Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti olmon tili va adabiyoti kafedrasi


  Mustaqil  O’zbekistonda    zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarini  o’rganish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/31
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#38046
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
chet tillarni oqitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati boshlangich umumiy orta talim maktablari akademik litsey va kasb hunar kollej ish dasturlari asosida

2.2  Mustaqil  O’zbekistonda    zamonaviy  pedagogik  texnologiyalarini  o’rganish  Ta‘lim 

muassasalarining  faoliyat  jarayoniga  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  tatbiq  etish  bir  qator 

shartlarga  muvofiq  amalga  oshiriladi.  Xususan,  bo‘lajak  yoki  ayni  vaqtda  pedagogik  faoliyat 



tashkil  etayotgan  o‘qituvchi  (pedagog,  tarbiyachi)  larni  yangi  pedagogik  texnologiyaning 

mohiyatini ochib beruvchi nazariy ma‘lumotlardan xabardor etish:        

-      pedagogik  faoliyat  olib  borayotgan  o‘qituvchi  (pedagog,  tarbiyachi)larni  yangi  pedagogik 

texnologiya  hamda  uning  mohiyati  xususida  to‘laqonli  ma‘lumot  bera  olish  imkoniga  ega 

bo‘lgan  o‘quv  manbalari  (o‘quv  darsligi,  qo‘llama,  metodik  tavsiyanoma,  shuningdek, 

muayyan  o‘quv  fanlari  bo‘yicha  mashg‘ulot  loyihalari  va  xakozolar)  bilan  etarli  darajada 

ta‘minlash;         

 -      ta‘lim  muassasalari  faoliyatida  yangi  pedagogik  texnologiyalarni  qo‘llash  borasida 

to‘plangan  etakchi  horijiy  mamlakatlar,  shu  jumladan  mahalliy  pedagoglarning  ilg‘or 

tajribalarini ommalashtirish;                      

 -  pedagogik  faoliyat  olib  borayotgan  o‘qituvchi  (pedagog,  tarbiyachi)larda  ta‘lim  jarayonida 

yangi  pedagogik  texnologiya  nazariyasi  g‘oyalaridan  samarali,  o‘rinli  va  maqsadga  muvofiq 

foydalana  olish  ko‘nikmasini  hosil  qilish,  ushbu  ko‘nikmani  amaliy  faoliyat  malakasiga 

aylantirish  uchun  zarur  shart-sharoit  yaratish  (chunonchi,  nazariy  va  amaliy  konferenstiya, 

seminar  va  davra  suhbatlari,  maxsus  o‘quv  kurslarini  tashkil  etish,  pedagog  xodimlarning 

rivojlangan mamlakatda tajriba orttirishlarini yo‘lga qo‘yish va x.k.). 

 

  Pedagogik  texnika  va  texnologiya..    Pedagogik  amaliyotda  ayrim  texnologiyalar 

mustahkamlangan u qadar aniq (korrekt) bo‘lmagan termin-yorliqlar uchrab turadi (tarbiyaning 

jamoaviy  usuli,  Bazarniy  sistemasi,  Makarenko  metodikasi  va  b.).  Shu  sababli  tushunishni 

murakkablashtiradigan  terminologik  noaniqliklardan  hamma  vaqt  ham  holi  bo‘lish 

mushkul.Hozirda  pedagogikada  ta‘lim  sistemasining  mazmun  va  prostessual  komponentlari: 

maqsadlar, mazmun, metodlar, shakl va vositalar birligi xaqida tasavvur mustahkamlanib qoldi. 

Pedagogik 

texnologiyalarni 

takomillashtirish  va  variastiyalash  jarayonida  ularning 

komponentlari konservativligi darajasi turiga bo‘layotir: ko‘proq ta‘limning prostessual jihatlari  

variastiyalanib,  mazmun  esa  faqat  strukturasi,  dozasi,  mantiqiga  ko‘ra  o‘zgarmoqda.  Ta‘lim 

mazmuni ta‘lim texnologiyasini mohiyatli qismi bo‘lib, uning prostessual qismini ko‘p jixatdan 




belgilaydi,  garchi  boshqa  tomondan,  metod  va  shakllarning  tubdan  o‘zgarishi  maqsad  va 

mazmunininig  jiddiy  o‘zgarishiga  olib  kelmoqda.  Shunday  qilib,  o‘zaro  bog‘liq  va  bir-birini 

adekvat tarzda aks ettiradi.   

 

 



                

                Texnologiya  va  mahorat.  Bu  ijroda  albatta  ustaning  shaxsiy  spestifikasi  bo‘ladi, 

garchi  materialni  o‘zlashtirish  qonuniyati,  o‘quvchilar  tarkibi  va  harakatlarini  xarakterlovchi 

komponent hal  qiluvchi  sanaladi. Albatta, natijalar turlicha, ammo mazkur texnologiya uchun 

harakterli bo‘lgan qandaydir o‘rtacha statistik ko‘rsatkichga  yaqin  bo‘ladi. Shunday  qilib,  ish 

texnologiyasi  pedagog  shaxsi  xususiyatlari  bilan  vositalanadi,  biroq  faqat  vositalanadi,  lekin 

belgilanmaydi. Ba‘zan pedagog - usta o‘z ishida bir nechta texnologiya elementlarini qo‘llaydi, 

original  metodik  usullardan  foydalanadi.  Bu  holda  ushbu  pedagogning  «mualliflik» 

texnologiyasi haqida so‘zlash o‘rinlidir. 

 

 



                            

  Pedagogik 

jarayonning texnologikligi mezonlari. 

    Yuqorida sanab o‘tilgan barcha sifatlar ayni paytda texnologiyalarga metodologik talablar va 

texnologik mezonlari hamdir. Bu sifatlarning mavjudligi va namoyon bo‘lish darajasi pedagog 

jarayonning texnologikligi o‘lchovidir. Texnologiklikning asosiy mezonlari: 

                 - ilmiylik (konsteptuallik, rivojlantiruvchi harakter); 

                  -strukturalanganlik (mantiqiylik, algoritmlik); 

                - boshqaruvchanlik (tashhisislik, samaradorlik, aptimallik, qayta yaraluvchanlik). 




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin