145
AXLOQ-ODOBGA ASOSLANGAN ASARLAR
Zardushit
“Avesto”
Hind eposi
“Kalila va Dimna”, “Maxobxarat”
Forobiy Abu Nasr
“Fozil odamlar shahri ”, “Baxt-saodatga
erishuv risolasi”
Kaykovus
“Qobusnoma”
Jaloliddin Rumiy
“Ma’naviy masnaviy”, “Ichingdagi
ichindadur”
Yusuf Xos Hojib
“Qutadg‘u bilig”
Axmad
Yugnakiy
“Hibatul-haqoyiq”
Sa’diy Sheroziy
“Bo‘ston”, “Guliston”
Abdurahmon Jomiy
“Bahoriston”
Husayn Voiz Koshifiy
“Axloqi
Muhsiniy”,
“Axloqi
Karim”,
“Masnaviy”, “Javohirnoma”
Alisher
Navoiy
“Mahbub ul-qulub”
Xondamir
“Makorim ul-axloq”, “Axbor ul-ahyor”
Jaloliddin Davoniy
“Axloqi Jaloliy”
Muiniddin Juvayniy
“Nigoriston”
Majididdin Havofiy
“Guliston”
So‘fi Ollohyor
“Sabot ul-ojizin”
Yusuf
Samandar Termiziy
“Dastur ul-mulk”
Abdulla Avloniy
“Turkiy guliston yoxud axloq”
Fitrat
“Najot yo‘li”, “Oila”
Usmonov M
“Yaxshi fazilat insonga ziynat”
Usmonov R
“Saodatnoma”
Abdurahmonov A
“Saodatga eltuvchi bilim”
146
MUSTAQIL ISHLASH UCHUN
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1.Burchning axloqiy kategoriyalar tarkibidagi xususi yatini
aniqlang.
2.Axloqiy haqiqat nima?
3.Mutanosib adolat deganda nimani tushunasiz?
4.“Axloqiy fazilatlar inson niyatida aks etadi” degan fikr-
ning mohiyatini ochib bering.
5.Qanday yaxshilik inson umrini ziyoda qiladi?
6.Adolat odamlarni qanaqa yomonliklardan saqlaydi?
7.“Odobing obro‘ying” xalq maqoli mazmunini ochib bering.
8.“Uyat – o‘limdan qattiq” maqoliga misollar
keltiring.
9. “Kimki muloyimlik urug‘ini sepsa, salomatlik mevasini
teradi”. Ushbu fikrning mag‘zini ochib bering.
10. Nodonlikning belgilari va sabablarini aytib bering.
11. “Axloqiy tubanlik”ning belgilari
va zararli oqibatlari
12. Axloqiy baholash nima va uning ko‘rsatkichlari (me-
zonlari)ni ayting.
13. YOmonlikning yomonligi nimada?
14. “Ma’naviyat” va “axloq” tushunchalarining umumiy
xususiyati va farqi.
15. Lafzi halollik fazilatini mazmuni va ko‘rinishlarini
ochib bering.
16. Ochiqqo‘llik va sahovatpeshalik fazilatlaridagi umu-
miylik va o‘ziga xoslikni ayting.
17. O‘ktamlik fazilatining mazmunini ochib bering va
unga misollar keltiring.
18. Odillik va haqqoniylik fazilatlarining umumiy xususi-
yati va farqi.
19. Zakovatlilik, fozillik va zukkolik fazilatlarining umu-
miy xususiyati va farqi.
20. Matonatlilik, chidamlilik va g‘ayratlilik
fazilatlarining
umumiy xususiyati va farqi nimada?
147
21. “Inson hamma narsaning o‘lchovidir” degan ibora-
ning mohiyatini ochib bering.
22. “Axloqiy muhit” tushunchasini ochib bering.
23. Juvonmardlik(Futuvvat) nima? Uning xususiyatlarini
ayting.
24. Amir Temur va Bobur shaxsiyatidagi fazilatlarni
ayting.
25. Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot
– yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo
falokat
masalasidir” degan fikrini asoslab bering.
26. Abdulla Avloniyning “Tarbiya beruvchining o‘zi tarbi-
yali bo‘lishi lozim” degan iborasini mohiyati.
27. Informatsion jamiyatning inson axloqiy borlig‘iga
ta’sirini tushuntirib bering.
Dostları ilə paylaş: