Ochiq sistemalar – tashqaridan modda yoki energiyaning uzluksiz kelib
turishi hisobiga o’zlarini ma’lum holatda saqlab turadigan sistemalardir. Modda yoki
energiyaning uzluksiz kelib turishi yopiq sistemalarga aksicha muvozanatsiz holatlar
mavjudligining zaruriy shartidir.
Tirik organizmlar tashqi energiyani tartiblangan strukturaga aylantirishlari
hisobiga mavjuddirlar. Yqorida ko’rilgan Benar yacheykalari- tartiblangan struktura
bo’lib, u tashqaridan energiya kirishi hisobiga tiklanib turadi. Suyuqlik qatlamini
pastdan isitib turishni to’xtashimiz bilanoq Benar yacheykalari yoqoladilar.
O’ztashkillanishda sistemalarning nochiziqligi kabi xossa muhim hisoblanadi.
Bu terminga ta’rif berish birmuncha murakkab. Sistema bilan muhit orasida ba’zan
teskari musbat aloqa munosabatlari paydo bo’lib qolishlari mumkin. Sistema o’zining
muhitiga shunday ta’sir qiladiki, muhitda ba’zibir sharoitlar yuzaga keltiriladi, ular
o’z navbatida bu sistemaning o’zida o’zgarishlar bo’lishini keltirib chiqaradi. Ochiq
sistemaning va uning muhitini bunday turdagi o’zarota’sirlashuvlarining oqibatlari
butunlay kutilmagan va g’ayrioddiy bo’lishlari mumkin. Nochiziqli sistemalar,
muvozanatsiz va ochiq hisoblanib, muhitda bir jinslimaslikni o’zlari yaratadilar va
saqlab turadilar.
Ko’pgina mikrojarayonlar muvozanatsiz sodir bo’lganliklari tufayli sistema
makrosathda yig’uvchi natijalovchi qobiliyatga ega bo’lib qoladi, bu qobiliyat har
bir alohida mikroelementdagidan sifat jihatdan farq qiladi. Dissipativlik tufayli
muvozanatsiz sistemalarda o’z-o’zidan (spontan) yangi turdagi strukturalar yuzaga
chiqib qolishlari mumkin, xaos va tartibsizlikdan tartib va tashkillanganlikka o’tishlar
amalga oshishi mumkin, materiyaning yangi dinamik holatlari paydo bo’lishlari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |