II. Ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning toza kulturasini "ezilgan tomchi" preparatida ko`rish tavsiya etiladi.
1. Sporasiz grammanfiy bakteriyalar.
a) Serratia marcescens - qizil qon tayoqchasi, bu kulturaning pepton agaridagi shtrixi bo`ylab o`sishi qotgan
qonni eslatadi. Mikroskop ostida 0,5-0,6 x 6-1,0 mkm keladigan mayda, kalta, harakatchan peritrixlar, yakka yoki
qisqa zanjirlarga birlashgan hujayralar va qizil rangdagi donachalari - prodigiozin pigment bo`laklari ko`rinadi.
b) Pseudomonas fluorescens - bu kultura oziqa muhitga ko`k yashil rangdagi flyuorestsent pigmentini ajratadi.
Bu ingichka, 0,6 x 1-2 mkmdagi to`ppa-to`g`ri, harakatchan (monotrixlar) tayoqchalardir.
2. Spora hosil qiluvchi grammusbat bakteriyalar.
a) Bac. megaterium uchlari yumaloqlashgan, yirik tayoqchalar, o`lchamlari 1,2-1,5 x 3-7 mkmdan 10 mkm
gacha, harakatchan, peritrixlar, yakka yoki zanjir hosil qilgan, yosh hujayralarda dona-dona lipid granulalari ko`rinadi.
Shtrix yog`simon, yaltiroq, salgina qavariq, sarg`ish rangda bo`ladi.
b) Bac. subtilis kalta va ingichka, 0,6 x 3-5 mkm, yakka, harakatchan, peritirix tayoqchalar. Pepton agarida
ingichka, quruq, burishgan parda ko`rinishida o`sadi.
v) Bac. mycoides 0,8-1,2 x 5-7 mkm yakka tayoqchalari yoki zanjirlarga birlashgan, ular yosh mog`or
zamburug`i mitseliysining gifasini eslatuvchi iplar hosil qiladi. Agarli oziqa muhitda kultura o`ziga xos, yassi,
mitseliysimon yoki rizoidsimon yoyilgan shaklda o`sadi.
Dostları ilə paylaş: |