1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI
“
Chorvachilik va o
‘
simlik mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash
texnologiyasi” kafedrasi
5410500- “Qishloq xo
‘
jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki
ishlash texnologiyasi” yo
‘
nalishi uchun
“QISHLOQ XO‘JALIGIDA STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA
VA SERTIFIKATLASH ASOSLARI”
fanidan amaliy mashg‘lotlarini
bajarish bo
‘
yicha
USLUBIY KO‘RSATMA
SAMARQAND – 2019
2
Ushbu uslubiy ko‘rsatma Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish, metrologiya va
sertifikatlash asoslari fanidan 5410500- Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va
dastlabki ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalar uchun
mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar:
1. Ishniyazova Sh.A. –Chovachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash,
qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi dotsenti
3. Saidmurodova Z.T. –Chovachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash,
qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi dotsenti
4. Tashmanov R.Q. - Chovachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta
ishlash texnologiyasi kafedrasi assistenti
5. Nurmatov Sh.Sh. - Chovachilik va o‘simlik mahsulotlarini saqlash, qayta
ishlash texnologiyasi kafedrasi assistenti
Taqrizchilar:
1. Normaxmatov R. – SamISI professori,
texnika fanlari doktori
2. Yusupov A.H. - Samarqand veterinariya meditsinasi instituti dotsenti
Mazkur uslubiy ko‘rsatma Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Ilmiy
kengashining 2019 yil “__” _______ __ sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va chop
etishuchun tavsiya etilgan.
3
Kirish
Inson iste’mol qilgan taomlari hisobidan o‘nadi, o‘sadi va ijtimoiy faoliyat
ko‘rsatadi. Uning sog‘lig‘i va umri iste’mol qilinadigan taom va boshqa mahsulotlar
sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning sifatiga katta ahamiyat
beriladi. Barcha rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mahsulot,
shu
jumladan
oziq-ovqat
mahsulotlari,
sifati
faqat
standartlashtirish,
sertifikatlashtirish va uni boshqarish faoliyatini o‘zluksiz o‘tkazish orqali
ta’minlanadi. Mahsulot sifatini ta’minlashga uning sifat va gigienik ko‘rsatkichlarini
me’yorlashtirish va ma’lum bir miqdorlarda chegaralash orqali erishiladi.
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari halqlari o‘zaro hamkorliksiz yashashlari
qiyin, chunki bir mamlakat o‘zida etishmaydigan mahsulotlarni boshqalaridan olsa,
boshqalari esa o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning oshiqcha qismini boshqa
mamlakatlarga sotadi. Bundan tashqari bir mamlakatda erishilgan fan, texnika va
ilg‘or tajriba yutuqlaridan dunyoning barcha mamlakatlari ham manfaatdor bo‘ladi.
Demak, dunyo mamlakatlari o‘rtasida xalqaro savdo-sotiq ishlari, ilmiy texnikaviy
hamkorlik mavjud bo‘ladi va bundan keyin ham davom etadi. Mamlakatlar
hamkorligida xalqaro bozorga chiqariladigan mahsulot va xizmatning sifati o‘ta
katta ahamiyatga ega, chunki xalqaro bozor raqobatida faqat yuqori sifatli va narxi
nisbatan past mahsulot yutib chiqadi.
Ichki bozorda va mamlakatlar o‘rtasida savdo-sotiq ishlarini amalga
oshirishda hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilishda mahsulot yoki xizmatning
sifati bilan bog‘liq texnikaviy to‘siqlar va muammolar kelib chiqishi mumkin.
Mahsulot sifati bilan bog‘liq texnikaviy to‘siqlar va muammolar uning sifat va
gigienik ko‘rsatkichlarini xalqaro, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning
standartlari va bugungi kundagi ichki va tashqi bozor talablari bilan
uyg‘unlashtirilgan standartlar hamda mahsulot sifati bilan bog‘liq boshqa me’yoriy
hujjatlarni amalga kiritish orqali bartaraf qilinadi.
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish iqtisodiy
rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishga intilayotgan hamda xom ashyo bazasidan
tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan mamlakatga aylanishga harakat qilayotgan
O‘zbekiston Respublikasi uchun katta ahamiyatga ega. Uning jahon bozorida va
iqtisodiy hamkorlikda o‘ziga loyiq joyni egallashi uchun barcha sharoitlari
(resurslari, qulay iqlim sharoiti va moddiy-texnikaviy bazasi) mavjud.