Reja: O‘zbekiston yagona



Yüklə 29,4 Kb.
səhifə1/4
tarix19.04.2023
ölçüsü29,4 Kb.
#100629
  1   2   3   4
O‘zbekiston – yagona Vatan.


Nutqiy mavzu: O‘zbekiston – yagona Vatan.
Gram. mavzu: Hozirgi o‘zbek adabiy tili bo‘limlari va me’yorlari.


Reja:
1. “O‘zbekiston – yagona
2. O‘zbek tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
3. Orfoepiya qoidalari. O‘zbek tilida tovushlar talaffuzi.
Xulosa.
Foydalangan adabiyotlar.

O‘ZBEKISTON – YAGONA VATAN

O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyoning markaziy qismida joylashganligini hammamiz bilamiz. U 448,9 ming kv. km. maydondan iborat. O‘zbekistonning poytaxti Toshkent shahri bo‘lib, davlat tili o‘zbek tilidir. Dunyo xalqlari O‘zbekistonni 1991-yil 1-sentabrdan mustaqil davlat sifatida biladi. O‘zbekistonning o‘z bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, pul birligi, qurolli kuchlari bor. 1992-yil 8-dekabrda O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va bu kun har yili bayram sifatida nishonlanib kelinyapti. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi dunyoning qariyb barcha davlatlari bilan o‘zaro elchixonalar ochib, mustahkam aloqalar o‘rnatmoqda. O‘zbekistonning xalqaro obro‘yi kundan kunga ortib boryapti. O‘zbekiston yoshlari yangi ochilayotgan universitetlar, institutlar, kollejlar, litseylarda ta’lim olayotirlar. Yoshlar bilim olish, malaka oshirish, tajriba almashish uchun chet ellarga borib kelmoqdalar. Respublikamizda o‘zbeklar bilan bir qatorda qoraqalpoqlar, qozoqlar, turkmanlar, qirg‘izlar, tojiklar, tatarlar, uyg‘urlar, ruslar, koreyslar, yahudiylar kabi o‘nlab boshqa millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek yashaydi. O‘zbeklar ham Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘izistondan tashqari, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Xitoy, Suriya, Iordaniya, Eron, Iroq, Birlashgan Arab Amirligi, Misr, Germaniya, Gollandiya, Fransiya, Italiya, Angliya, AQSH, Hindiston, Pokiston, Yaponiya, Tayvan kabi mamlakatlarda yashaydilar. O‘zbekiston qadimiy va boy tarixga ega. Har yili Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy obidalarni ko‘rish uchun ko‘plab sayyohlar tashrif buyurishadi. Bu yurtdan yetishib chiqqan Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ismoil Buxoriy, Zamaxshariy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Rumiy, Xoja Samandar Termiziy kabi yuzlab qomusiy allomalarning ilmiy, ijodiy meroslari faqat O‘zbekistonda emas, butun dunyo ilm maskanlarida o‘rganilyapti. O‘zbekiston nafaqat o‘tmishi, balki kelajagi ham buyuk mamlakatdir.
Bir donishmandning “Bilimning o‘zi kamlik qiladi, siz – uni qo‘llashingiz kerak, xohishning o‘zi kamlik qiladi, siz – uni amalga oshirishingiz kerak”, - degan so‘zlari mohiyatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, biz o‘zimizdagi mavjud imkoniyat va iqtidorni yanada kamol toptirish, ularni amalda qo‘llay bilish orqaligina eng baland marralarni egallashimiz mumkin. Buning uchun esa yurtimizda barcha shart-sharoit muhayyo.
Yulduzlar miltillab, osmon fonusi oy bilan hamohang nur taratayotgan tun qo’ynida sokin navo insonni o’ziga shaydo etadi. Bu navo osudalik va farovon hayot nash’asi bilan jamlanib, goho shirin hayolotlarga yetaklaydi. Vatan tafti ayni shu hissiyotni berguvchi mehrga chambarchas bog’lanib ketadi. Ona kabi jonga jondosh, ota kabi qonga qondosh bo’lguvchi kuchni aynan Vatan bera oladi. Har kim uchun Vatan yagona va takrorlanmas mo’jiza. Quyosh erta tongdan nafis nurini, iliq sehrini baxshida etayotgan mahali har bir inson qalbida ajib bir tuyg’u tug’yon uradi. Yoinki, go’zal gul atriga oshiq qush misol atrofingda xushbo’y nasim kuy chertadi. Ayni shunday unutilmas xotiralarni ulashguvchi shul buyuk maskan jigargo’shasi ekanligingizdan faxr etib, go’yoki, osmonlarni zabt etgandek bo’ladi inson. Ha, shu maskan bizniki, barchamizniki! Zaminimizning yagonaligi va betakrorligini asrash uchun barchamiz bir yoqadan bosh chiqarmog’imiz darkor. Bu biz yosh avlod uchun ham farz, ham qarzdir!
Vatanga muhabbat tuyg’usi bo’lmaganda edi, yurtlar vayron va zamin talato’p bo’lgan bo’lar edi. Ammo, vayronagarchiliklar shohidi bo’layotgan yerlarni eshitasiz-u, beixtiyor “Bizga, Vatanimizga ko’z tegmasin” - deya duo ham qilishga shoshilasiz. Ne uchunkim, bugunning hali atrofni chuqur anglab ololmagan ba’zi bir gunohkor, nonko’r shu yurt vakillarining o’zga yurt qirg’inbarotiga shoshilib aralashishga ketayotganlarini eshitasiz. Bu zamin ne-ne yovlarga qarshi kurashgan, shahid bo’lib ketgan ota-bobokalonlar ruhi oldida qarzdor. Bugungi kunning nafasini ajdodlarimiz orzu qilib yashaganlarini barchamiz tarix varaqlaridan o’qib bilamiz. Yurtga sodiq har bir farzand bugun qurol ko’tarib urush komida yashayotgan, yo kechirimlilik siyosati orqali pushaymonlik o’tida yonayotgan yurtdoshlar qismatini ko’rib, faryod urgisi kelaveradi. Vatan tushunchasini qalbiga singdirib, dilidagi nafrat –alamni sug’orib, mehr rishtasini qadashni xohlaydi. Ammo, afsuski, barcha birdek mehr tushunchasini tushunmaydi yoki besh barmoq teng emas-da…
“Vatan qadrini vatangado va musofir biladi”-deydi dono xalqimiz. Bobokalonimiz, buyuk imperiya asoschisi Bobur ham ayni shu tuyg’u azobida to o’lgunga qadar birga yo’ldosh bo’ldi. O’z asarida ham bir yurti qovuni isini olish uchun ming azob chekkani to’g’risida to’xtalib o’tiladi. Vatan hamisha o’z tuprog’idan yiroqdagilar uchun qo’l yetmas Mirrix yulduzidek uzoq va nurli issiqlik bilan tortguvchi kuchga ega. Tuningiz osudaligi, uyqungiz va oromingiz osoyishtaligi uchun faqat shukrona keltirguvchi zamon zaylini ne-ne kishilar orzu etmagan va o’zga notinch yerlar orzusi desak mubolag’a qilmaymiz. Vatan qon-qonimizga singgan an’ana , yurak-yurakka qadalgan ezguliklar, nigohlar tub-tubiga jo bo’lgan shukronalik tuyg’usidir. Uning qadrini qadrlashga qaddi tik avlodlar hamisha birgalikda qadam tashlamog’i lozim. Vatan qalbiga monand saf tizilgan yosh avlodning qaddini tik tutib yashamog’iga teng intilguvchi shu zamin doimo baxt nuriga limmo-lim to’lsin.
Vatan bu bizning go’zal bo’stonimiz –O’zbekiston. Sog’inch va mehr qorishgan buyuk ajdodlar kalomida bayon etilgan yurtimiz doimo biz farzandlari uchun jonsarak ona kabi mehribon. O’zbekiston dunyoda yagona va har bir shu yurt farzandiman deguvchilar uchun muqaddas dargoh. Yurtning ertasi yoshlar, jahon minbarida bayrog’imiz hilpirashi uchun hamisha kamarbasta. Qalbi olov bo’layotgan ertaning egasi yosh avlod ezgu orzulari bilan O’zbekiston kuchiga kuch qo’shmoqda. Yurtimiz bugungi kun go’zalligidan yanada ko’rkamlashmoqda, qadamlarini katta va mustahkam tashlab bormoqda. O’zbekiston har soniya kelajagida mehr oshufta bo’lib, navqiron baxt birga abadiy bo’lmog’i uchun intilmoqda. Vatanimiz, O’zbekistonimiz, onajonimiz kabi qadrdon, ko’nglimiz tojidir. Shunday ekan, shu yurt uchun barcha metin yurak bilan qo’rqmay orzular sari intilmog’i va har onni mustahkam poydevor bilan qurmoq uchun dadil odimlamog’i darkor.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha beshta muhim tashabbus zamonamizning porloq kelajagi uchun kalit vazifasini bajaradi.Oʻz salohiyati bilan tengdoshlaridan ajralib turgan va qalbida ezgu maqsadlarni joylagan tengdoshim! Yuksak marralarni zabt etish uchun orzularni birlashtiraylik! Keling, yorqin hayot zinapoyalarini mustahkamlash uchun bir safda birga boʻlaylik! Darhaqiqat, bugungi oʻzgarishlar davri yuksak mahoratni talab etadi. XXI asr zamonaviy texnologiyalar asri ekanligini inkor etishning ilojisi yoʻq. Shunday ekan, dunyo tillarini o'rganishimiz zarur. Buyuk bobomiz Farobiy oʻz davrida 70 ta tillarni mukammal bilganligi haqida maʼlumotlar uchraydi. Demak, biz ham dunyo tillarini o’rganishimiz, zamon bilan hamnafas bo’lishiz zarur ekan! Inshoyimni prezidentimiz Shavkat Miramonovich Mirziyoyevning ushbu so’zlari bilan yakunlamoqchiman “… Dunyoda xech qachon eskirmaydigan, yoʻqolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham boʻlsa, farzandiga bergan bilim va hunardir”.



Yüklə 29,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin