I. Pepton bulyonidagi ammoniylashtiruvchilarning boyitilgan kulturasining tahlili.
1)
ammoniylashtiruvchilarning xarakterli o`sishini oddiy ko`z bilan kuzatishlarda mavjudligi (uning
ko`rinishi), loyqalanishi (uning jadalligi) va gaz pufakchalari borligi;
2)
hid borligini qayd etish va uni tasvirlash (xushbo`y, yoqimsiz, o`tkir, qo`lansa, najas hidini eslatishi va
b.);
3)
ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning boyitilgan kulturasini mikroskopda tekshirish-undan "ezilgan
tomchi" usulida tirik preparat hamda fiksirlanagan va bo`yalgan preparatlarni tayyorlash;
4)
ammiakka sifat reaksiyasi o`tkaziladi - uni pepton bulyonida to`planganligini tomchi reaksiyasi bilan
Nessler reaktivi yordamida aniqlanadi. Chinni idishga boyitilgan kulturadan 0,5-1 ml quyiladi va reaktivdan 1 tomchi
qo`shiladi. Ammiak bor bo`lsa, sariq yoki zarg`aldoq rang paydo bo`ladi. Ammiak qancha ko`p bo`lsa, rang shuncha
to`q bo`ladi.
|