Geometrik figuralar modeli komplektida, shuningdek, o’quv sanoati
Shuni ta’kidlash kerakki, ob’yekt shaklini to’g’ri idrok qilish uchun ,
o’quvchilarni figuralarning modellarini kuzatishlarigina emas, balki ularni o’zlari
maqsadlarda dastlabki paytlarda geometrik figuralarning modellarini andoza
ustidan qalam yuritish yo’li bilan hosil qilishdan foydalanish mumkin.
Shuningdek, figuralarning modellarini, ularni oldindan nuqtalar (ko’pburchak
uchlarini) belgilab olib, katakli qog’ozdan qiyish yo’li bilan hosil qilish mumkin.
Geometrik figuralar modellarini qog’oz varag’ini buklash yo’li bilan ham hosil
qilish mumkin. Masalan, qog’oz varag’ini (ixtiyoriy shakldagi) uchta kesishuvchi
to’g’ri chiziq bo’yicha shunday buklash kerakki, bunda ikkinchi va uchinchi
bukilish chiziqlari o’zaro kesishsin va boshqa nuqtalarda birinchi bukilish
chizig’ini kessin. Natijada uchburchak hosil bo’ladi. Geometrik figuralarning
modellarini (raqamlar, amallar ishoralarini va boshqalar) flanelegraf, knopka yoki
39
Ko’pburchaklarning modellaridan foydalanish ko’pburchaklar nima deb
atalishi va nega shunday atalishini tushunib olish, ularning tomonlari,
burchaklari, uchlarini ko’rsatish va sanash imkonini beradi; ularning ba’zi
xossalarini ochish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Geometrik figuralar modellari
yordamida geometrik figuralarni tanish va farq qilish bilan, klassifikatsiyasi bilan,
ya’ni figuralar (applikatsiyalar) va naqshlar tuzish bilan bog’liq bo’lgan bir
qator topshiriqlarni bajarish mumkin.
Geometrik figuralarning modellaridan o’nlik sonlarini o’rganishda sanoq
materiali sifatida foydalanish mumkin. Figuralarning o’zlarini ham, ularning
elementlarini ham, ya’ni tomonlari, burchaklari, uchlarini sanash mumkin.
d) Sonli figuralar. (2- rasm) Sonli figuralar yuqorida aytib o’tilgan
“Демонстрационный материал по математике для первого класса”
komplektida va birinchi sinf matematika darsligiga berilgan ilovada
mavjud. Sonli figuralar predmetlarning miqdoriy gruppalarini taqqoslashga,
raqamlar bilan sonlarni mos keltirishga (o’qituvchi o’quvchilarga sonli
figurani ko’rsatadi, o’quvchilar sonli figuraga mos rasmli kartochkani
ko’rsatish bilan javob beradilar) yordam beradi. Sonli figuralar
yordamida sonlarning tarkibini ham qarash mumkin (3-rasm).
●
● ●
● ●
●
● ● ● ●
● ●
● ●
Dostları ilə paylaş: