O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38202
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

II. Ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning toza kulturasini "ezilgan tomchi" preparatida ko`rish tavsiya etiladi. 

 

1. Sporasiz   grammanfiy bakteriyalar. 



 

a)  Serratia  marcescens  -  qizil  qon  tayoqchasi,  bu  kulturaning  pepton  agaridagi  shtrixi  bo`ylab  o`sishi  qotgan 

qonni  eslatadi.  Mikroskop  ostida  0,5-0,6  x  6-1,0  mkm  keladigan  mayda,  kalta,  harakatchan  peritrixlar,  yakka  yoki 

qisqa zanjirlarga birlashgan hujayralar va qizil rangdagi donachalari - prodigiozin pigment bo`laklari ko`rinadi. 

 

b) Pseudomonas fluorescens - bu kultura oziqa muhitga ko`k yashil rangdagi flyuorestsent pigmentini ajratadi. 



Bu ingichka, 0,6 x 1-2 mkmdagi to`ppa-to`g`ri, harakatchan (monotrixlar) tayoqchalardir. 

 

2. Spora hosil qiluvchi grammusbat bakteriyalar. 



 

a)    Bac.  megaterium  uchlari  yumaloqlashgan,  yirik  tayoqchalar,  o`lchamlari  1,2-1,5  x  3-7  mkmdan  10  mkm 

gacha, harakatchan, peritrixlar, yakka yoki zanjir hosil qilgan, yosh hujayralarda dona-dona lipid granulalari ko`rinadi. 

Shtrix yog`simon, yaltiroq, salgina qavariq, sarg`ish rangda bo`ladi.       

 

b)    Bac.  subtilis  kalta  va  ingichka,  0,6  x  3-5  mkm,  yakka,  harakatchan,  peritirix  tayoqchalar.  Pepton  agarida 



ingichka, quruq, burishgan parda ko`rinishida o`sadi. 

 

v)  Bac.  mycoides    0,8-1,2      x  5-7  mkm  yakka  tayoqchalari  yoki  zanjirlarga  birlashgan,  ular  yosh  mog`or 



zamburug`i  mitseliysining  gifasini  eslatuvchi  iplar  hosil  qiladi.  Agarli  oziqa  muhitda  kultura  o`ziga  xos,  yassi, 

mitseliysimon yoki rizoidsimon yoyilgan shaklda o`sadi. 




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin