O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi


Fitopatogen viruslarni o`simliklardagi simptomlari



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/78
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38202
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Mikrobiologiyadan amaliy va laboratoriya qollanma

5.1 Fitopatogen viruslarni o`simliklardagi simptomlari 

 

Fitopatogen viruslar bilan kasallangan o`simliklarning simptomlari 

 

 



Ishdan  maqsad:  Fitopatogen  viruslar  bilan  kasallangan  o`simliklarda  hosil 


 

22 


 

bo`ladigan simptomlar haqida ma'lumot olish. 

 

Kerakli  materiallar:  Pomidor,  tamaki,  bodring,  g`o`za,  raps  va  boshqa 



o`simliklarning  mozaika  simptomli  barglari  (rasm  yoki  gerbariy  materiallari), 

jo`xori,  g`umay,  arpaning  chiziqli  mozaika  barglari,  karam,  sholg`om,  redis  va 

turpning  mozaikali  barglari.  Daladan  yoki  issiqxonadan  yangi  terib  kelingan 

o`simliklardan  gerbariylar  tayyorlanadi  va  ularni  sistematik  o`rinlari  aniqlanadi, 

har bir gerbariy materiali ostida yozib qo`yiladi. 

 

Mashg`ulot  laboratoriya  va  dala  sharoitida  (bahor,  yoz  va  kuz  fasllarida), 



issiqxonalarda  o`tkaziladi.  Kasallik  simptomlari  sog`  o`simlik  bilan  taqqoslanadi 

va kundalik daftarlarga    yoziladi,    rasm   daftarlarga    chiziladi    hamda ulardan 

gerbariylar tayyorlanadi. 

 

Kuzatuv  olib  borilganda  asosiy  e'tibor  o`simlikning  tashqi  ko`rinishiga, 



barglariga,  butim  oraliqlariga,  barg  tomirlariga,  rangiga,  umumiy  rivojiga  e'tibor 

beriladi. Virus kasalliklari o`simlikning o`sish nuqtasida yaqqol ko`ringani uchun 

avvalo  o`simlikning  o`sish  nuqtasi  kuzatiladi.  Simptomlarning  asosiylari 

quyidagicha  bo`ladi:  mozaika  guruhiga  mansub  simptomlar,  ipsimonlanish, 

burishish  (ajinlashish),  jingalaklanish,  qirqquloqqa  o`xshashlik,  bargidagi  chiziqli 

mozaika,  barg,  tomir,  poya  va  meva  nekrozlari,  o`simlikni  yoki  bargini 

shoxlanishi,  rangini  yo`qotishi,  sarg`ayishi,  shaklini  o`zgartirishi,  o`sishdan 

qolishi, 

gullarning 

badburishlashishi, 

gul 

qismlari 



rivojlanmasligi, 

gultojbarglarining yashil tusga kirishi, gul o`rniga shoxlab ketishi, reduksiyalangan 

barg paydo bo`lishi, to`p gul markazida haqiqiy barg hosil bo`lishi va h.k- (Ilova - 

dagi rasmlarga qaralsin). 

 

Quyida O`zbekistonda tarqalgan virus kasalliklari va ularning simptomlari va 



ba'zi boshqa hususiyatlari haqida qisqacha to`xtab o`tamiz. 

1.  G`o`za  virus  kasalliklari  g`o`zaning  ingichka  va  o`rta  tolali  navlarida 

tarqalgandir.  Ular  dunyo  bo`yicha  18  dan  ortiq  bo`lib,  ulardan  eng  asosiylari: 

"g`o`zaning  jingalak  barglilik"  (курчатов  листев)  kasalligida  g`o`za  bargining 

asosiy  tomirining  rivojlanmay  qolishi  sababli  barglar  jingalaklashadi  va  ba'zan 

mozaika alomatlari (chiporlanish) kuzatiladi. Barglar soni ham kasal usimliklarga 

ancha  kamroq  barglarda  xol  -xol  doglar  paydo  bo`ladi,  barg  qavariiq  shaklga 

kiradi,  Ba'zan  bargda  oqish,  to`q  -  yashil  mozaika  kuzatiladi,  barg  plastinkasi 

dag`allashadi, bo`g`rinlar orasi qisqaradi, barg yuqoriga qarab buraladi. 

"O`simlik  o`siq  nuqtalarini  dastalashishi"  (пучковидная  верхушка)  virus 

kasalligida o`simlikning o`sish nuqtasidagi barglar, gullar orasi qisqaradi, tomirlari 

yo`g`onlashadi, o`simlikning uchida shoxlar dastalashadi. 

 

G`o`zada  yana  "tomirlararo  sariq  mozaika",  "xol  -  xol  (chipor)  barglilik" 



(krapchatost),  "psilloz"  (barg  va  poyaning  jigarrang  tusga  kirishi),  "barglarning 

maydalashishi"  (iz  -  melchennost  listev),  "antotsianoz",  "tomirlararo  mozaika", 

orasining qisqarishi"  (укорочение междоузлий) 

kabi kasalliklar mavjud, 

2      Kartoshkaning  virus  kasalliklari  ham  juda  keng  tarqalgan  bo`lib,  dunyo 

bo`yicha  20  dan  ortiq  virus  kasalliklari  topilgan.  Ularning  10  tasi  MDX 

davlatlarida va 4 ta-[X, U, A, K) O`zbekistonda uchraydi. Virus bilan kasallangan 

o`simlik  bargining  tomirlari  och  tusga  kiradi,  bargida  "xol-xollik"  (крапчатост) 

yoki  ajinlar  paydo  bo`ladi.  "A"  virus  bilan  kasallangan  kartoshka  bargida  katta-

katta  dog`li  mozaika  hosil  bo`ladi,  keyiichalik  barg  to`lqinsimon  egilib,  jingalak 

bo`ladi.  Virusning  virulent  shtammlari  keskin  mozaika  hosil  qiladi.  Agarda 

kartoshkaning  "A"  virusi  "X"  virusi  bilan  birga  uchrasa  kartoshka  bargida 




 

23 


 

burmalar, g`ijimlar paydo bo`lib, barg buraladi, tomirlararo shishlar paydo bo`ladi, 

barglar  mo`rtlashib,  oson  sinadi.  Kartoshka  "K"  virusi  bilan  kasallangan  bo`lsa 

o`simlikning yuqori yarusidagi yosh barglarda kuchsiz dog`lar paydo bo`ladi. 

 

Kartoshka  "U"  virusi  bilan  kasallansa  yaqqol  ko`zga  tashlanadigan  aniq 



simptomlar  ko`zga  tashlanmasligi  mumkin.  Agarda  "U"  virusi  boshqa  viruslar 

bilan birgalikda uchrasa mozaika, yo`l - yo`l shtrixlardan iborat ("strik") mozaika 

hosil  bo`ladi.  Ba'zan  boshqa  kartoshka  viruslari  bilan  birgalikda  uchraganda 

o`simlikda pakanalik (карликовость) alomatlari kuzatiladi. 

3.    Butgulli  o’simliklarda  (  redis,  sholg`om,  turp,  karam,  raps)  "sholg`om 

mozaikasi virusi", "redis mozaikasi virusi",    "gulkaram   mozaikasi    virus"    lari   

uchraydi.        Kasal  o`simliklarda  aniq  mozaika  va  bargni  bujmayishi  va 

rivojlanishdan to`xtashi kuzatiladi. 

4.    Dukkakli  o`simliklarda  6  xil  virus  kasalligi  uchraydi.  Ulardan  "no`xat 

mozaikasi  virusi"  bilan  kasallangan  no`xatda  barg  tomirlarining  oqarishi  va 

mozaika xosil bo`ladi.     No`xatda    yana    boshqa    simptomga    ega    kasallik - 

"no`xatning  yuqori  yaruslarini    sarg`ayishi"      kasalligi  uchraydi,  yuqori  yarus 

barglarida kuchli  xloroz       (barg rangini yo`qolishi) kuzatiladi,  barg  mo`rt  bo`lib 

qoladi.  Mosh  o`simligida  esa  "mosh  mozaikasi  virusi"  uchraydi,  barg  tomirlari 

oqaradi va barg pastki tomonga qarab buraladi, shishlar bo`ladi,   barg  plastinkasi  

shakli  o`zgaradi,  o`simlik o`sishdan qoladi, urug`i maydalashib ketadi. Bu virus 

loviya o`simligini ham kasallantiradi. 

 

Moshda  yana  "moshning  sariq  mozaikasi  virusi"  uchraydi.  Kasallangan 



o`simlik  bargida  dog`lar  jadallik  bilan  ko`payadi,  o`simlik  o`sishdan  qoladi.  Bu 

kasallik loviya, soya va boshqa dukkakli o`simliklarda ham uchraydi. 

5.    Qovun  va  bodring  o`simliklarida  "bodring  mozaikasi  virusi"  uchraydi.  Ikkala 

o`simlikda  ham  mozaika  simptomlari      kuzatiladi.      Bu      virus      qovoqsimonlar,   

murakkab gulli o`simliklar va dukkaklilarda uchraydi. 

6.    Beda  o`simligida  "beda  mozaikasi  virusi"  uchraydi,  kasallangan  o`simlik 

bargida  doiyra  shakldagi  dog’lar  hamda  mozaikali  barglarning  jingalaklanishi 

kuzatiladi. 

7.   Jo’xorining   "jo’xori   pakana   mozaikasi   virusi'' kasallantiradi.    Barglarida   

chiziq  -  chiziq      shaklli      sariq  mozaika  kuzatiladi,  o`simlik  o’sishdan  qoladi, 

jo`xori so`talarida don  miqdori o`ta  kamayib,   20  - 30%  gina qoladi. Ayniqsa 

o`simlikni  virus    bilan  juda  erta  kasallantirsa  virusning  zarari  juda  katta  bo`ladi, 

jo`xori doni maydalashadi, olingan urug`ning unishi o`ta pasayadi. 

 

Yuqorida  ko`ursatilgan  kasallik  alomatlarini  e'tiborga  olgan  holda 



mashgulotda  beriladigan  tabiiy  va  gerbariy  materiallarni  guruxlarga  ajratish,  ular 

haqida chuqur bilimga ega bo`lish zarur. 

 

Adabiyotlar: 



1.  Ю.И.Власов,    Э.И.Ларина.    Сельскохозяйственная    вирусология. 1982, 

238 с. 


2.  С.Е.Грушевой. Сельскохозяйственная фитопатология. 1965,447с. 

3.    П.К.Головин,  М.В.Арсеньева,  А.Т.Тропова,  И.Шестиперова.  Практикум 

по общей фитопатологии. 1967. 183 с. 

 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin