Ta‘limnig uzluksizligini ta‘minlash. Ta‘limning o‘z ichiga maktabgacha ta‘lim,
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus kasb - hunar ta‘limini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil
tizimi barpo etiladi. Oliy kasb – hunar ta‘limining bakalavrlar va magistrlar tayyorlashda
nazarda tutuvchi ikki bosqichli tizimi joriy etildi. Asperantura va doktorantura faoliyati
rivojlanib bordi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha
raqobatbardosh ta‘lim muassasalari vujudga keltirildi.
Ta‘lim muassasalarini hududiy yo‘nalishga o‘tkazish va tarkibiy tuzulmasini
o‘zgartirish ishi amalga oshirildi. Uzluksiz ta‘lim tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash va
qyta tayyorlash ustuvorligi ta‘minlandi.
Pedagog va ilmiy – pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish -
Pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon kadr ko‘zlovchi
tizimi vujudga keltirildi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash va malakasini oshirish,
raqobatbardosh darajada ularning kasb sifatini qo‘llab quvvatlash ta‘minlandi. Oliy ta‘lim
muassasalarida davlat ta‘lim standartlariga mos yuqori malakali o‘qituvchilar tayyorlash
bo‘yicha maxsus fakultetlar, shuningdek respublika viloyatlarida umumiy o‘ra va o‘rta maxsus,
kasb – hunar ta‘limi uchun o‘qituvchilar va mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlsh yuzasidan maxsus markazlar tashkil etilmoqda. Ta‘lim jarayonini
mazmunan isloh qilish -
Kadrlarni o‘qitish va tarbiyalash milliy tiklanish prinsiplari va
mustaqillik yutuqlari, xalqning boy milliy, ma‘naviy va intelektual salohiyati hamda
umumbashariy qadriyatlarga tayangan , insonparvarlikka yo‘naltirilgan ta‘limning mazmunini
davlat ta‘lim standartlari asosida isloh qilinmoqda.Ta‘lim oluvchinining shaxsiga, unda ta‘lim
va bilimlarga bo‘lgani ishtiyoqni kuchaytirishga, mustaqil ish o‘tishni, iftixor va insoniy qadr-
qimmat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e‘tibor beriladi.
Pedagog kadrlarning obro‘- etibori, mas‘uliyati va ko‘nikmasini oshirish yuzasidan
sofqadam davlat siyosati olib borilmoqda. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar, ta‘limning yangi
shakli va uslublari, o‘quv, shu jumladan differensiyalashgan dasturlar amaliyotiga joriy
etilmoqda.
Ma‘naviy-ahloqiy tarbiya va marifiy ishlar - Yosh avlodni ma‘naviy- ahloqiy tarbiyalashda
xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an‘alariga, urf- odatlari hamda umumbashariy
qadryatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib,
amaliyotiga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning
ustuvorligi ta‘minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatini oshirish maqsadida,
mamlakat aholisi orasidagi ma‘rifiy ishlar takomillashtirib borilmoqda.
O‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa
qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ta‘lim muassasalari ota- onalar, oila,
mahalla qo‘mitalar, ―Ma‘naviyat va ma‘rifat ― jamoatchilik markazi, jamoat tashkilotlari,
fondlar bilan o‘zaro puhta hamkorlik qiladilar.
Iqtidorli bolalar va iste‘dodli yoshlar - Iqtidorli bolalar va iste‘dodli yoshlarni aniqlash va
o‘qitish uslubiyati, psixologik –pedagogik va tashkiliy sharoitlari yuritilyapti, bunday bolalar
va yoshlarga oid ma‘lumotlarning Republika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o‘quv
dasturlari va progressive pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va
olimlar jalb qilindi, o`quv –tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta‘minlandi. Fan va
texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san‘atni o‘rgatish markazlari qabilidagi
hamda milliy ta‘lim muassasalari tashkil etiladi. Iqtidorli bolalar va iste‘dodli yoshlarni chet
ellarda umumiy va kasbiy jihatidan tayyorgarlikdan o‘tkazishga qaratilgan sobitqadam
faoliyat amalga oshirilmoqda.
1.1 Mamlakatimizdagi ta’lim sohasidagi islohatlarning tahlili
Ma‘lumki O‘zbekistonning 130 yillik asoratdagi tarixi ikki xil mustamlaka davriga to‘g‘ri
keladi. Birinchisi chor Rossiya boshqasi qizil imperiya davridir. Bu ikki xil mustamlakachilik
siyosatining yemirilish davri bor. Ayni shu davrlarda milliy ozodlik harakati nomoyondalari,
yurtning boshidagi millat fidoyilari ta‘lim islohati borasida fikrlaganlar, islohatni amalga
oshirish, taraqqiyot yo‘llarini qidirganlar.
Chor Rossiyaning yemirilish davri mahalliy ziyolilarni jadidlarning milliy ozodlik harakatiga
to‘g‘ri keldi. 1917 yilgacha bo‘lgan mazkur harakatlarning mohiyatida ta‘limni isloh qilish,
rivojlangan davlatlardagi ilg‘or jihatlarni o‘zimizga moslab olish g‘oyasini ilgari surishgan,
maktablar ochishgan , darsliklar chiqarib bolalarni o‘qitishgan. Ikkinchi – qizil imperiyaning
yemirilishi davri (SSSR ning so‘ngi yillari ) dagi O‘zbegiston gazetalari taxlamlarini
kuzatganimizda amin bo‘ldikki, bunda ham ta‘lim islohatiga asosiy e‘tibor qaratilgan.
Masalan: o‘sha paytda ittifoq iskanjasidagi O‘zbegistonga yaqinda rahbar bo‘lib kelgan Islom
Karimov nutqidan olingan quydagi iqtibos – orzu, fikrimizni isbotlaydi: ―Aytish kerakki,
kadrlarni puxtaroq qilib tayyorlamasdan, ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonmasdan va
qo‘llab- quvvatlamasdan, o‘ylaymanki, biron bir sohada ahvolni hech qanaqa tarzda o‘zgartirib
bo‘lmaydi. (O‘n birinchi chaqiriq O‘zbekiston Oliy Sovetining o‘n birinchi sessiyasida
so‘zlagan nutq). Bu nutqda so‘ngi masalaga yanada aniqroq va kengroq yondashilgan.
Iqtibosda birinchi bor kadrlar tayyorlashning tizimini tubdan yangilash masalasi ko‘tarilgan.
Demak. Islom Karimov bu muammoni yechish yo‘llarini sakkiz yil avval o‘ylagan. Yuqorida
iqtibos keltirilgan nutqdan bir yil o‘tgach (1990 yil) esa Islom Karimov milliy kadrlar
tayyorlashni tizimga solishni rejalashtirganligini payqash qiyin emas.Qolaversa, unda 1997-yil
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan. ― Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi ―ning ilk chizmalarini ko‘rish mumkin. ― Kadrlar tayyorlash milliy dasturi―
haqida hukumat darajasidagi bu fikrni O‘zbekiston Prezdenti Islom Karimov Vazirlar
Mahkamasining ―O‘zbekistonning 1996- yildagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yakunlari hamda
1997- yildagi iqtisodiy islohatlarning ustuvor yo‘nalishlari‖ ga bag‘ishlangan majlisdagi
nutqida bayon etdi: 1997 yilda bir yaxshi, zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar
tayyorlash masalasiga alohida e‘tibor berishimiz kerak.
Ta‘lim tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish vaqti yetdi, kasbiy bilimlarni egallash
imkoniyatlarini kengaytirish, ma‘mur-menejerlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish,yangi
sharoitlarda,yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni
tayyorlashni yo‘lga qo‘yish lozim. ( Ma‘rifat gazetasi )
1
Mustaqillikka
erishganimizning birinchi yilda ( 1992) Mustaqil O‘zbekistonimizning ―Ta‘lim to‘g‘risida‖ gi
birinchi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun avvalo, O‘zbekiston ta‘limida ilgari erishilgan
muvaffaqiyatlarni saqlab qolishga xizmat qildi.Bu qonun o‘sha davr uchun juda zarur edi.
―Ta‘lim to‘g‘risida‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida‖gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunlar mohiyati
Milliy dasturlarning maqsadi va vazifalar quydagilardan iborat:
Mazkur dasturning maqsadi ta‘lim sohasini tubdan isloh qilish , uni o‘tmishdan qolgan
mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar
darajasida, yuksak ma‘naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar
tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir.
Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish quyidagi vazifalar hal etilishini nazarda tutadi: ―Ta‘lim
to‘g‘risida‖ gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ta‘lim tizimini isloh qilish, davlat
va nodavlat ta‘lim muassasalari hamda ta‘lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini
shakllantirish negizida ta‘lim tizimini yagona o‘uv-ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil
rivojlantirishni ta‘minlash;
Ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan
yangilanish,rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
Kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta‘minlash,
pedagogic faoliyatning nufuzi va moqomini ko‘tarish;
Kadrlar toyyorlash tizimiva mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiya ning
zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
Ta‘lim oluvchining ma‘naviy –axloqiy tarbiyalashning va ma‘rifiy ishlarning samarali
shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ta‘lim va kadrlar tayyorlash, ta‘lim muassasalarini attestasiyadan o‘tkazib va
akkreditasiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
Yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta‘limning talab qilinadigan darajasi va sifatini,
kadrlar tayyorlash tizimning amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining
kafolatlarini, ustuvorligini ta‘minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini
yaratish;
Ta‘lim, fan va ishlab chiqish samarali integrasiyalashuvini ta‘minlash, tayyorlanayotgan
kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarni, shuningdek, nodavlat
tuzilmalari,
korxonalar
va
tashkilotlarning
buyurtmalarini
shakllantirishning
mexanizmlarini ishlab chiqish;
Uzluksiz ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu
jumladan chet el investisiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va
amalyotga joriy etish;
Kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Dostları ilə paylaş: |