2.5 O’rta maktablarda chet tillarini o’rganishning maqsad va vazifalari
To'qqiz yillik (I-IX sinflar) o'qishdan iborat umumiy o'rta ta'lim majburiydir. Ta'-
limning bu turi boshlang‘ich ta'limni (I-IV sinflar) qamrab oladi hamda o'quvchilaning fanlar
asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o'quv-
ilmiy va umummadaniy bilimlami, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-
aqloqiy fazilatlami, mehnat ko'nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda
bo'lishni va kasb tanlash shakllantiradi. Umumiy o‘rta ta‘lim tuganlangidan keyin ta‘lim
tuganlanganidan keyin ta‘lim fanlar va ular bo‘yicha olingan baholar ko‘rsatilgan holda davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. Umumiy o‘rtaning yangicha tizimi va
mazmuning shakllantirish uchun quydagilar zarur.
- maktabning I-IX sinflar doirasida sifatli umumiy o‘rta ta‘lim olishni taminlovchi davlat
ta‘lim standatlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda akademik litsey va kasb- hunar
kollejidan keyin olinadigan ta‘lim dasturlari bilan mantiqiy bog‘liqlik hisobga olinishi lozim;
- yuqorimalakali pedagog kadrlar tayyorlash;
- hududlarning jo‘g‘rofiy va demogratik xususiyatlariga , shaxs, jamiyat va davlatning
ehtiyojlariga muvofiq ravishda ta‘lim muassasalari tarmoqlarini rivojlantirish;
- o‘quvchilarning qobilyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta‘limga
tabaqalashtirishga yondashuvi joriy etildi
- ta‘lim berishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarning, zamonaviy o‘quv uslubiy
majmualarni yaratish va o‘quv tarbiya jarayonini didaktik jihatdan taminlash;
- o‘quvchilar kasb- hunar tanlaydigan va psihologik – pedagogic jihatdan maslahatlar oladigan
markazlar tarmoqlarni tashkil etish.
O'quvchi nemis tilini o'rganish jarayonida quyidagi bilim, malaka, ko'nikmalarni egallashi
shart:
- nemis tilidagi matnlarni ( 10 daqiqada 350 ta so'z) ifodali o'qiy olish;
- sodda mazundagi matnlarni tushunish;
- matnlarda ifodalangan turli darajadagi axborotlarni tushunish;
- 100-120 ta so'zdan iborat bo'lgan o'rtacha murakkablikdagi matnni nemis tilidan ona tiliga va
ona tilidan nemis tilga tarjima qila olish;
- o'qish kitobiga tayangan holda og'zaki nutq ko'nikmalariga ega bo'lish;
- kommunikativ maqsadlarga yo'naltirilgan og'zaki muloqot ko'nikmalariga ega bo'lish;
- dialogik va monologik nutq ko'nikmalariga ega bo'lish;
- suhbatdoshining nutqini tushuna olish;
- yozib olingan nutqni tushuna olish;
- matndan dialog ko'chira olish;
- o'qilgan yoki eshitilgan matnga tayangan holda reja tuzish yoki tezis yoza olish;
- tabriknoma va maktub yoza olish.
Nemis tilini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Ta'lim maqsadlari ijtimoiy buyurtma -topshiriq bo'lib, har tomonlama rivojlangan shaxsni
shakllantirish va tarbiyalashga qaratiladi.
Nemis tilini o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarda kommunikativ va
lingvomamlakatshunoslik imkoniyatlarini shakllantirishdir. O'quvchilar nemis
tilini maktabda, tarbiyaviy, amaliy, ta'limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarda
o'rganadilar.
Tarbiyaviy maqsad
Tarbiyaviy maqsad xorijiy tildagi matnlarning mazmunini o'rgatish yo'li bilan amalga
oshiriladi. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishga mo'ljallangan matnlar esa darslik, qo'llanma
va boshqa adabiyotlarda o'z ifodasini topadi. O'quvchilarning bilish faolligini oshirish quyidagi
maqsadlarni o'z ichiga oladi.Har tomonlama rivojlangan, yuksak ma'naviyatli, iymon- e'tiqodli,
irodali, vatanparvar, mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish.
• O'quvchilarga g'oyaviy-siyosiy tarbiya berish, xalqlar o'rtasidagi o'zaro tushunish
tuyg'ularini rivojlantirish, ularda aqliy mehnat malaka va ko'nikmalarini hosil qilish.
• O'z yurti va tili o'rganilayotgan mamlakatning xalqi, uning milliy urf-odati hamda
qadriyatlariga hurmat bilan do'stona qarashlik, dunyoga qiyosiy munosabatda bo'lish
sifatlarni shakllantirish,
• O'quvchilarga vatanparvarlik va axloqiy poklik, mehnatsevarlik tuyg'ularini singdirish.
Ta'limiy maqsad
Ta'limiy maqsad nemis tilini o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni tafakkurini mantiqiy o'stirish
va shu tilni o'zlashtirish orqali ona tilidan egallagan bilimlarini rivojlantirish tushuniladi. Ona
till va nemis till o'rtasidagi o'xshashlik hamda farqlarni bilib olish o'quvchilarning bilim
saviyalarini yanada oshiradi. Ta'limiy maqsadning vazifasi o'quvchilarning bilim olishiga
yordam berishi, ularda mustaqil faoliyat ko'nikmalarini rivojlantirishi, o'zlashtirilgan bilimlarni
kundalik turmush amaliyoti bilan bog'lashi va ularni mustahkamlashi, boshqa fanlar bilan
uyg'unlashtirishdan iborat.
Ta'limiy maqsad quyidagiiarni o'z ichiga oladi.
• Nemis tilini o'rganish jarayonida fanlararo bog'lanish orqali mamlakatimiz va tili
o'rganiladigan mamlakatning geografiyasi, tarixi, adabiyoti, san'ati, fan va madaniyati bilan
tanishtirish, milliy o'zligi va milliy madaniyatlar erishgan yutuqlarini chuqur anglash,
umuminsoniy madaniyat rivojini anglab yetish.
• O'quvchilarda mamlakatirniz va tili o'rganiladigan mamlakatning geografiyasi, iqlimi,
o'zlarini o'rab turgan atrof-muhit haqida ma'lumot bera olish ko'nikmalarini shakllantirish.
• Ona tili va boshqa fanlar bo'yicha egallangan bilimlar hamda qo'shimcha manbaalar asosida
mavzular bo'yicha nemis tilida mustaqil ravishda qiyosiy ma'lumot bera olish malakalarini
rivojlantirish.
• O'quvchilarni filologik va umumiy dunyoqarashini, mantiqiy hamda tanqidiy fikrlashini
rivojlantirish.
Amaliy maqsad
Amaliy maqsad tarbiyaviy, ta'limiy va rivojlantiruvchi maqsadlarni shakllantirish orqali amalga
oshiriladi. Nemis tilini amaliy egallash, o'zgalarning nemis tilidagi og'zaki va yozma nutqlarini
ushbu dasturda qayd etilgan talablar doirasida tushunishdan iborat bo'lib, quyidagi maqsadlarni
o'z ichiga oladi.
• Mavzu bo'yicha o'z fikrini nemis tilida bayon etish malaka va ko'nikmalarni shakllantirish
hamda ularni rivojlantirish.
• Kishilar orasidagi bevosita muloqot malakalarini o'qish, tinglab tushunish jarayonida olgan
bilimlari orqali amaliy jihatdan qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish.
• Tilni amaliy bilish nutq faoliyati ko'nikmalari, shuningdek, gapirish hamda yozuv orqali
egallagan bilim, ko'nikma, malakalarini mustahkamlash va takomillashtirish.
• Nutqning to'rt faoliyati talablari asosini mavzu bo'yicha o'z fikrini mustaqil ravishda amaliy
jihatdan qo'llay olish ko'nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad
O'quvchini har tomonlama yetuk shaxs bo'lib yetishishini, ya'ni uning dunyoqarashini, estetik
didini, mustaqil fikrlashini, xotirasini, aqliy mehnat qilish madaniyatini, kishilar bilan qiladigan
muloqot madaniyatini, mustaqil bilim olish
malaka va ko'nikmalarini vujudga keltirishni ko'zda tutadi va quyidagi maqsadlar amalga
oshiriladi;
• O'quvchi shaxsining aqliy, hissiy va motivatsion (ichki turtki) xususiyatlarini rivojlantirish.
• O'quvchilarda dars jarayonida va darsdan tashqari vaqtlarda mustaqil o'qib o'rganish
ko'nikmalarini shakllantirish.
• O'quvchilarda mustaqil o'rgangan manbalar va materiallar asosida shaxsiy fikrlarini bayon
qilish sifatlarini rivojlantirish.
• Muloqotning yangi holatlarida til bo'yicha egallagan ko'nikma va malakalarini tahlil qilish,
bir tizimga solish, taqqoslash, umumlashtirish va ijodkorona qo'llashni rivojlantirish.
• O'quvchilarning til va kommunikativ muloqot bo'yicha hozir javobligini, mustaqil fikrlay
olish qobiliyatini shakllantirish hamda rivojlantirish.
• Nemis tili sohasida egallagan bilim, ko'nikma va malakalari asosida keyinchalik ish
faoliyatida o'z bilimini oshirishda mustaqil qo'llash malakalarini rivojlantirish. Nemis tilini
o'qitishning amaliy, ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari nafaqat dars jarayonida,
balki darsdan tashqarida olib boriladigan ish (og'zaki nutqni o'rgatish, qo'shimcha adabiyotlarni
o'qish, turli o'yinlar o'ynash, olimpiada va musobaqalarda qatnashish) larda ham o'z ifodasini
topadi.
Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi uchta vazifani belgilash maqsadga
muvofiqdir:
• til o'qitish bilan bog'liq bo'lgan vazifalar;
• til o'rganish bilan bog'liq bo'lgan vazifalar;
• o'quvchilarning egallagan malaka va ko'nikmalarini nazorat qilish bilan bog'liq bo'lgan
vazifalar.
Amaliy maqsadning mohiyati nemis tilini muloqot vositasi sifatida foydalanishni o'rgatishdan
iborat bo'lib, u nutq faoliyatining o'qish, tinglab tushunish, gapirish va yozuv kabi turlariga xos
bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantirish va takomillashtirishni taqozo etadi. Nutq faoliyatining to'rt
turi bo'yicha 5-9-sinflarda o'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan zaruriy bilim, ko'nikma va
malakalar til bo'yicha bilim, malaka va ko'nikmaning shakllanishi:
— talaffuz, ohang, grafika;
— nutqning leksik tomoni: produktiv o'zlashtirish uchun 1000 leksik birlik, shu jumladan,
og'zaki nutqni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan sonlar;
— olmoshlar, predloglar, bog'lovchilar;
— o'quvchilarning potensial lug'atini kengaytirish uchun zarur bo'lgan vositalar;
— nutqning grammatik tomoni;
— produktiv hamda retseptiv o'zlashtirishga mo'ljallangan grammatik material;
— sintaksis; (sodda va qo'shma gaplar)
— morfologiya (so'z turkumlari: ot, artikl, sifat (sifat darajalari), ravish, fe'l (fe'l
tushunchasi, bog'lanish, tuzilishi va oddiy hamda murakkab zamon formalaridir).
Dostları ilə paylaş: |