Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti olmon tili va adabiyoti kafedrasi


   Uzliksiz ta’limni isloh qilishning yo’nalishlari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/31
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#38046
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
chet tillarni oqitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati boshlangich umumiy orta talim maktablari akademik litsey va kasb hunar kollej ish dasturlari asosida

    1.2    Uzliksiz ta’limni isloh qilishning yo’nalishlari 

        Mustaqillik  yillari  mazkur  yo‘nalishda  talaygina  ishlar  amalga  oshirilganligi  haqida 

avvalgi  rejada  batafsil  to‘xtalgan  edik.  Ammo,  ta'lim  sohasida,  kadrlar  tayyorlashda  amalga 

oshirilayotgan bu islohotlar bizlami qanoatlantirmadi. 




      Oliy  Majlisning  IX  sessiyasida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov 

"Barkamol  avlod  -  O‘zbekiston  taraqqiyotining  poydevori"  nutqida  ta'lim  tizimida  erishilgan 

muvaffaqiyat  va  kamchiliklarni  obyektiv  tahlil  qilib,  kadrlar  tayyorlashda  "revolyusion" 

islohotga ehtiyoj borligini isbotlab berdi. 

       Avvalo,  ta'lim  mazmuni  "eski  sho'rolar  zamonidan  qolgan  ta'lim-tarbiya  tizimiga  xos 

mafkuraviy  qarashlardan  va  sarqitlardan  butunlay  xalos  bo'lmagarTligi,  ayniqsa,  ijtimoiy-

gumanitar  yo'nalishdagi  fanlar,  estetik  yunalyshdagi  predmetlami  o'qitish,  tarbiyaviy-ma'rifiy 

faoliyat mazmuni va uni tashkil etish dolzarb muammo edi.   1992 yilgi "Ta'lim to‘g'risida"gi 

Qonun o‘z vaqtida muhim bo'lgan bo'lsa-da, ammo ta'lim tizimini isloh qilishning amaliy chora 

tadbirlari  ta'lim-tarbiya  va  o'quv  jarayonlarining  tarkibini,  bosqichlarini  bir-biri  bilan  uzviy 

bog'lash,  ya'ni  uzluksizlikni  ta'minlash  muammolarini  yecha  olmadi.  Jumladan,  ilmiy 

asoslanmagan  11  yillik  umumiy  o‘rta  ta‘limga  o‘tilganligi  yuqoridagi  fikrni  tasdiqlaydi. 

Umumiy o‘rta ta'lim tarkib jihatdan uch bosqichga bo‘linib, boshlang'ich (1-4 sinflar), tayanch 

(5-9 sinflar) va umumiy o‘rta ta'lim (10-11 sinflar)dan tashkil topgan edi. 

       Bunda  ta'lim  tizimi  mazmunining  izchilligi,  uzluksizligi,  uzviyligining  didaktik 

tamoyillari,  o‘quvchilaning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olish  holatlari  buzildi.  Bundan 

tashqari, umumiy o‘rta ta'limning davomiylik muddati 10 yildan 11 yilga oshirilganligi sun'iy 

bo‘lib,  majburiy  o‘quv  fanlarining  soni  nihoyatda  oshib  ketgan,  ilmiy  jihatdan  asoslanmagan 

edi.  Bunda  mazkur  fanlar  mazmuni  davlatimizda  kechayotgan  demokratik  va  iqtisodiy 

o‘zgarishlar  talablariga  javob  bermadi.  O'quv  rejalarida  yoshlarga  axloq  va  odob,  ijtimoiy, 

iqtisodiy, huquqiy bilimlar asoslarini o‘rgatadigan fanlarga, xorijiy tillami o‘rganishga  yetarli 

o‘rin  berilmadi.  Eng  asosiy  kamchilik  bu-o'sib  kelayotgan  avlodni  mustaqil  fikrlashga 

o‘rgatmaslik, mehnat faoliyatiga tayyorlamaslik muammosining paydo bo‘lganligi edi. 9-sinftii 

bitirayotgan  bolalarimiz  taqdiri  e'tiborsiz  qoldirildi.  Respublikamizda  har  yili  o‘rtacha  450 

ningdan  ortiq  o‘quvchi  9-sinfni  bitiradi.  Ularning  250  ningi  (55%)  yuqori  sinflarda  o‘qishni 

davom  ettirardi,  100  ningga  yaqini  esa  hunar-  texnika,  o‘rta  maxsus  bilim  yurtlariga  kirib 

o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega edi. Natijada 100 ningdan oshiq bola ta'lim olish yoki 



mehnat  faoliyatiga  jalb  qilinmasdan  qolib  ketardi.  Na  bir  aniq  mutaxassislikni,  na  bir  kasbni, 

biror  bir  mehnat  faoliyati  ko‘nikmalarini  egallamagan  maktab  bitiruvchilari  (jumladan  11- 

sinfni bitirganlar ham) o'z qobiliyati, havasi va intilishlariga mos, hayotda o'ziga munosib o'rin 

topolmadi.  9 va 11-sinflar darajasidagi ta'lim dasturlarida ikkita "uzilish" bor edi. Umumta'lim 

va kasb-hunar dasturidagi uzluksizlik, izchillik ikkinchi bosqichda, ya'ni hunar-texnika va o‘rta 

maxsus ta'lim tizimida yanada buzildi. Buni quyida keltirilgan sxemada yaqqol kurish mumkin. 

Eski ta'lim tizimidagi yuqorida ta'kidlangan qator kamchiliklar va muammolami tugatish istagi 

"Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi"ning  yaratilishiga  sabab  bo'ldi.Uzluksiz  ta'lim  tizimining 

eski  tizimdan  ustunligi,  ilmiy  asoslanganligi  va  kadrlar  tayyorlashdagi  mavjud  bo'lgan 

muammolarrni  yecha  olishini  yaxshi  tasavvur  qilish  uchun  keltirilgan  sxemaga  murojaat 

qilaman. 

O‘zbekiston  Respublikasida mavjud va kiritilgan uzluksiz ta‘lim tizimining         o‘zaro qiyosi 

a)   Kiritilgan uzluksiz ta‘lim  tizimi 

 

 



 

 

 




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin