BMIning tadqiqot metodlari. Insoniyat stivilizastiyasining quyi bosqichlarida shaxsni
tarbiyalash, unga ta‘lim berishga yo‘naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida
tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ta‘lim jarayonini o‘ta qat‘iy hamda murakkab
talablar asosida yo‘lga qo‘yish zarurati kun tartibiga qo‘yilmoqda. Chunonchi, murakkab
texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayoni mohiyatini to‘laqonli anglay olgan,
favqulotda ro‘y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta olish
salohiyatiga ega bo‘lgan malakali mutaxassisni tayyorlash zaruriyati ta‘lim jarayonini ham
texnologik yondashuv asosida tashkil etish lozimligini taqozo etmoqda. Tabiiy ravishda
zamonaviy fan - texnika yutuqlaridan samarali va unumli foydalana olish vazifasi biz
pedagoglar oldiga ham qo‘yilgandir. Axborotlarni tezkor suratda qabul qilib olish, ularni tahlil
etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga etkazib
berishni yo‘lga qo‘yish ta‘lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri
hisoblanadi.Ta‘lim –tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd
etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga hizmat qiladi. Mazkur ishni yozilishi davomida
―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, ―Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun‖, yangi zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, interfaol metodlar,hamda chet tili o‘qitish metodikasidan keng foydalanildi.
Dostları ilə paylaş: |