Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti olmon tili va adabiyoti kafedrasi


 Tarbiya  va ta’lim jarayonida an’naviy va noan’naviy o’qitishdan foydalanish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/31
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#38046
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
chet tillarni oqitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati boshlangich umumiy orta talim maktablari akademik litsey va kasb hunar kollej ish dasturlari asosida

 

2.3 Tarbiya  va ta’lim jarayonida an’naviy va noan’naviy o’qitishdan foydalanish. 

   An‘anaviy  dars  –  muayyan  muddatga  mo‘ljallangan,  ta‘lim  jarayoni  ko‘proq  o‘qituvchi 

shaxsiga  qaratilgan,  mavzuga  kirish  yoritish,  mustahkamlash  va  yakunlash  bosqichlaridan 

iborat ta‘lim modelidir.O‘quv materiali yangi va ancha murakkab bo‘lganda, an‘anaviy dars – 

ko‘p  hollarda  ta‘lim  jarayonining  birdan-bir  metodi  bo‘lib  qolmoqda.    Ma‘lumki,  an‘anaviy 

darsda  ta‘lim  jarayonining  markazida  o‘qituvchi  turadi.  Shu  bois  ba‘zida  an‘anaviy  darsni 

markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb ham atashadi. Markazda o‘quvchi bo‘lgan o‘quv 

jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi: 

                -          o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish

                -          ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish; 

                -          o‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish

                -          o‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab-quvvatlash; 

                -          amaliyot orqali o‘rganish; 

                -          ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta‘minlash; 

                -          o‘qish jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish; 

                -          o‘qituvchi-o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonini engilashtiruvchi shaxs; 

              -           o‘quv jarayonini baholash.   

 

 



 

 

 



 

                        An‘anaviy  dars  o‘tish  modelida  ko‘proq  ma‘ruza,  savol-javob,  amaliy  mashq 

kabi  metodlardan  foydalaniladi.  Shu  sabab,  bu  hollarda  an‘anaviy  dars  samaradorligi  ancha 

past  bo‘lib  o‘quvchilar  ta‘lim  jarayonining  passiv  ishtirokchilariga  aylanib  qoladilar. 

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, an‘anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli – tuman 

o‘quvchilar  faoliyatini  faollashtiradigan  metodlar  bilan  boyitish  o‘quvchilarning  o‘zlashtirish 

darajasini  ko‘tarilishiga  olib  kelar  ekan.Buning  uchun  dars  jarayoni  oqilona  tashkil  qilinishi 



o‘qituvchi  tomonidan  o‘quvchilarning  qiziqishini  orttirib,  ularning  ta‘lim  jarayonida  faolligi 

muttasil  rag‘batlantirilib  turilishi,  o‘quv  materialini  kichik-kichik  bo‘laklarga  bo‘lib,  ularning 

mazmunini  ochishda  bahs,  munozara,  aqliy  hujum,  kichik  guruhlarda  ishlash  tadqiqot  rolli 

o‘yinlar metodlarini qo‘llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o‘quvchilarni 

amaliy  mashqlarni  mustaqil  bajarishga  undash  rang-barang  baholash  usullaridan  foydalanish 

ta‘lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi. 

An‘anaviy  dars  o‘tishning 

asosiy tarkibiy qismlari 

1.  Kirish 

                    - o‘tgan materialni takrorlash 

                    - dars maqsadini tushuntirish 

                     - dars mazmuni va rejasi bilan tanishtirish. 

2.  Yangi mavzuni yoritish. 

                     - yangi mavzuni kichik-kichik bo‘lakchalarga bo‘lib berish 

                      - rang-barang misollar imkoni boricha ko‘rgazmali taqdim qilish 

                      - mavzudan cheklashmaslik 

                      - materialning murakkab tomonlarini qayta tushuntirish 

                      - o‘quvchilarning tushunuvchanlik darajasini tekshirib borish 

                     - teskari aloqani ta‘minlash. 

3.  «Teta – poya» mashq.  

 

 

 



 

 

 



                

Biror misol (yoki masalani) o‘quvchilar bilan qadamba-qadam hal qilish va tahlil qilish. 

4.  Yo‘naltirib turiluvchi mashq.  

 

 



                 

5.  O‘quvchilar  mashq  (yoki  masalani)  mustaqil  bajarishadi  o‘qituvchi  esa  ularni  nazorat 

qilib, tuzatish kiritib boradi. 

6.  Mustaqil bajariladigan mashq. 

 

 

 



               


7.   O‘quvchilar mashqni mustaqil holda o‘qituvchi yordamisiz bajariladi. 

8.  O‘quvchilar tushunarlilik darajasini tekshirish. 

9.  Yakunlash 

 

 



 

 

 



 

 

 



            

  

Dars  mavzusining  asosiy  tushunchalari  va  o‘quv  maqsadlarini  jamlash.  O‘qitishning 



noan‘anaviy modellari. Bu modellarni shartli ravishda 3 ga ajratish mumkin. 

- hamkorlikda o‘rganish modeli 

- modellashtirish 

- o‘rganishning tadqiqot modeli. 




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin