O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Miksobakteriyalarning meva tanasi oyoqchadan (sistofera) va sistalardan



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38202
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

Miksobakteriyalarning meva tanasi oyoqchadan (sistofera) va sistalardan tashkil topgan bo`ladi. Sistalarda  tinch 

holatdagi yirik hujayralar joylashgan bo`lib, etilgandan so`ng ulardan yana vegetativ hujayralar chiqadi. 

 

Miksobakteriyalar  bir  necha  turga  birlashtiriladi:  Cytophaga,  Sporocytophaga,  Sorangium,  Archangium, 



Polyangium  va  boshqalar.  Bu  organizmlar  tuproqda  yashaydilar,  ular  ko`p  miqdorda  go`ngda  va  go`ng  bilan 

o`g`itlangan tuproqlarda hamda chuchuk suv havzalarida va dengiz loyqalarida uchraydi.   Sellulozaning 

aerob 

parchalanishini Getchinson va Kleyton muhitida kuzatish mumkin (1 litr distillangan suv, K



2

HPO


- 1 gr., CaCl

2

  x 


6H

2

O - 0,1 gr., MgSO



4

 x 7H


2

O - 0,3 gr., NaCl -0,1 gr., FeCl

3

 x 6H


2

O - 0,01 gr., NaNO

3

 - 2,5 gr.). 



 

Bu muhitda yagona uglerod manbai bo`lib, selluloza – filtr  qog`oz kesmasi xizmat qiladi. Muhitga tuproq ekiladi 

va  14  -  21  kundan  so`ng  filtr  qog`ozda  o`zgarishlar  kuzatiladi.  Bakterial  chirish  natijasida  qog`oz  bo`sh,  g`ovak 

ko`rinishida bo`lib qoladi va ayrim hollarda yirtilib ketadi. Suyuqlik bilan havo chegarasidagi qog`oz shilimshiqlanadi, 

sarg`ayadi, qo`ng`ir tusga kiradi, bu esa miksobakteriyalar koloniyalarining rivojlanishi bilan bog`liq bo`ladi. 

 

Aerob  selluloza  parchalovchi  bakteriyalar  bilan  tanishish  maqsadida  "ezilgan  tomchi"  preparati  tayyorlanadi. 



Buning uchun buyum oynasiga bir tomchi  ko`k metilenning suvli eritmasidan tomiziladi, hamda shilimshiqlashgan, 

qo`ng`irlashgan  filtr  qog`oz  kesmasidan  ilmoq  bilan  qirib  olingan  qirindi  bilan  aralashtiriladi.  Bunda  chirigan 

qog`ozning tolalarini, alohida-alohida bakterial hujayralarni va yumaloq sistalarni ko`rish mumkin. 

Adabiyotlar 

1. Koleshko O.I. Ekologiya mikroorganizmov pochvi. Laboratorniy praktikum. Minsk.: “Visheyshaya Shkola”, 1981. 

С.110-114. 

2.  Mishutstin E.N., Emceva V.T. Mikrobiologiya.: “Kolos”, 2008,   С.118-122. 

3.  Tepper  E.Z.  Shil”nikova  V.K.,  Pereverzeva  G.i.  Praktikum  po  mikrobiologii.  M.: agropromizgrad, 1987.  С. 107-

111. 

4.  


Shlegel G. Obshaya mikrobiologiya. M.: “Mir” 1987. С.110-111. 

 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin