Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti olmon tili va adabiyoti kafedrasi



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/31
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#38046
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
chet tillarni oqitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati boshlangich umumiy orta talim maktablari akademik litsey va kasb hunar kollej ish dasturlari asosida

 

 

 

 

 

        Bu 

modellar asosan o‘quvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib ularni boshqacha qilib markazda o‘quvchi 

turgan ta‘lim modellari deb ham atashadi. 

      Modellashtirish  –  real  hayotda  va  jamiyatda  yuz  berayotgan  hodisa  va  jarayonlarni 

ixchamlashtirilgan  va  soddalashtirilgan  ko‘rinishini  (modelini)  sinfxonada  yaratish  va  ularda 

o‘quvchilarni  shaxsan  qatnashishi  va  faoliyat  evaziga  ta‘lim  olishini  ko‘zda  tutuvchi 

metod.Hamkorlikda  o‘rganish  modeli  –  o‘quvchilarni  mustaqil  guruhlarda  ishlashi  evaziga 

ta‘lim olishini ko‘zda tutadigan metod. 

               

 

  



                 O‘rganishning  tadqiqot  modeli  –  o‘quvchilarni  muayyan  muammoni  echishga 

yo‘naltirilgan,  mustaqil  tadqiqot  olib  borishini  ko‘zda  tutuvchi  metod.    An‘anaviy  (ta‘lim 

jarayoni markazida o‘qituvchi bo‘lgan) metodlarning afzalliklari: 

-ma‘lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq ma‘lum tushunchalarni, fanni o‘rganishda foydali; 

 

 

 



 

 

 



 

 

-  o‘qituvchi  tomonidan  o‘qitish  jarayonini  va  o‘qitish  muhitini  yuqori  darajada  nazorat 



qilinishi; 

 

 



 

 

 



 

 

-  vaqtdan unumli foydalanish; 



 

 

 



 

 

 



-     aniq ilmiy bilimlarga tayanadi.   

 

 



 

 

An‘anaviy (ta‘lim jarayoni markazida o‘qituvchi bo‘lgan) metodlarning kamchiliklari: 




o‘quvchilar passiv ishtirokchi bo‘lib qoladilar

o‘qituvchining  to‘la  nazorati  barcha  o‘quvchilar  uchun  motivastiyani  vujudga 



keltirmaydi; 

o‘quvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqotga kirisha olmaydi; 



eslab  qolish  darajasi  hamma  o‘quvchilarda  bir  xil  bo‘lmagaligi  sababli,  sinf  bo‘yicha 

o‘zlashtirish darajasi past bo‘lib qolishi mumkin

mustaqil o‘rganish va echimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratiladi. 



                   Noan‘anaviy  (ta‘lim  jarayoni  markazida  o‘quvchi  bo‘lgan)  o‘qitish  metodlarining 

afzalliklari:  

O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi. 



O‘z vaqtida aloqalarning ta‘minlanishi. 

Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi. 



O‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi. 

Motivastiyaning yuqori darajada bo‘lishi. 



O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolishi. 

Muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi. 



O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi. 

O‘quvchilarning  predmetning  mazmuniga,  o‘qitish  jarayoniga  bo‘lgan  ijobiy 



munosabati. 

Mustaqil fikrlay oldaigan o‘quvchiningshakllanishiga yordam berish. 



Nafaqat  mazmunini  o‘zlashtirishga  yordam  bermay,  balki  tanqidiy  va  mantiqiy 

fikralashni ham rivojlantirish. 

Muammolar echish ko‘nikmalarning shakllanishi. 



    Noan‘anaviy  (ta‘lim  jarayoni  markazida  o‘quvchi  bo‘lgan)  o‘qitish  metodlarining 

kamchiliklari 




Ko‘p vaqt talab etilishi. 

O‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi. 



Juda  murakkab  mazmundagi  material  o‘rganilayotganda  ham  o‘qituvchi  rolining  past 

bo‘lishi. 

«Kuchsiz»  o‘quvchilar  bo‘lganligi  sababli  «kuchli»  o‘quvchilarning  ham  past  baho 



olishi. 

-    O‘qituvchining  o‘zi  ham  yaxshi  rivojlangan  fikrlash  qobiliyatiga  va  muammolar  echish 

ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi. 

O‘qitish  jarayonidagi  mavjud  an‘anaviy 

ta‘lim bilan qurollangan ta‘lim muassasalari endilikda o‘z oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy 

buyurtmani amalga oshirishga ojizlik qilmoqda. 

Taniqli  didakt  olim  M.N.  Maxmutovning 

fikriga  ko‘ra,  o‘quv  jarayonini  tashkil  etishning  an‘anaviy  sxemasi  o‘quvchilarning  fikrlash 

qobiliyatini  etarli  darajada  rivojlantira  olmaydi,  ularning  bilimga  bo‘lgan  ehtiyojlarini,  fanga 

bo‘lgan qiziqishlarini qondira olmaydi, faol fikrlashni hamda bilishni e‘tiqodga, e‘tiqodni esa 

ongli ijtimoiy maqsadga muvofiq faoliyatga aylantirishni ta‘minlay olmaydi.  

 Maktab, 

kasb-hunar  kolleji  va  oliy  o‘quv  yurtlari  o‘qituvchilarining  ilg‘or  tajribalari  yoritilgan 

materiallarni o‘rganish, shuningdek, kuzatishlar va suhbatlardan ma‘lum bo‘lishicha, ularning 

ko‘pchiligi  o‘z amaliy  faoliyatlarida kuchsiz avtoritar motivga asoslangan bir hildagi  o‘qitish 

jarayonlarini  qisman  o‘zgartirgan  holda  foydalanishadi.  Bunday  hollarda  o‘zlashtirishning 

yuqori darajasiga deyarli erishib bo‘lmaydi. An‘anaviy  ta‘lim  texnologiyalariga  asoslangan 

ma‘ruza,  seminar,  sinov  darslarining  ta‘lim  jarayonida  tutgan  o‘rni  va  qimmatini 

kamaytirmagan  holda,  ularni  hozirgi  zamon  talablari  asosida  takomillashtirish  yo‘llari  ustida 

qayg‘urish zarur. 

Mazkur  darslarni  takomillashtirishda  quyidagilarga  e‘tibor  qaratilishi 

ko‘zda tutiladi: 

1. 

Pedagogik  munosabatlarni  insonparvarlashtirish  va  va  demokratlashtirish. 



Hamkorlik pedagogikasiga amal qilish. 


2. 

Ta‘lim jarayonini demokratlashtirish. O‘quvchilarga tanlash huquqini berish. 

3. 

O‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, o‘zaro hamjixatlikka asoslangan 



qulay ijtimoiy – psixologik muhit yaratish. 

4. 


O‘quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlarini samarali tashkil etish. 

5. 


Ma‘ruza,  seminar  va  amaliy  mashg‘ulotlarda  zamonaviy  ta‘lim  texnologiyasi 

elementlaridan foydalanish. 

Bugungi  ta‘lim  jarayoni  pedagogning  shaxsga  bo‘lgan  insonparvarlashtirilgan  munosabati 

bolalarni  sevish,  ularning  taqdiri  uchun  qayg‘urishi,  bolalarga  ishonchning  yuqoriligi,  o‘zaro 

hamkorlikning  vujudga  kelishi,  muloqot  madaniyatining  yuqori  darajada  bo‘lishi,  ta‘lim 

oluvchilarni 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

majburlashdan 

voz 

kechish 


va 

aksincha 

ijobiy 

rag‘batlantirishning  ustunligi  tufayli  ko‘zlangan  maqsadga  erishish,  bolalar  faoliyatida 

uchraydigan  kamchiliklarga  chidamli  bo‘lish,  ularni  bartaraf  etishning  samarali  usullarini 

qo‘llashda namoyon bo‘lsa, ta‘lim jarayonini demokratlashtirish esa o‘qituvchi va o‘quvchilar 

huquqlarini  tenglashtirish,  ta‘lim  jarayonida  ta‘lim  oluvchilarga  tanlash  huquqining  berilishi, 

o‘z  fikri,  nuqtai  nazarini  erkin  bayon  etishni  taqozo  etadi.        Noan‘anaviy  ta‘lim  jarayonida 

o‘quvchilar va o‘qituvchilar munosabatining o‘ziga xos jihati o‘quvchilar mustaqilligi va o‘quv 

faoliyatini  boshqarish  emas,  balki  hamkorlikda  tashkil  etish,  ta‘lim  olishda  majburlash  emas, 

balki  o‘quvchilarni  ishontirish,  biror-bir  faoliyatni  amalga  oshirish  buyruq  orqali  emas,  balki 

shu faoliyatni samarali tashkil  etish,  shaxsning ehtiyoji, qiziqishi,  imkoniyatlarini  chegaralash 

emas,  balki  erkin  tanlash  huquqini  berish  sanaladi.  Yangi  munosabatlarning  asosiy  mohiyati, 

an‘anaviy  ta‘limda  ko‘zda  tutilgan  natijalarni  bermayotgan  majburan  o‘qitishdan  voz  kechish 

va uning o‘rniga: 

 -  o‘zaro ishonchga asoslangan talabchanlik; 

               -      ta‘lim  jarayonini  samarali  tashkil  etish  orqali  o‘quvchilar  o‘rtasida  qiziqish 

uyg‘otish va ongli intizomni vujudga keltirish; 

               -        o‘quvchilarni  muvafaqqiyatli  bilim  olishga  yo‘llovchi  hamkorlikning  paydo 

bo‘lishi; 




               -      muntazam faoliyatning tashkil etilishi

               -   tegishli talablarni jamoa orqali qo‘llashni amalga oshirish muhim sanaladi.  

                Noan‘anaviy ta‘lim jarayonini tashkil etishda: 

               -      o‘rta saviyali o‘quvchiga nisbatan mo‘ljal olishdan voz kechish; 

               -      o‘quvchilarning eng yaxshi sifatlarini aniqlash va rivojlantirish

               -  ta‘limda  psixologik-pedagogik  diagnostikani  qo‘llash  orqali  o‘quvchilarning 

qiziqishi, ehtiyoji, qobiliyati, shaxsiy sifatlari, aqliy faoliyatning xususiyatlarini aniqlash

                -    o‘quvchilar o‘zlashtiradigan bilim, ko‘nikma va malakalar dinamikasini tasavvur 

qilish; 

                -      o‘quvchi  shaxsi  rivojlanishining  dasturiga  tegishli  o‘zgartirishlar  kiritish  talab 

etiladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



                O’yin . Mehnat va o‘qish bilan bir qatorda o‘yin ham inson faoliyatining eng asosiy 

turlaridan biridir. O‘yinning strukturasi o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:   

 

 

 



 

 

 



                   -   maqsadlarni qo‘yish.   

 

 



 

 

 



 

 

                    -    rejalashtirish.  



 

 

 



 

 

 



 

 

                   -    amalga oshirish (maqsadni).  



 

 

 



 

 

 



                    -    natijani tahlil qilish.   

 

 



 

 

 



 

           O‘yinli  faoliyatning  motivastiyasi  eng  ixtiyoriyligi,  tanlash  imkoniyati  va  musobaqa 

elementlarining  borligi,  ehtiyojlarni  qondirish,  o‘zini  anglash  va  o‘zini  safarbar  qilish  bilan 

ta‘minlanadi.   O‘yin struturasiga quyidagi jarayonlar kiradi: 

               -    o‘quvchilar o‘zlariga olgan rollar, 

               -    bu rollarni amalga oshirish vositalar sifatidagi o‘yinli omillar, 

               - predmetlarning o‘yinli qo‘llanilishi, ya‘ni , haqiqiy narsalarni    o‘yinli shartlari bilan 

almashtirish, 

               -     o‘yinchilar orasidagi real munosabatlar,   



              -    syujet (mazmun) – o‘yinda ko‘rsatilayotgan haqiqiy ahvol. 

Ko‘pchilik o‘yinlar uchun quyidagi xususiyatlar xos: 

faqatgina  bolaning  xohishi  bilan  amalga  oshiriladigan  erkin  rivojlanuvchi  faoliyat. 



O‘quvchi faqat natijadan emas, balki, o‘sha jarayondan zavq oladi. 

Bu faoliyatning ijodiy, ko‘proq inprovizostion, faol xarakterligi. 



Faoliyatning ruhiy jihatdan yuqoriligi, raqobat, musobaqalashish(ruhiy zo‘riqish). 

       -Bevosita  va  bil  vosita  qoidalarning  mavjudligi  –  ularning      o‘yinning  mazmunini  aks 

ettiradi,  uning  mantiqiy  va  vaqt  bo‘yicha  ketma-ketligini  aniqlab  beradi.  O‘yinlar  quyidagi 

funkstiyalarni bajaradi: 

1.  Ijtimoiylashtirish  funkstiyasi.  O‘yin  o‘quvchini  ijtimoiy  munosabatlar  tizimiga 

qo‘shilish uchun kuchli vositadir. 

2.  Millatlararo  kommunikastiya  funkstiyasi.  O‘yin  o‘quvchiga  umuminsoniy  qadriyatlar, 

boshqa millatlarning madaniyatini o‘zlashtirish imkonini beradi. Chunki o‘yinlar milliy 

va shu bilan bir vaqtda internastional va millatlararo. 

3.  O‘yinda o‘quvchini o‘zini namoyon qilish funkstiyasi,  ya‘ni o‘yin inson amaliyotining 

poligoni sifatida. 

4.  Kommunikativlik funkstiyasi . 

5.  Diagnostik funkstiyasi.   

       O‘yin  pedagogga  o‘quvchilarga  turli  xil  qobiliyatlarni  (aqliy,  ruhiy  va  ijodiy  va 

h.k.) aniqlashga yordam beradi. 

6.  O‘yinning  terapevtlik  funkstiyasi.  U  o‘quvchining  hulqida,  muammosida  va  o‘qishda 

paydo  bo‘ladigan  turli  xildagi  qiyinchiliklarni  engish  vositasi  sifatida  foydalanishda 

namoyon bo‘ladi. 



7.  Tuzatish  (korrekstiya)  funkstiyasi.  O‘quvchining  shaxsiy  strukturasi  ko‘rsatkichlari 

ijobiy o‘zgarishlar qo‘shimchalar kiritish. 

8.  Ko‘ngilochar funkstiyasi.     


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin