Tadqiqot natijalarining amalda sinalganligi. ―Chet tillarni o‘qitishda uzluksizlik
tamoyilining amaliy ahamiyati‖ mavzusi yuzasidan olib borilgan izlanishlar jarayonida
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Sultonobod qishlog‘i 36-umumta‘lim maktabining 5-
V, 5-B sinflarida sinab ko‘rildi.
Olib borilgan ta‘lim-tarbiya ishlari va olmon tili darslarini tashkil qilish tajribalaridan
foydalanildi.
I.BOB. Ta’lim tizimidagi islohotlarning nazariy va amaliy asoslar O'zbekiston
Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturi.
Umumiy qoidalar.
O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning
ma'naviy yangilanishini, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishni, jahon
hamjamiyatiga qo‘shilishni ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik
jamiyati qurmoqda. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs
manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish,
eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvoning andozalarini o‘zgartirish Respublikada amalga
oshirilayotgan islohotlaning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy
madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalaning yutuqlari asosida kadrlar
tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining
qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi
jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni
to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir
kadrlaning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro'yobga chiqarishni, har tomonlama kamol
topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda
tanlash va keyinchalik puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-
pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlani yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o'z
javobgarligini his etadigan fuqarolani ta‘rbiyalashni nazarda tutadi.
O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning o'ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta
tashkil etishni zarur qilib qo'ydi va qator chora tadbirlar ko'rishni: "Ta'lim to
‘
g
‘
risida"gi
Qonunni joriy etishni (1992 yil); yangi o'quv rejalari, dasturlari, darsliklarini joriy etishni,
zamonaviy didaktik ta'minotni ishlab chiqishni; o'quv yurtlarini attestasiyadan o'tkazishni va
akkreditasiyalashni, yangi tipdagi ta'lim muassasalarini tashkil etishni taqozo etdi.
Maktabgacha ta'lim sohasida uylarda tashkil etiladigan bolalar bog'chalari hamda "bolalar
bog'chasi-maktab" majmui tarmog'i rivojlanib bormoqda. Bolalarga chet tillani, xoreografiya,
tasviriy va musiqa san'ati, kompyuter savodxonligi asoslarini o'rgatuvchi 800 dan ortiq guruh
tashkil etilgan.
Yangi tipdagi maktablar va umumta'lim o‘quv yurtlari tarmog'i rivojlanib bormoqda.
Hozirgi kunda 238 litsey va 136 gimnaziya ishlab turibdi. "Sog'lom avlod uchun", "Ma'naviyat
va ma'rifat", "Iqtisodiy ta'lim", "Qishloq maktabi", "Rivojlanishda nuqsoni bo'lgan bolalami
tiklash" va boshqa tarmoq dasturlari ro'yobga chiqarilmoqda. Respublika umum-ta'lim
maktablarida 435 ningdan ortiq o'qituvchi ishlamoqda, ulaning 73 foizi oliy ma'lumotlidir.
Hozirgi kunda bu tizimda jami 221 ning kishini ta'lim bilan qamrab olgan 442 o'quv yurti,
shu jumladan, 209 kasb-hunar maktabi, 180 kasb-hunar litseyi va 53 biznes-maktab ishlab
turibdi. Bugungi kunda boshlang'ich kasb-hunar ta'limi o'quv yurtlarida qariyb 20 ning
o'qituvchi va malakali mutaxassislar ishlamoqda.
Respublikada jami 197 ning kishi ta'lim olayotgan 258 o'rta kasb-hunar ta'limi o'quv yurti
ishlab turibdi. Ularda qariyb 16 ning o'qituvchi va muhandis- pedagog xodimlar mehnat
qilmoqda.
O'zbekiston oliy maktabi tizimi 58 oliy o'quv yurtini, shu jumladan 16 universitet va 42
institutni o'z ichiga oladi, ularda 164 ning talaba ta'lim olmoqda; 16universitetning o'n ikkitasi
O'zbekiston Mustaqillikka erishgan dastlabki ikki yilda tashkil topdi.
