Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti olmon tili va adabiyoti kafedrasi


Tadqiqot    natijalarining    amalda    sinalganligi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/31
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#38046
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
chet tillarni oqitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati boshlangich umumiy orta talim maktablari akademik litsey va kasb hunar kollej ish dasturlari asosida

  Tadqiqot    natijalarining    amalda    sinalganligi.    ―Chet  tillarni  o‘qitishda  uzluksizlik 

tamoyilining amaliy ahamiyati‖   mavzusi    yuzasidan   olib  borilgan  izlanishlar  jarayonida 

Andijon  viloyati Qo‘rg‘ontepa  tumani Sultonobod qishlog‘i  36-umumta‘lim  maktabining  5-

V,  5-B  sinflarida  sinab  ko‘rildi. 

     Olib  borilgan  ta‘lim-tarbiya  ishlari  va  olmon  tili  darslarini  tashkil  qilish  tajribalaridan  

foydalanildi.  




I.BOB. Ta’lim tizimidagi islohotlarning nazariy va amaliy asoslar O'zbekiston 

Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturi.                                                                                                           

Umumiy qoidalar. 

O'zbekiston  Respublikasi  inson  huquqlari  va  erkinliklariga  rioya  etilishini,  jamiyatning 

ma'naviy  yangilanishini,  ijtimoiy  yo'naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirishni,  jahon 

hamjamiyatiga  qo‘shilishni  ta'minlaydigan  demokratik  huquqiy  davlat  va  ochiq  fuqarolik 

jamiyati  qurmoqda.  Inson,  uning  har  tomonlama  uyg‘un  kamol  topishi  va  farovonligi,  shaxs 

manfaatlarini  ro‘yobga  chiqarishning  sharoitlarini  va  ta'sirchan  mexanizmlarini  yaratish, 

eskirgan  tafakkur  va  ijtimoiy  xulq-atvoning  andozalarini  o‘zgartirish  Respublikada  amalga 

oshirilayotgan islohotlaning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.  

      Xalqning  boy  intellektual  merosi  va  umumbashariy  qadriyatlar  asosida,  zamonaviy 

madaniyat,  iqtisodiyot,  fan,  texnika  va  texnologiyalaning  yutuqlari  asosida  kadrlar 

tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir. 

      Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining 

qoidalariga  muvofiq  holda  tayyorlangan  bo'lib,  milliy  tajribaning  tahlili  va  ta'lim  tizimidagi 

jahon  miqyosidagi  yutuqlar  asosida  tayyorlangan  hamda  yuksak  umumiy  va  kasb-hunar 

madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni 

to'g'ri  ola  bilish  mahoratiga  ega  bo'lgan,  istiqbol vazifalarini  ilgari  surish  va  hal  etishga  qodir 

kadrlaning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. 

       Dastur  kadrlar  tayyorlash  milliy  modelini  ro'yobga  chiqarishni,  har  tomonlama  kamol 

topgan,  jamiyatda  turmushga  moslashgan,  ta'lim  va  kasb-hunar  dasturlarini  ongli  ravishda 

tanlash  va  keyinchalik  puxta  o'zlashtirish  uchun  ijtimoiy-siyosiy,  huquqiy,  psixologik-

pedagogik  va  boshqa  tarzdagi  sharoitlani  yaratishni,  jamiyat,  davlat  va  oila  oldida  o'z 

javobgarligini his etadigan fuqarolani  ta‘rbiyalashni nazarda tutadi. 

               O'zbekiston  Respublikasi  davlat  mustaqilligiga  erishib,  iqtisodiy  va  ijtimoiy 

rivojlanishning  o'ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta 




tashkil  etishni  zarur  qilib  qo'ydi  va  qator  chora  tadbirlar  ko'rishni:  "Ta'lim  to

g



risida"gi 

Qonunni  joriy  etishni  (1992  yil);  yangi  o'quv  rejalari,  dasturlari,  darsliklarini  joriy  etishni, 

zamonaviy  didaktik  ta'minotni  ishlab  chiqishni;  o'quv  yurtlarini  attestasiyadan  o'tkazishni  va 

akkreditasiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi. 

       Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog'chalari hamda "bolalar 

bog'chasi-maktab"  majmui  tarmog'i  rivojlanib  bormoqda.  Bolalarga  chet  tillani,  xoreografiya, 

tasviriy  va  musiqa  san'ati,  kompyuter  savodxonligi  asoslarini  o'rgatuvchi  800  dan  ortiq  guruh 

tashkil etilgan. 

        Yangi  tipdagi  maktablar  va  umumta'lim  o‘quv  yurtlari  tarmog'i  rivojlanib  bormoqda. 

Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. "Sog'lom avlod uchun", "Ma'naviyat 

va  ma'rifat",  "Iqtisodiy  ta'lim",  "Qishloq  maktabi",  "Rivojlanishda  nuqsoni  bo'lgan  bolalami 

tiklash"  va  boshqa  tarmoq  dasturlari  ro'yobga  chiqarilmoqda.  Respublika  umum-ta'lim 

maktablarida 435 ningdan ortiq o'qituvchi ishlamoqda, ulaning 73 foizi oliy ma'lumotlidir. 

         Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ning kishini ta'lim bilan qamrab olgan 442 o'quv yurti, 

shu  jumladan,  209  kasb-hunar  maktabi,  180  kasb-hunar  litseyi  va  53  biznes-maktab  ishlab 

turibdi.  Bugungi  kunda  boshlang'ich  kasb-hunar  ta'limi  o'quv  yurtlarida  qariyb  20  ning 

o'qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda. 

       Respublikada jami 197 ning kishi ta'lim olayotgan 258 o'rta kasb-hunar ta'limi o'quv yurti 

ishlab  turibdi.  Ularda  qariyb  16  ning  o'qituvchi  va  muhandis-  pedagog  xodimlar  mehnat 

qilmoqda. 

         O'zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o'quv  yurtini,  shu  jumladan 16 universitet  va 42 

institutni o'z ichiga oladi, ularda 164 ning talaba ta'lim olmoqda; 16universitetning o'n ikkitasi 

O'zbekiston Mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi.               

       Oliy  o'quv  yurtlarida  ishlayotgan  18,5  ning  o'qituvchining  52  foizi  fan  doktori  va  fan 

nomzodlaridir.  Oliy  ta'limda  kadrlar  tayyorlashni  markazlashtirishdan  huquqiy  yo'nalishga 

o'tkazish  ishi  olib  borilmoqda,  o'quv  yurtlarining  tarmog‘i  kengaymoqda,  universitet  ta'limi 

rivojlanmoqda  bilimlarining  yangi  tarmoqlari  bo'yicha  kadrlar  tayyorlash  boshlab  yuborildi, 




Oliy  maktabni  ko‘p  bosqichli  tizimga  o'tkazish  amalga  oshirilmoqda  Abiturientlar  va 

talabalarning  bilim  darajasini  test  va  reyting  asosida  baxolashning  ilg'or  usullari  joriy 

etilmoqda. 

         Oliy  malakali  ilmiy  va  ilmiy-pedagog  kadrlar  sifatiga  oshgan  talablarga  muvofiq 

aspirantura  va  doktoranturada  kadrlar  tayyorlash  ishi  kengaymoqda.  Oliy  attestasiva 

komissiyasi  tashkil  etildi.  Respublikada  qariyb  4  ning  aspirant  bo‘lib,  ulardan  69  foizi  oliy 

ta‘lim  tizimida  va  31  foizi  ilmiy-tadqiqot  institutlarida  ta'lim  olmoqda.  Jami  ilmiy  va  ilmiy-

pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi. 

         Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta  tayyorlash tizimida 23 institut  16 fakultet,  4 

markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi. 

        Iqtidorli  bolalar  va  o'quvchi  yoshlarni  qo'llab-quvvatlash  bo'yicha  davlat  siyosati 

sobitqadamlik  bilan  olib  borilmoqda.  Iste'dodli  o'smir  va  qizlarni  izlab  topish,  ularga 

ko'maklashish, ularning qobiliyati va iste'dodini o'stirish bo'yicha maxsus fondlar tashkil etildi, 

qobiliyatli  yoshlarni  chet  ellardagi  yetakchi  o'quv  yurtlari  va  ilmiy  markazlarda  o'qitish  va 

stajirovkadan o'tkazish yo'lga qo'yildi. 

       Fan va ta'lim soxasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda. 

Shunga  qaramay,  sodir  etilgan  o'zgarishlar  kadrlar  tayyorlash  sifatini  oshirish,  mamlakatni 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo'lishini ta'minlay olmadi. [Oliy ta‘lim]

18

 

 Kamchiliklar    va    muammolar  -    Kadrlar  tayyorlash  tizimining  demokratik  o‘zgarishlar  va 



bozor islohatlar talablariga muvofiq emasligi,  o‘quv jarayoning   moddiy  –  texnika va axborot 

bazasi yetarli emasligi,yuqori malakali pedagog  kadrlar yetishmasligi, o‘quv –uslubiy va ilmiy 

adabiyot  hamda  didaktik    materiallarining  kamligi,  ta‘lim  tizimi,  fan  va    ishlab  chiqishi 

o‘rtasida  puhta  o‘zaro  hamkorlik  va  o‘zaro  foydali  integratsiyaning  yo‘qligi    kadrlar 

tayyorlashning mavjud   tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.  

      Ta‘lim-tarbiya    va  o‘quv    jarayonlarning    tarkibini,  bosqichlarini  bir-biri  bilan  uzviy 

bog‘lash,  yani uzluksiz ta‘lim tarbiya tizimini  tashkil qilish muammolari hal  qilingan emas.  



Amaldagi  ta‘lim  tizimi    zamonaviy,    taraqqiy  topgan    demokratik  davlatlar  talablariga  javob 

bera olmayotir . 

    Mutaxassislar    tayyorlash,  ta'lim-  tarbiya    tizimi  jamiyatda  bo'layotgan  islohot,  yangilanish 

jarayonlari  talablari  bilan bog'lanmagan. 

      Maktabgacha  ta'lim  va  tarbiya  ahvoli  qoniqarsizligicha  qolmoqda,  Bog'cha  yoshidagi 

bolalarning  25  foizigina  maklabgacha  tarbiya  muassasalardan  va  oiladan  maktabga  kelgan 

bolalarning tayyorgarlik darajasi o‘rtasida sezilarli darajada tafovut mavjud. 

     Maktablarda va boshqa o'quv yurtlarida ta'lim jarayoning  o'zidagi va o'qitish uslubiyatidagi 

har  xil  kamchiliklar  oqibatida  bilim  berishda  yuzaga  kelgan  nodemokratik  hamda  jamiyat 

uchun zararli muhit shunga olib keldik,  o'quvchilarda  mustaqil  fikrlash rivojlanmay qolyapti,  

oqilona  hayotiy  yechimlar  qabul  qilish  uchun  yetarli  tayyorgarlik    yo‘q.  9-11  sinflarni 

tamomlagan    yoshlar  mustaqil  hayotda  o'z  o‘rnini  aniqlay  olmaydi.  Ularda  o'zlariga  ishonch 

shakllar  emas,  o'rta  maktab  bitiruvchilarining  10  foizigina  oliy  o‘quv  yurtlariga  o'qishga 

kirmoqda. 

      Majburiy to'qqiz yillik ta'limga asoslangan o‘n bir yillik  umumiy o'rta 

ilmiy asoslanmagandir, u o'quvchilarda kasbga yo‘naltirish va  ta'limning 

yo'nalganligi yetarli darajada bo'lishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat 

ko'nikmalari shakllanishini ta'minlamadi. Har yili tayanch maktablarning 

nafarga yaqin  bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb- hunar ta‘limni  davom etirish uchun 

talab etilmay qoldirildi. 

       Ta'lim  tizimidagi  mavjud  umumta'lim  va  kasb  hunar  dasturlari  o‘rtasida  uzviylik  va 

vorislikning yo'qligi sababli tayanch va o‘rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo'naltirilganlik va 

mehmat faoliyati ko'nikmalari shakllanmay qoloyapti, Natijada yigit va qizlar o'z qobiliyatlari, 

istaklari,  ijodiy  va    mehnat  moyiliklariga  monand  hayot  yo'lini  bclgilab  olishda    jiddiy 

qiyinchiliklar sezmoqdalar. 

  O'quv jarayoni bilimi darajasi o‘rtacha bo'lgan o'quvchilarga mo‘ljallangan  bo'lib, ta'limning 

iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o'quv dasturlari bo‘yicha  ishlash kabi mexanizmlaridan 



yaxshi foydalamlmayapti. O'quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan to'liq holi bo'lganicha yo‘q, 

ulardan  ma‘naviyat  va  ahloq  asoslarini  o'rgatuvchi,  huquqiy,  estetik  bilimlarni  beruvchi 

fanlarga yetarlicha o'rin berilmayapti. 

      Hunar-texnika bilim yurtlaridan  yangi  tipdagi ta‘lim  muassasalariga o‘tish  ko'proq og'izda 

bo'lib,  amalda  esa  ularda  ta'lim  eskirib  qolgan  moddiy-texnika  va  o'quv-uslubiy  bazasida, 

tegishli qayta tayyorgarlikdan o'tmagan o'qituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda 

     Bir  bosqichli  oliy  ta‘lim  mehnat  bozori  ehtiyojlarini,  ishlab  chiqarishdagi  tarkibiy 

o'zgarishlarni  va  ilg'or  xalqaro  tajribani  to'liq  hajmda  hisobga  olmayotir.  O'quv-tarbiya 

jarayonini tashkil etishda o'quv yurtlari yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular kasbiy mehnat 

bozorining o'zgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashib bormadi. 

  Ilmiy  muassasalar,  ishlab  chiqarish  va  ijtimoiy  institutlar  kadrlarni  tayyorlash  jarayoniga 

yetarli  darajada  qo'shilganlari  yo'q.  Davlat  talim  standartlarini  ishlab  chiqish  va  joriy  etish, 

ta'lim  muassasalarini  davlat  attestasiyasi  va  akkreditasiyasidan  o'tkazish  vazifalari  belgilab 

olinmagan. 

   O'quvchilarning bilim darajasini baholash tizimi ob‘ektivlik va tezkor ta'minlamaydi. 

   Kasb-hunar  ta'limining  obro'si  hamda  o'qituvchilar,  tarbiyachilar,  murabbiylarning,  ilmiy  va 

ilmiy-pedagog  kadrlaning  ijtimoiy  maqomi  oshib  bormoqda.  Ta‘lim  hizmat  ko‘rsatish  va 

kadrlar  tayyorlash  sohasida  marketing  mavjud  emas,  ta‘lim  tizimini  ko‘p  variantli  moliyalash 

sxemasi  ishlab  chiqilmagan.  Oliy  malakali  kadrlardan  samarali  foydalanilmayapti.  Kadrlar 

bilimi  va  ular  tayyorgarligini  sifatini  nazorat  qilish  hamda  baholash  tizimi  qoniqarsiz 

ishlamoqda. 

       O‘qtuvchilar, 

pedagoglar,tarbiyachilarning  kattagina  qismi  yahshi  tayyorgarlik 

ko‘rmaganligi,  ularning  bilimi  va  kasb   saviyasi  pastligi   jiddiy muammo  bo‘lib  qolmoqda,  

malakaliy  pedagog  kadrlar  yetishmasligi  sezilmoqda.  Maktabgacha  ta‘lim  sohasidagi  jami 

tarbiyachi  va  pedagoglarning    orasida  oliy  malumotlilar    kamchilikni  tashkil  etadi. 

Maktablarning  o‘qtuvchilar  bilan  taminlanganligi  o‘rtacha 93 foizini tashkil etgani holda, bu 

ko‘rsatkich  ayrim  viloyatlarda  77-80 foizdan, muayyan fanlar bo‘yicha  50 foizdan oshmaydi. 




     Isloh qilish omillari - Kadrlar  atayyorlash tizimini  tubdan isloh qilishning muhim omillari  

quyidagilardan iborat: 

  -Respublikaning    demokratik    huquqiy  davlat  va  adolatli  fuqorolik  jamiyati    qurish  yo‘lidan 

izchil ilgarlab borayotganligi; 

-  mamlakat  iqtisodiyotida  tub  o‘zgartirishlarning  amalga  oshirilishi,    Respublika  iqtisodiyoti 

asosan homashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot  ishlab chiqarish  yo‘li izchil 

o‘tayotganligi mamlakat eksport salohiyatining  kengayayotganligi; 

- davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta‘lim ustuvorligi  qaror topganligi; 

-milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining 

shakillanayotgani, boy milliy  madaniy – tarixiy ananalarga xalqimizning intelektual merosiga 

xurmat; 

-  O‘zbekistonning  jaxon  hamjamiyatiga  integratsiyasi  Respublikaning  jaxondagi  mavqei  va 

obro‘ – e‘tiborining mustaxkamlanib borayotganligi. 


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin