3.7. Bakteriyalar harakati
Ko`pgina prokariotlarning ustki qavatida hujayralarni harakatlantiruvchi tuzilmalar bor. Bular xivchinlardir. Ular
bir qator tayoqchasimon bakteriyalarda, ba'zi bir kokklarda, spirillalarda, vibrionlarda va ipsimon
bakteriyalarda topiladi. Xivchinlarning soni 1 tadan 100 tagacha bo`ladi. Xivchinlarning qalinligi 0,01 nm atrofida,
uzunligi 20 mkm gacha etadi. Xivchinlarni yorug`lik mikroskopi ko`rsata olmaydi, shuning uchun ular elektron yoki
qorong`i maydonli mikroskopda ko`riladi. Bakteriyalar xivchinlarning soniga va joylanishiga qarab hujayra quyidagi
tiplarga bo`linadi:
1. Monotrixlar - 1 ta xivchin hujayraning bir qutbida joylashgan;
2. Lofotrixlar - xivchinlar to`pi hujayraning bir qutbida joylashgan;
3. Politrixlar - (amfitrixlar) - xivchinlar to`pi hujayraning har qutbida joylashgan;
4. Peritrixlar - ko`p sonli xivchinlar hujayrani butunlay qoplagan;
Bakteriyalarning harakati bilan tanishish uchun quyidagi preparatlar tayyorlanadi:
1. Pseudomonas - avlodining vakillarida monotrixial yoki lofotrixial xivchinlar kuzatiladi. Shuning uchun
Pseudomonas sp. 12 - 18 soatli kulturasidan "ezilgan tomchi" preparati tayyorlanadi. Mikroskop tagida ingichka
harakatchan tayoqchalar ko`rinishi kerak. Ularning harakati juda tez, parmasimon va bir tomonga yo`nalgan bo`ladi.
Hujayralar aylanma harakat qilmaydi.
2. Xivchinlarning peritrixal joylanishida ularning harakati bir tekisda bo`ladi va tebranma harakatlanadi, aylanma
harakatlanishi mumkin. Bunday tipdagi harakatni Bacillus subtilis dan tayyorlangan "ezilgan tomchi" preparatlarida
ko`rish mumkin.
Xivchinlarni yorug`lik mikroskopida kuzatish uchun maxsus murakkab bo`yash metodlaridan foydalaniladi,
bunda xivchin qalinligi kattalashadi. Ularning bir necha bo`yash usullari bor. Bunda har xil ishlov beruvchi
moddalaridan foydalaniladi, ular xivchinning ustki qismida cho`kadi va shu sababli diametri oshadi va xivchinlar
ko`rinadi
Dostları ilə paylaş: |