Oliy o'quv yurtlarida ishlayotgan 18,5 ning o'qituvchining 52 foizi fan doktori va fan
nomzodlaridir. Oliy ta'limda kadrlar tayyorlashni markazlashtirishdan huquqiy yo'nalishga
o'tkazish ishi olib borilmoqda, o'quv yurtlarining tarmog‘i kengaymoqda, universitet ta'limi
rivojlanmoqda bilimlarining yangi tarmoqlari bo'yicha kadrlar tayyorlash boshlab yuborildi,
Oliy maktabni ko‘p bosqichli tizimga o'tkazish amalga oshirilmoqda Abiturientlar va
talabalarning bilim darajasini test va reyting asosida baxolashning ilg'or usullari joriy
etilmoqda.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga oshgan talablarga muvofiq
aspirantura va doktoranturada kadrlar tayyorlash ishi kengaymoqda. Oliy attestasiva
komissiyasi tashkil etildi. Respublikada qariyb 4 ning aspirant bo‘lib, ulardan 69 foizi oliy
ta‘lim tizimida va 31 foizi ilmiy-tadqiqot institutlarida ta'lim olmoqda. Jami ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlarning 8 foizini fan doktorlari va 37 foizini fan nomzodlari tashkil etadi.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimida 23 institut 16 fakultet, 4
markaz va 14 malaka oshirish kurslari ishlab turibdi.
Iqtidorli bolalar va o'quvchi yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat siyosati
sobitqadamlik bilan olib borilmoqda. Iste'dodli o'smir va qizlarni izlab topish, ularga
ko'maklashish, ularning qobiliyati va iste'dodini o'stirish bo'yicha maxsus fondlar tashkil etildi,
qobiliyatli yoshlarni chet ellardagi yetakchi o'quv yurtlari va ilmiy markazlarda o'qitish va
stajirovkadan o'tkazish yo'lga qo'yildi.
Fan va ta'lim soxasida xalqaro aloqalar kengayib bormoqda.
Shunga qaramay, sodir etilgan o'zgarishlar kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq bo'lishini ta'minlay olmadi. [Oliy ta‘lim]
18
Kamchiliklar va muammolar - Kadrlar tayyorlash tizimining demokratik o‘zgarishlar va
bozor islohatlar talablariga muvofiq emasligi , o‘quv jarayoning moddiy – texnika va axborot
bazasi yetarli emasligi,yuqori malakali pedagog kadrlar yetishmasligi, o‘quv –uslubiy va ilmiy
adabiyot hamda didaktik materiallarining kamligi, ta‘lim tizimi, fan va ishlab chiqishi
o‘rtasida puhta o‘zaro hamkorlik va o‘zaro foydali integratsiyaning yo‘qligi kadrlar
tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
Ta‘lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarning tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy
bog‘lash, yani uzluksiz ta‘lim tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas.
Amaldagi ta‘lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob
bera olmayotir .
Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim- tarbiya tizimi jamiyatda bo'layotgan islohot, yangilanish
jarayonlari talablari bilan bog'lanmagan.
Maktabgacha ta'lim va tarbiya ahvoli qoniqarsizligicha qolmoqda, Bog'cha yoshidagi
bolalarning 25 foizigina maklabgacha tarbiya muassasalardan va oiladan maktabga kelgan
bolalarning tayyorgarlik darajasi o‘rtasida sezilarli darajada tafovut mavjud.
Maktablarda va boshqa o'quv yurtlarida ta'lim jarayoning o'zidagi va o'qitish uslubiyatidagi
har xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat
uchun zararli muhit shunga olib keldik, o'quvchilarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolyapti,
oqilona hayotiy yechimlar qabul qilish uchun yetarli tayyorgarlik yo‘q. 9-11 sinflarni
tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o'z o‘rnini aniqlay olmaydi. Ularda o'zlariga ishonch
shakllar emas, o'rta maktab bitiruvchilarining 10 foizigina oliy o‘quv yurtlariga o'qishga
kirmoqda.
Majburiy to'qqiz yillik ta'limga asoslangan o‘n bir yillik umumiy o'rta
ilmiy asoslanmagandir, u o'quvchilarda kasbga yo‘naltirish va ta'limning
yo'nalganligi yetarli darajada bo'lishi hamda mustaqil fikr yuritish, mehnat
ko'nikmalari shakllanishini ta'minlamadi. Har yili tayanch maktablarning
nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb- hunar ta‘limni davom etirish uchun
talab etilmay qoldirildi.
Ta'lim tizimidagi mavjud umumta'lim va kasb hunar dasturlari o‘rtasida uzviylik va
vorislikning yo'qligi sababli tayanch va o‘rta maktab bitiruvchilarida kasbga yo'naltirilganlik va
mehmat faoliyati ko'nikmalari shakllanmay qoloyapti, Natijada yigit va qizlar o'z qobiliyatlari,
istaklari, ijodiy va mehnat moyiliklariga monand hayot yo'lini bclgilab olishda jiddiy
qiyinchiliklar sezmoqdalar.
O'quv jarayoni bilimi darajasi o‘rtacha bo'lgan o'quvchilarga mo‘ljallangan bo'lib, ta'limning
iqtidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o'quv dasturlari bo‘yicha ishlash kabi mexanizmlaridan
yaxshi foydalamlmayapti. O'quv dasturlari mafkuraviy sarqitlardan to'liq holi bo'lganicha yo‘q,
ulardan ma‘naviyat va ahloq asoslarini o'rgatuvchi, huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi
fanlarga yetarlicha o'rin berilmayapti.
Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta‘lim muassasalariga o‘tish ko'proq og'izda
bo'lib, amalda esa ularda ta'lim eskirib qolgan moddiy-texnika va o'quv-uslubiy bazasida,
tegishli qayta tayyorgarlikdan o'tmagan o'qituvchi kadrlar bilan amalga oshirilmoqda
Bir bosqichli oliy ta‘lim mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy
o'zgarishlarni va ilg'or xalqaro tajribani to'liq hajmda hisobga olmayotir. O'quv-tarbiya
jarayonini tashkil etishda o'quv yurtlari yetarlicha mustaqillikka ega emas, ular kasbiy mehnat
bozorining o'zgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashib bormadi.
Ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash jarayoniga
yetarli darajada qo'shilganlari yo'q. Davlat talim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish,
ta'lim muassasalarini davlat attestasiyasi va akkreditasiyasidan o'tkazish vazifalari belgilab
olinmagan.
O'quvchilarning bilim darajasini baholash tizimi ob‘ektivlik va tezkor ta'minlamaydi.
Kasb-hunar ta'limining obro'si hamda o'qituvchilar, tarbiyachilar, murabbiylarning, ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlaning ijtimoiy maqomi oshib bormoqda. Ta‘lim hizmat ko‘rsatish va
kadrlar tayyorlash sohasida marketing mavjud emas, ta‘lim tizimini ko‘p variantli moliyalash
sxemasi ishlab chiqilmagan. Oliy malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar
bilimi va ular tayyorgarligini sifatini nazorat qilish hamda baholash tizimi qoniqarsiz
ishlamoqda.
O‘qtuvchilar,
pedagoglar,tarbiyachilarning kattagina qismi yahshi tayyorgarlik
ko‘rmaganligi, ularning bilimi va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda,
malakaliy pedagog kadrlar yetishmasligi sezilmoqda. Maktabgacha ta‘lim sohasidagi jami
tarbiyachi va pedagoglarning orasida oliy malumotlilar kamchilikni tashkil etadi.
Maktablarning o‘qtuvchilar bilan taminlanganligi o‘rtacha 93 foizini tashkil etgani holda, bu
ko‘rsatkich ayrim viloyatlarda 77-80 foizdan, muayyan fanlar bo‘yicha 50 foizdan oshmaydi.
Isloh qilish omillari - Kadrlar atayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari
quyidagilardan iborat:
-Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqorolik jamiyati qurish yo‘lidan
izchil ilgarlab borayotganligi;
- mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgartirishlarning amalga oshirilishi, Respublika iqtisodiyoti
asosan homashyo yo‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo‘li izchil
o‘tayotganligi mamlakat eksport salohiyatining kengayayotganligi;
- davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta‘lim ustuvorligi qaror topganligi;
-milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining
shakillanayotgani, boy milliy madaniy – tarixiy ananalarga xalqimizning intelektual merosiga
xurmat;
- O‘zbekistonning jaxon hamjamiyatiga integratsiyasi Respublikaning jaxondagi mavqei va
obro‘ – e‘tiborining mustaxkamlanib borayotganligi.
Dostları ilə paylaş: |