mamalakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e‘tibori avvalambor farzandlarimizning unib-
o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir
haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak.
1
Ma‘naviyatni shakllantirishga bevosita ta‘sir
qiladigan muhim hayotiy omil – bu ta‘lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ma‘lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma‘rifat, ta‘lim va tarbiyani
inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan.Albatta ta‘lim-
tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan ya‘ni,
xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim-
tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib
bo‘lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga
mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab, ta‘lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida
bo‘lishi Asosiy qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga bu keng jamoatchilik, butun
xalqimizning ishtiroki va keng qo‘llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy
masaladir.Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,
boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun
qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va murabbiy
har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan
holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan
komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta‘lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi
bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta‘lim va tarbiya ishini uyg‘un holda olib
borishni talab etadi. Ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta‘limdan ajratib bo‘lmaydi – bu
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi.
Bu haqida fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning ―Tarbiya biz uchun yo hayot – yo
mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir‖ degan chuqur ma‘noli
so‘zlarini eslayman. Buyuk ma‘rifatparvar bobomizning bu so‘zlari o‘tgan asr boshida
millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun
shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi.Negaki, bizga sobiq
tuzumdan meros bo‘lib qolgan maorif tizimining eng noma‘qul tomoni shundan iborat ediki,
1
Karimov. I..A. ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖. Toshkent, ―Ma‘naviyat‖, 2010.
unda o‘quv jarayonida o‘quvchi va talabalarning mustaqil va erkin fikrlashiga yo‘l qo‘yilmas
edi. Har qaysi o‘quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, aksincha, ularning sobiq
Sovet tizimiga va sohta g‘oyalarga sadoqatini hisobga olib baholash va hayotga yo‘llash
tamoyili asosiy o‘rinni egallar edi. Ko‘p hollarda sifat o‘rniga son ketidan quvish ustunlik
qilardi. Aksariyat yoshlar haqiqiy bilim yoki malaka orttirish maqsadida emas, ko‘proq amalda
diplomli bo‘lish ilinjida texnikum yoki institutlarga kirar edi. Shuning uchun ham
mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta‘lim va tarbiya, ilm-fan,
kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish bilan bog‘liq jarayon uzoq yillar mobaynida
bu sohada talay muammolar yig‘ilib qolganini ko‘rsatdi. Shuning uchun ham bu og‘ir,
mas‘uliyatli ammo hal qilishni aslo paysalga solib bo‘lmaydigan ishni qadam-baqadam,
izchillik bilan bajarishga bel bog‘ladik .
2
Ta‘lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan
dastlabki yillarda men jahon tajribasi va hayotda o‘zini ko‘p bor oqlagan haqiqatdan kelib
chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada
hayotimizda ijobiy ma‘nodagi ―portlash effekti‖ga, ya‘ni, yangi ta‘lim modelining kuchli
samarasiga erishamiz, degan fikrni bildirgan edim.Darhaqiqat, istiqlol davrida barpo etilgan,
barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv
yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm ma‘rifat sirlarini o‘rganayotgan,
hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ning-ninglab o‘quvchilar, katta hayotga
kirib kelayotgan, o‘z istedodi va salohiyatini yorqin namoyon etadigan yosh kadrlarimiz
misolida ana shunday orzu-intilishlarimiz bugunning o‘zida o‘z hosilini berayotganining
guvohimiz.
Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-
2
Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. Toshkent, ―Ma‘naviyat‖, 2010
texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustivor soxadir. Uzluksiz ta‘lim tizimining
faoliyat olib borishi davlat ta‘lim standartlari asosida, turli darajadagi ta‘lim dasturlarining
izchilligi asosida ta‘minlanadi. Uzluksiz ta‘lim tizimi – yoshlarni ma‘naviy etuk, barkamol
shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik jarayon bo‘lib, uning
tarkibi pedagogik jarayonning ob‘ektlari va sub‘ektlari, ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, vazifalari,
mazmuni, vositalari, shakl-usullari, ular o‘rtasidagi munosabatning to‘g‘ri tashkil etilishi va
boshqarilishiga bevosita bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: