Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti olmon tili va adabiyoti kafedrasi


  Mamlakatimizda uzluksiz ta’limning muammolarini o’rganish masalalari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/31
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#38046
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
chet tillarni oqitishda uzluksizlik tamoyilining amaliy ahamiyati boshlangich umumiy orta talim maktablari akademik litsey va kasb hunar kollej ish dasturlari asosida

2.1   Mamlakatimizda uzluksiz ta’limning muammolarini o’rganish masalalari.   

       Xizmat  ko‘rsatish  sohalarining  paydo  bo‘lishi,  yangicha  turmush  tarzi    kishilarning  

moddiy  va  ma‘naviy  ehtiyojlarining  yangilanib  hamda    ortib  borishi    o‘z  navbatida    zamin 

etuvchi faoliyatning yo‘lga qo‘yilishi  taqoza etdi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo‘lgan tegnologiya  

sohasi  va    jismoniy  kuch  sarflagan  holda    yuksak  sifatli  mahsulot    ishlab  chiqarish  imkonini 

beradi. Moddiy ishlab chiqarish, xomashyoni qayta  ishlash sohalari (xususan, qishlok xo‘jaligi 

sanoat,  transport    maishiy  xizmat  ko‘rsatish)da  yondashuv  an‘anasi  yuzaga  keldi.  Ishlab 

chiqarish  jarayoniga    texnologik  yondashuv  ushbu  jarayonning  umumiy  tavsifini  yoritishga  

xizmat  qiladi,  ya‘ni  muayyan  mahsulotni  ishlab  chiqarish  maqsadida  xom  ashyoni  tanlash   

(dastlabki  bosqich)dan  mahsulotni    iste‘molchiga      etkazib  berishgacha  bo‘lgan  (so‘nggi 

bosqich)    davrni  o‘z  ichiga  olgan  jarayon  texnologik  jarayon  sifatida  e‘tirof  etiladi.  Ishlab 

chiqarish  jarayoniga    nisbatan  texnologik  yondashuv  muayyan  soxalarda    isloxatlarni  tashkil 

etish,  ularning  muvaffaqiyatini    ta‘minlash    va  ularni  boyitib  borish  kabi  maqsadlarga 

erishishning  samarali  omili  sifatida  tashkil  etildi.      Moddiy  ishlab  chiqarish  sohalariga 

zamonaviy,  ilg‘or,  yuksak  texnologiyalarning    qo‘llanish  shartlaridan  biri  malakali 

mutaxassislarni    tayyorlash,  ularning  kasbiy  mahoratini    doimiy  ravishda  oshirib  borishni 

yo‘lga qo‘yish ekanidan  ham anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot  bir-biri bilan 

uzviylik,  aloqadorlik  hamda  yaxlitlik  tamoyili    asosida  rivojlanib  boradi.    Jamiyat  ijtimoiy 

hayotida etakchi o‘rin tutgan g‘oya va qarashlar  iqtisodiy ishlab chiqarish  rivojiga o‘z ta‘sirini 

o‘tkazsa, o‘z navbatida  iqtisodiy o‘sish aholi  madaniy turmush tarzining  yaxlitlanishiga olib 

keladi.  

 

 




   Ijtimoiy  –iqtisodiy  taraqqiyot  jarayonida  ro‘y  berayotgan  o‘zgarishlar  natijasida    xalq 

xo‘jaligining  turli  sohalari  uchun  malakali  kadrlarni  tayyorlab  berish  ehtiyoji  yuzaga  keldi. 

Ushbu ehtiyojni qondirish ishlab chiqarish (moddiy yoki nomoddiy  ishlab chiqarish tarmog‘i 

bo‘lishidan  qat‘iy  nazar)  sohalari  tomonidan  turli    mutaxassislik  yoki  ixtisoslik  bo‘yicha  

kasbiy  ma‘lumotga    ega  kadrlarni  tayyorlash  ishiga  mas‘ul  sanalgan    ta‘lim  muassasalariga  

ijtimoiy  buyurtma  berish  hamda  mazkur    buyurtmaning    sifatli  bajarilishi    asosida  hal  etiladi. 

Ayni  vaqtda    O‘zbekiston  Respublikasida    faoliyat  yuritayotgan    ta‘lim  muassasalari  

zimmasiga  erkin,  mustaqil  fikr  yurita  oladigan  tafakkuri  va  dunyoqarashi  keng,  bilimli, 

shuningdek,  mutaxassisligi    bo‘yicha    chuqur  bilim,  yuksak  malakaga  ega  bo‘lgan  kadrlar  

(mutaxassislar ) ni tayyorlab berishdek mas‘uliyatli ijtimoiy  vazifa yuklangan .  Ishlab 

chiqarish  sohalari  uchun  malakali  kadrlarni  tayyorlab  berish    borasidagi  ijtimoiy    buyurtma  

mohiyati    o‘z-o‘zidan    ta‘lim  tarbiya    tizimi,  ushbu  tizim    doirasida    faoliyat  ko‘rsatuvchi  

ta‘lim  muassasalarining    faoliyati    mazmuni  tubdan  yoki  qisman  o‘zgaradi.  O‘zbekiston 

Respublikasida    amalga  oshirilayotgan  ta‘limiy  islohatlar    hamda  kadrlar      tayyorlash 

borasidagi    ijtimoiy  buyurtma  mohiyatiga  ko‘ra,  1997  yil  29  avgustda  oliy  majlisning    IX- 

sessiyasida  qabul  qilingan  yangi        taxrirdagi  «Ta‘lim  to‘g‘risida»gi    qonun  va    «Kadrlar 

tayyorlash milliy dasturi»  asosida uzluksiz  ta‘lim tizimi yaratilib, aniq vazifalarni  bajaruvchi 

bosqichlar belgilandi. Shuningdek, yangi turdagi ta‘lim  muassasalari faoliyat  yurita boshladi.

 

Uzluksiz  ta‘lim  tizimining    shakllanishi    o‘z-o‘zidan  kadrlar  tayyorlash  jarayonining  



yangicha  mazmun    kasb  etishini    ta‘minlaydi.  Barkamol  shaxs  va  malakali  mutaxasisni 

tayyorlashga  yo‘naltirilgan uzluksiz ta‘lim   jarayonining   yangi mazmuni  mazkur jarayonga  

ilm  fan,  texnika  va  ishlab  chiqarish  sohalarida    yaratilgan  g‘oya,    kashfiyot  va  yutuqlarning 

tadbiq  etilishi,  ushbu  jarayonda  demokratik,  insonparvarlik    ta‘moyillarining  ustuvor  o‘rin 

tutishi,  ta‘lim  va  tarbiya  jarayonini    insonparvarlashtirish  (ya‘ni,  ta‘lim  tarbiya  jarayonining 

asosiy subektlaridan biri bo‘lgan   o‘quvchi –ta‘lim oluvchi shaxsning  hurmat qilinishi uning 

sha‘ni,  or-nomusi,  qadr-qimmati  va  xuquqlari    daxlsizligining    ta‘minlanishi),  ta‘lim 



oluvchining  pedagogik  jarayondagi    faol  ishtirokini    yuzaga  keltirish  uchun    muayyan    shart 

sharoitlarni    yaratish,  ularning  xohish  –istaklari    bilan  o‘rtoqlashish,  shaxsiy  tashabbuslarni 

qo‘llab    quvvatlash,  ularda  mustaqil  fikr  yuritish  layoqatini  tarbiyalash,  bu  borada  muayyan 

ko‘nikma  hosil  qilish,  hosil  qilingan    ko‘nikmaning  faoliyat  malakasiga    aylanishga  rag‘bat 

bildirish,  o‘quv  manbalari    va  ko‘rsatmali    vositalar  mazmunida  yuqorida  qayd    etilgan  

g‘oyalarning  o‘rin  olishiga    erishish,  ta‘lim  oluvchi  (o‘quvchi)larda    bilim  olishga    nisbatan 

ichki  ehtiyoj,  qiziqish,  rag‘batni  yuzaga  keltirish,  shuningdek,  ongli  munosabatni    qaror 

toptirish  va hokazalar asosida  yaratiladi.      

 

Yangicha    mazmun  kasb  etgan 



kadrlar  tayyorlash  jarayoni    barkamol  shaxs  va  malakali    mutaxassisni  tayyorlash  borasidagi  

ijtimoiy  buyurtmaning    bajarilish  darajasi  va  sifat  ko‘rsatkichining  yuqori  bo‘lishini 

kafolatlaydi.  Bozor  iqtisodiyoti  munosabatlari  ishlab  chiqarish  mahsulotlarga    nisbatan  aholi 

tomonidan    bildirilayotgan  talab    va  taklif  asosida  tartibga  solinar  ekan,  muayyan  yo‘nalish 

bo‘yicha  malakaviy  (kasbiy)  ma‘lumotiga  ega  mutaxassisning  ijtimoiy  raqobatga  bardoshli 

muhim  ahamiyatga  egadir.  Xalq  ho‘jaligining  raqobatbardosh  mutaxassislari  bilan 

ta‘minlanishi  uzluksiz  ta‘lim  tizimida  tashkil  etilgan  pedagogik  faoliyatining  samarali, 

muvaffaqiyatli ekanligini ko‘rsatuvchi dalil hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohalarining barkamol 

shaxs va malakali mutaxassis bilan ta‘minlanishi ijtimoiy harakatni yuzaga keltiruvchi vosita, 

ijtimoiy –iqtisodiy tarbiya tizimi .    

                         

 

 



 

 

    Ijtimoiy  buyurtmaning  bajarilishi  sifat  ko‘rsatgichi    malakali  kadrlar  tayyorlash  jarayoniga 



nisbatan  texnologik  yondashuv  ushbu  jarayonning  samaradorligini  ta‘minlashga  olib  keladi. 

Shu bois so‘nggi yillar mobaynida ta‘lim tizimida yangi pegagogik texnologiyalardan samarali 

foydalanish masalasiga respublika miqyosida alohida e‘tibor qaratib kelinmoqda.  


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin