miqdoriga aytiladi. Masalan, 100 g bo`z tuproq 37 g gacha suvni o`zida saqlab qoladi. Buni to`la namlik hajmining
100% deb qabul qilinadi. To`la namlikdan 60% esa quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
2
,
22
%
100
37
%
60
x
x
ml
Agar 250 gr tuproq olinsa, nazariya bo`yicha 60% namlik hosil qilish uchun 55,5 ml suv qo`shilishi lozim.
Amalda tuproqni namlash asta-sekin bo`ladi. Bunda butun yuzani 10 ml suv tomizib namlanadi, so`ngra 5 ml dan
tomiziladi. Har bir namlashdan keyin tuproqni yaxshilab chinni belkurakcha bilan yoki shpatel bilan aralashtiriladi.
Tuproqning namligi shunday holatda bo`lishi kerakki, unda uning tashqi ko`rinishi mayda qumoq-qumoq, yaxshi
strukturalangan, yumshoq va nam bo`ladi. Bunday tuproqqa, odatda, o`simlik urug`i ekiladi. Tayyorlangan tuproq Kox
likopchasiga solinadi va unga pinset yordamida 2 ta buyum oyna tik joylashtiriladi, uzun tomoni bilan pastga
qaratiladi. Oynachalar oralig`i 2 - 2,5 sm, tuproq esa ularga zich yopishgan bo`lishi kerak. Kox likopchasini qopqoq
bilan bekitib, ustiga kim tomonidan va qachon bajarilganligi yozib qo`yiladi. Kox likopchasining tuproq va oynachalar
bilan birga og`irligini aniqlab, xona haroratida qalpoq tagiga qo`yiladi. Daftarga yoki albomga tuproqning og`irligi,
tuproqning qisqa tavsifi yoziladi. Oynachalar tuproqda 3 hafta saqlanadi. Bu orada har hafta likopcha og`irligi
o`lchanib, tuproq holatiga qarab suv bilan namlanadi. Shu orada, ya'ni oynachalar tuproqda turganda, ularning usti
tuproq kolloidlari bilan qoplanadi. Buning hisobiga mikroorganizmlar ko`payadi. Natijada oynachalarni tuproq
bakteriyalari, zamburug` va boshqa organizmlar o`sib qoplaydi. 3 hafta o`tgach, tuproq Kox likopchalaridan toza
yaltiroq qog`ozning varag`iga olinadi. Ehtiyotkorlik bilan pinset yordamida, ustini qirqib yubormasdan oynachalar
olinadi, yopishib qolgan tuproq qoldiqlaridan silkitib olinadi. Bitta oynaning yuzi surtma sifatida foydalaniladi,
ikkinchisi esa tuproq qoldiqlaridan tozalanadi. Surtmani flambirlab fiksirlanadi, sovutiladi va uzoq vaqt nordon
karbolli eritrozin bilan engil isitilib bo`yaladi. Shuningdek genitsian-violet bilan 2-3 min bo`yalganda ham yaxshi
natija beradi. Bo`yalgandan keyin preparat yuviladi. Quritiladi va mikroskopda kamida 10 ta ko`rish maydoni
ko`riladi. Bunda mikroorganizmlarning turli-tuman shakllariga, ularning o`zaro bog`lanish xususiyatiga,
bakteriyalarning zamburug` gifalari ustida hosil qilgan to`plamlari va shu kabilar tabiiy holatda kuzatiladi. Hamma
kuzatishlar albomda 10 -12 ta rasmda tasvirlanadi.
Adabiyotlar
1.
Звягинцев Д.Г. Методы почвенной микробиологии и биохимии. М.: Изд-во МГУ, 1980, С. 26-27.
2.
Красильников Н.А. Методы изучения почвенных микроорганизмов и их метаболитов. М.: Изд-во МГУ, 1960.
С. 30-31.
Dostları ilə paylaş: |