|
boshlangich sinflarda matematikadan tenglama va tengsizliklarni organish metodikasi
Boshlang’ich siflarda tenglama va tengsizliklarni o’rganish jarayoni tatbiq
qilinadi, o’qitish samaradorligi oshadi, o’qituchilar uchun tayyor metodik
ishlanma bo’ladi.
Boshlang’ich matematika kursining asosini natural son, butun musbat sonlar
ustida to’rt arifmetik amal hamda ularning asosiy xossalari aniq tasavvur va
bilimlarga asoslangan og’zaki va yozma hisoblash usullarini ongli va puxta
o’zlashtirishni tashkil etish, shuningdek jadval hollardagi hisoblash
masalalarni, noma’lum qatnashgan ifodalar, tenglama, tenglik, tengsizlik
haqidagi malakalarini avtomatizm darajasiga ko’tarishdan iborat.
Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish,
kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika
o’quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi, ularning o’z fikrlarini
aniq, to’g’ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. O’qituvchining
vazifasi – bolalarga matematikani o’qitish imkoniyatini oshirishdan iborat.
Iqtisodiy va siyosiy sohalardagibarcha islohatlarimizning pirovard maqsadi
yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini
tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan
mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va ma’rifni yuksaltirish,
milliy uyg’onish g’oyasi ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish
davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning 1995-yil fevral oyida O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining I sessiyasidagi maruzasidan.
Ta’lim va tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini
lo’nda qilib ifoda etish mumkin.
“Bizga bitiruvchilar emas maktab ta’limi va tarbiyasini ko’rgan
shaxslar kerak.
9
Demakratik jamiyatda bolalar umuman har bir inson har tomonlama
mukammal, erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni
o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim
kerak. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir.
Boshlang’ich ta’lim, ta’lim sohasini amalga oshirish me’yoriy hujjatlarning
o’rni va ahamiyati juda katta.
Boshlang’ich ta’lim kosepsiyasi milliy kadrlar tayyorlash tizimining poydevori
hisoblangan boshlang’ich ta’limning pedagogik hamda pisixologik asoslarini
o’zida mujassamlashtirgan yaxlit qarashlar tizimidan iborat. Konsepsiyaning
negizini kichik maktab yoshidagi bolalar bilan ishlashning pedagogik
yo’nalishlari tashkil qiladi.
So’nggi yillarda milliy pedagogikamizni kichik maktab yoshidagi bolalarga
ta’lim-tarbiya berishning pedogogik hamda psixologik asoslarini
chuqurlashtirishga xizmat qiladigan ilmiy qarashlar vujudga keladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan
“Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom” ga binoan umumiy o’rta
ta’lim, shu jumladan boshlang’ich ta’lim bosqichi uchun ham alohida-
Dostları ilə paylaş: |
|
|