidentlik instituti jamiyatdagi barqarorlikning kafolati bo‘lgani holda, yangi o‘zbek davlatchiligi

binosining asosiy tayanchi vazifasini bajarmoqda.



Yüklə 29,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin