O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


   Mikroorganizmlarni  tarqalishi va  bazi misollar



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38202
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

8.   Mikroorganizmlarni  tarqalishi va  bazi misollar

 Mikroorganizmlarni  odam  terisiga  va  atrofdagi  narsalarga    tushish  yo`llari  va  shaxsiy  gigienaga  amal 

qilishning mikroorganizmlar bilan ifloslanishini oldini olishdagi ahamiyati. 

 

1)  Mikroorganizmlar  turli  yo`llar    bilan  bir  joydan  ikkinchi  joyga    o`tishi  mumkin.  Ularni  orasida  kasal 



chaqiruvchi, yani patogenlari  ham bo`lish ehtimoli bor. Ko`p hollarda  odam terisiga va uning atrofidagi narsalarga 

(kundalik  ishlatiladigan    buyumlar:  pul,  eshiklarning  tutqichlari,  jihozlar  va  boshqalar)  oson  tushadigan 

mikroorganizmlar    turli  kasalliklarning  sababchisi  bo`ladi.  Mikroorganizmlar    odam  terisi  va  atrofdagi  narsalarga 

inson tasavvur qila olishidan ham  oson o`tishi mumkin. Masalan, janob  A   biznesmen va u kasal. U ishida yig`ilish 

o`tkazmoqda  va  shu  payt  aksa  uradi.  Bunda  u  og`zini  qo`li  bilan  yopadi.  Uning  qo`lida  kasal  chaqiruvchi 

mikroorganizmlar qoladi. Yig`ilish bir soatdan ortiq vaqt davom etadi va janob A kasalligini unutib janob B bilan qo`l 

siltashib  xayrlashadi. Bunda janob A ning   qo`lidagi mikroblarining bir qismi janob B ga o`tadi. Keyichalik  janob B  

shu qo`li bilan  saqichni ochadi  va mikroblar bilan birga og`ziga soladi. Uch  - to`rt kundan so`ng janob B janob A 

bo`lgan  kasal  bilan  kasallanadi.  Lekin  janob  A  ning  kasali  faqat  janob  B  gagina  o`tib  qolmaydi,  chunki  janob  A 

uchrashuv bo`lgan xonadan ketayotganda  uning qo`lidagi mikroblarning bir qismi eshik  tutqichida qoladi. Ular undan 

keyin chiqayotgan janob S ning qo`llariga o`tdi. Janob S bo`lib o`tgan yig`ilish natijalaridan qoniqmasdi va aeroportga 

ketayotib,  yo`lda  tirnoqlarini  tishlab  mikroorganizmlarni  og`ziga  kiritib  yubordi.  Xonani  yig`ishtirish  bilan 

shug`ullanuvchi  xodim  navbatdagi  zararlanuvchi  bo`ldi.  U  mikroblarni  janob  A  ushlagan  va  tushirib  yuborgan  

qalamdan  yuqtirdi.  Farrosh  qo`lini  yuvmay,  buterbrod  eganida  mikroblar  uning  og`ziga  tushdi.  Bu  vaziyat  uydirma 

bo`lsa-da,  infeksiya  taxminan  shunday  yo`lda  har  erga  tarqaladi.  Buning  oldini  olishning  yagona  yo`li  -  shaxsiy 



 

17 


 

gigienaga amal qilish va zarur bo`lgan gigienik muolajalarni o`z vaqtida bajarishdir. 

 

Ushbu  amaliy  mashg`ulotda  talabalar  mikroorganizmlarni  odam  qo`liga  va  eshik  tutqichlariga  tushishining 



yo`llarini  amalda  ko`rib  chiqadilar  va  qo`l  yuvishning  effektivlik  darajasini    sovunli  suv  va  faqatgina  suv  bilan 

yuvishda namoyon bo`ladigan farqini aniqlaydilar.  

 

2) Talabalar nomer oladilar va mashg`ulotni  birinchi  nomerdan  boshlab  birin-ketin  bajaradilar. Dastlab oziqli  



agar  tutuvchi Petri ismi sharifi  hamda  mashg`ulot bajarish uchun olgan nomeri yoziladi. Petri likopchalaridan biriga  

"avval",  ikkinchisiga    "suv"  va  uchinchisiga  "sovun"  deb  yoziladi.  Talabalar  o`ng  qo`llariga  sterillangan    qo`lqop 

kiyadilar va uni steril holatda o`qituvchi aytgan vaqtgacha saqlab qoladilar. 

 

Mashg`ulot boshida birinchi nomerli talaba qo`lqop kiyilgan qo`li bilan Serratia marcescens kulturasidan ozgina 



oladi  va   ikkinchi nomerli talabani qo`lini siqadi. Ikkinchi nomerli talaba uchinchi nomerni qo`lini siqadi va hokazo. 

Qo`l siqishda barmoqlar o`qituvchi ko`rsatgan holatida  bo`lishi lozim. 

 

So`ng  talabalar  qo`lqopdagi  barmoqlarini  "avval"  deb  yozilgan  Petri  likopchasidagi  oziqli  agar  yuzasiga  



tegizadilar.  Bundan  so`ng  qo`llarini  suv  bilan  yuvadilar  va  "suv"  deb  yozilgan  agarni  ushlaydilar.  Yana  qo`llarini 

sovun  bilan  yuvib  "sovun"  deb  yozilgan    agarni  ushlaydilar.  Qo`lqoplarni  yechib  tashlaydilar.  Petri  likopchalarini   

28

o

S  bir hafta davomida   inkubatsiya qiladilar. 



 

Keyingi mashg`ulotda  Serratia  marcescens  eshik tutqichiga yuqtiriladi va talabalar  birinchi nomerdan boshlab 

birin-ketin  uni ushlab chiqadilar. So`ng  "avval" deb yozilgan agarni yuzasiga qo`lqopdagi barmoqlarini tegizadilar. 

Qo`llar suv bilan yuviladi va "suv" deb yozilgan likopchalardagi agarga tegiziladi. So`ng  qo`llar sovun bilan yuviladi 

va "sovun" deb yozilgan likopchalardagi agarga tegiziladi. Qo`lqoplar  yechiladi. Petri likopchalari  28

o

S da bir hafta 



davomida inkubatsiya qilinadi. 

 

Inkubatsiya  vaqti  tugagach,  natijalar  tahlil  qilinadi.  Bunda  Petri  likopchalarida  Serratia    marcescens    o`sganligi 



aniqlanadi (pushti rang yoki qizil koloniyalar). Natijalar jadvalda aks ettiriladi. 

 

"Qo`l  siqish" va "eshik tutqichi" mashg`ulotlarida olingan natijalar (Serratia marcescens koloniyalarining o`sishi). 



 

Talabalar № 

Qo`l siqish  

Eshik tutqichi 

Likopchalarda o`sishi (koloniyalar soni) 

avval 


suv 

sovun 


avval 

suv 


sovun 

1. 


 

 

 



 

 

 



2. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Olingan natijalarga asoslanib  mikroorganizmlarni odamdan odamga yuqish yo`llari haqida va uni oldini olishda 

shaxsiy gigiyenani ahamiyati haqida  xulosa qilinadi.  

 

Adabiyotlar 



1. "Understanding microbes: A laboratory textbook for microbiology." G. William Claus, 1989, New York, NY, USA. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin