O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


 MIKROORGANIZMLARNING AZOT VA UGLEROD AYLANISHIDAGI ISHTIROKI



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38202
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

9. MIKROORGANIZMLARNING AZOT VA UGLEROD AYLANISHIDAGI ISHTIROKI 

9.1. Ammonifikatsiya jarayoni va  

ammonifikatorlar 

 

 



Hayvon va o`simliklar hayot faoliyati natijasida tuproq va suv havzalariga ko`p miqdorda oqsil moddalari tushadi, 

lekin ular to`planmaydi, balki mikroorganizmlar  yordamida parchalanadi. 

 

Har  xil  azotli  organik  birikmalarning  mikrobiologik  jarayon  ta'sirida  ammiak  ajralishi  bilan  o`tadigan 



minerallashuvi ammoniylashtirish deyiladi. 

 

Ammoniylashtirishga  oqsil,  nuklein  kislotalar,  mochevina,  xitin,  gumus  moddalar  uchraydi.  Oqsillarning 



ammoniylashuvi (chirishi) jarayoni har xil chirituvchi mikroorganizmlar – aerob va anaerob ammonifikatorlar tufayli 

sodir bo`ladi. Bularga sodda hayvonlar, zamburug`lar, aktinomitsetlar va xilma - xil bakteriyalar kiradi. 

 

Faol  ammonifikatorlarga  spora  hosil  qiluvchi  va  sporasiz  bakteriyalar  kiradi.  Oqsil  moddalarning  parchalanishi 



mikroorganizmlarning  proteolitik  fermentlari  yordamida  quyidagi  tartib  bo`yicha  boradi:  oqsil  →  polipeptid  → 

aminokislota → ammiak. 

 

Aminokislotalar  parchalanish  jarayonida  dekarboksillanishga,  dezaminirlanishga  uchraydi.  Bu  hollarda 



dezaminirlanish esa to`g`ri, gidrolitik, oksidlanuvchi va qaytariluvchi bo`lishi mumkin. 

Bunda 


ammiakdan 

tashqari  turli  moddalar  hosil  bo`ladi,  bularning  orasida  gazsimon  hamda  yoqimsiz  hidli  moddalar  hosil  bo`ladi. 

Masalan, oltingugurt tutuvchi aminokislotalar (metionin va sistein) parchalanganda sulfid vodorod hosil bo`ladi, siklik 

aminokislota triptofan parchalanganda - yoqimsiz najas hidiga ega fenol va boshqa moddalar hosil bo`ladi. 

 

Oqsil moddalarning ammoniylashishini o`rganish va ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning boyitilgan kulturasini 



olish  uchun  tuproq  (yoki  boshqa  substrat)  tarkibida  oqsil  yoki  uning  parchalangan  mahsulotlari  bor  ozuqa  muhitiga 

masalan, pepton bulyoniga ekish kerak. So`ngra, ma'lum bir inkubatsion davr (5-7) dan so`ng tahlil o`tkaziladi. 

 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin