37
2.2. Grafik modellardan foydalanish usullari orqali masala yechish
metodikasi.
Ko’rgazmali rasmlar kompleklarini mamlakatimiz nashriyotlari nashr qiladi.
Rasmlar qirqiladi va konvertlarda saqlanadi. Bulardan, asosan, birinchi
o’nlik sonlarini o’rgatishda foydalaniladi, ammo rasmlardan hisoblash usullari
bilan tanishishda va boshqa bir qator masalalarni qarashda muvaffaqiyatli
foydalanish mumkin. Shu bilan birga ko’rgazmali rasmlardan darsning
turli bosqichlarida - yangi materialni o’rganishga tayyorgarlik ko’rishda, yangi
materialni o’rganishda, mustahkamlashda va hokazolarda foydalanish mumkin.
Masalan, ko’paytirish amalini kiritishga tayyorlanishda ko’paytirish
amalining konkret mazmunini ochib berishda predmetlar gruppalari tasvirlangan
rasmlardan foydalanish mumkin.
Qo’shish va ayirish xossalarini kiritishga tayyorlanishda va bu materialni
tushuntirishda bittadan predmet tasvirlangan rasmlardan foydalanish foydali.
Masalan, 2 ta lola, 3 ta binafsha va 4 ta qoqi gul tasvirlangan rasmlar. Bu rasmlar
yordamida ( 2+3) +4 holi uchun sonni yig’indiga qo’shishning mumkin bo’lgan
usullari qaraladi. Bu yerda guldasta tuzish syujetli asos bo’lib xizmat qilishi
mumkin. Mustahkamlash va takrorlash bosqichlarida rasmlardan masalalar
tuzish uchun muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Bu rasmlardan sodda
masalalarning turli xillari haqidagi bilimlarni umumlashtirish bosqichlarida
ham foydalanish mumkin. Masalan, o’qituvchi katakli taxtachaga yengil
mashina tasvirlangan 3 ta rasmni va yuk mashinasi tasvirlangan 5 ta rasmni
qo’yadi va shular bo’yicha har xil masalalar tuzishni taklif qiladi.
Bitta predmetning tasviri raqamlar va qisqa yozilgan so’zlar ( so’m,
tiyin) bilan birgalikda masala shartini tasvirlash imkonini beradi
9
. Masalan
(1- rasm):
9
Boshlang’ich ta’lim ”, “ Maktab va hayot ”, “ Ta’lim muammolari ” “ Uzliksiz ta’lim “ va boshqa
ilmiy – uslubiy jurnallar, hamda “Ma”rifar” gazetasi