tvorogdan) va tuzlovlar suvidan (pomidor, bodring, karam tuzlovlari) preparat tayyorlanadi. Uning uchun buyum
oynasidagi bir tomchi suvda bakterial ilmoq bilan ozgina mahsulotdan olib aralashtirib, havoda quritiladi.
Surtma
fiksirlanadi va ko`k metilen bilan bo`yaladi.
Tuzlov suvidan preparat suvsiz tayyorlanadi, keyin surtma quritiladi, fiksirlanadi va bo`yaladi.
a) Sut-qatiq mahsulotlaridan tayyorlangan preparatlarda sharsimon sut kislotali bakteriyalar ko`riladi, ular
Streptococcus turiga kiradi. Diametri 0,5-0,6 mkmdan 1 mkm gacha hujayralar yakka, juft-juft va zanjir holatda
joylashgan bo`ladi, bular tipik gomofermentativ guruhining vakillardir.
Streptokokklardan tashqari preparatda Lactobacillus avlodiga kiruvchi tayoqchasimon bakteriyalar ko`rinadi.
Masalan, L. acidophilus, L. bulgaricus va boshqalar. Hujayralar yakka, juft-juft va zanjirsimon joylashgan. Sut
kislotali tayoqchalar streptokokklarga o`xshab o`simlik ustida, tuproqda, sut mahsulotlarda, odam va hayvonlar
ichagida uchraydi.
b) Tuzlov suvidan tayyorlangan preparatda yakka va kalta zanjir holatda joylashgan L. rlantarum tayoqchasimon
bakteriyalar ko`rinadi. Ular sabzavotlarni tuzlash va siloslashda o`tadigan sut kislotali bijg`ish jarayonida muhim rol
o`ynaydilar.
Adabiyotlar
1.
Tepper E.Z. Shil”nikova V.K., Pereverzeva G.i. Praktikum po mikrobiologii. M.: agropromizgrad, 1987. С.95-100.
2.
Mishutstin E.N., Emceva V.T. Mikrobiologiya.: “Kolos”, 2008.C. 105-110
3.
Shlegel G. Obshaya mikrobiologiya. M.: “Mir” 1987 C. 247-255
Dostları ilə paylaş: |