Reja: O‘zbekiston yagona



Yüklə 29,4 Kb.
səhifə4/4
tarix19.04.2023
ölçüsü29,4 Kb.
#100629
1   2   3   4
O‘zbekiston – yagona Vatan.

Orfoepiya (orto... yun. epos — nutq, talaffuz) —1) tilshunoslikning adabiy talaffuz meʼyorlarini oʻrganuvchi boʻlimi; 2) muayyan milliy tilning talaffuz meʼyorlariga mos holda bir xil talaffuzni taʼmin-lovchi qoidalar tizimi va ularga rioya qilish. Ogʻzaki nutq talaffuzining bir xilligi, imlo (orfografiya) kabi lisoniy muomalani yengillash-tiradi. "O." tushunchasi keng va tor maʼnoda 2 xil tushuniladi: keng maʼnoda — unga fonemalarni qoʻllash qoida va fonema allofonlari (vari-antlari)ni talaffuz qilish qoidalari kiritiladi; tor maʼnoda — fa-sat fonemalarni qoʻllash qoidalari kiritiladi. O. koʻlamining bir xil belgilanmasligining sababi shunda-ki, baʼzi olimlar talaffuz meʼyorlari tushunchasiga fakat tovushlarni talaffuz qilishni, boshqalari esa urgʻuni ham, baʼzan variantdor grammatik shakllar hosil boʻlishini ham kiritadilar.
Tilning ichki kategoriyasi tarzidagi orfoepik meʼyor bilan kridalashtirilgan meʼyor oʻzaro farqlanadi. Ulardan birinchisi ayni bir voqea-hodisani ifodalashning tilda namoyon boʻla-digan yashirin imkoniyatlari mavjudligi bilan bogʻliq; bunda meʼyor — muay-yan tilning aniq bir soʻzlovchilar ja-moasida tegishli davr orasida mavjud boʻlishi bilan bogʻliq bir qancha ijtimo-iy omillarning amal qilishi natijasidir. Ikkinchisi esa amalda mavjud boʻlgan meʼyorning turli lugʻatlar, maʼ-lumotnomalar va qoʻllanmalarda qoida va koʻrsatmalar tarzida shakllantirilgan aksidir. Qoidalashtirishda qoʻllash uchun toʻfi deb belgilanadigan faktlar tanlab olinadi. Qoidalashtirilgan meʼyor koʻpincha amalda mavjud boʻlgan meʼyordan orqada qoladi.
O. milliy tilning shakllanishi bilan bir paytda, ogʻzaki nuqtning taʼsir doirasi kengaygan, ommaga qaratilgan nutqning yangicha shakllari rivojlangan paytda paydo boʻladi. Orfoepik meʼyorlarning shakllanish jarayoni turli milliy tillarda turlicha kechadi. Masalan, hozirgi oʻzbek adabiy talaffuzi meʼyorlarining dastlabki ildizlari oʻtgan asrning 20—30-yillarida vujudga kelgan, bu sohada bir qancha tadqi-qotlar oʻtkazilib, orfoepik lugʻatlar nashr etilgan boʻlsada, oʻzbek talaffuz meʼyorlari toʻliq shakllangan deb boʻlmaydi.
Orfoepik meʼyor muammosi bir til birligining bir emas, ikki yoki undan ortiq ifodasi boʻlgan hollarda yuzaga keladi. Meʼyorda ayni paytda til tizimida mavjud boʻlgan yoki mavjud boʻlishi koʻzda tutilgan narsa saralanadi. Tizim doirasida yangi shakllarning paydo boʻlishi hamda eskilarini ekstralingvistik omillar taʼsirida asta-sekin siqib chiqarishi natijasida meʼyor oʻzgarishi mumkin. Meʼyorning oʻzgarishi (almashinishi) har bir tarixiy davr tilida variantdor meʼyorlarning ayni bir paytda mavjud boʻlishi mumkinligini inkor etmaydi. Vaqt oʻtishi bilan vari-antlardan biri yetakchiga aylanib, qolganlari kamroq qoʻllanib, isteʼmoldan chiqib ketadi. Variantlardan birining yetakchi deb tanlanishiga uning til ta-raqqiyotidagi obyektiv qonunlarga mu-vofiq kelishi, keng tarqalganligi, moʻʼtabar andozalarga (jamiyatning bilimli va madaniyatli vakillari talaffuziga) mosligi kabi omillar taʼsir koʻrsatadi. O. rivojida namunali adabiy talaffuzni targʻib qiluvchi teatr, keyinchalik radio va televideniye katta rol oʻynagan. Sahna nutqi koʻpchilik tillarda orfoepik meʼyorlarning asosi hisoblanadi.
Nutqning harakteriga koʻra, adabiy talaffuzni 2 guruhga ajratish mumkin: toʻliq talaffuz; qisqargan talaffuz; maʼruzachilar, akterlar, diktorlar nutqi toʻliq talaffuzni aks ettira-di, chunki bunda har bir soʻz, uning morfemalari adabiy til qoidasiga mos ravishda toʻla, aniq, donadona talaffuz qilinadi.
Soʻzlovchi oʻz nutqiga beparvo qarashi orqasida, oʻz shevasi taʼsirida ayrim fonemalar turli oʻzgarishlarga duch keladi, soʻzning baʼzi birliklari qis-qaradi. Mas, olib keldi — obkeldi; olib bordi — obbordi. Bu qisqartgan talaffuzdir.
Oʻzbek adabiy tilining asosiy orfoepik qoidalari unli va undosh fonemalarning talaffuzi, morfologik birliklarning aytilishi, soʻz birikmalarining talaffuz qilinishi kabilarni oʻz ichiga oladi. Shunga koʻra umumiy orfoepik meʼyorlar belgilanadi. Orfoepik meʼyorlar, odatda transkripsion belgilar vositasi bilan ifodalanadi.
O. orfografiya bilan zich bogʻlangan. Biroq soʻzning yoki soʻz shakllarining jonli talaffuzi hamma vaqt ham ularning yozuvdagi ifodasiga teng boʻlavermaydi.
Xulosa.
Biz yoshlar kuchli, bilimli, sog‘lom hamda yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishimiz, siyratimizda ona xalqimiz va Vatanimizga mehru muhabbatni sarbaland, yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo‘shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida voyaga yetishimiz zarur.
“Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir”-degan naqlga amal qilgan holda, har kim o‘ziga berilgan ana shu qisqa davrda kasb-hunar egallashga, ulkan marralarni zabt etishga harakat qiladi. Men ham tengdoshlarim qatori malakali mutaxassis sifatida o‘zimni namoyon etishga, yurt koriga yaraydigan inson bo‘lishga intilaman. Ba’zi tengdoshlarim hoyu havasga uchib, yengil hayot ortidan quvayotganini, egri yo‘lni tanlab adashayotganini ko‘rib mulohaza qilaman. Axir dunyoda O‘zbekistondek go‘zal va betakror mamlakatda yashashning o‘zi baxt emasmi?!


Foydalangan adabiyotlar.

  1. https://tfi.uz/uz-Latn/news/insholar-tanlovi

  2. https://mrdi.uz/2020/01/23/%EF%BB%BFyagonadir-vatanim-manim/

  3. http://marifat.uz/marifat/ruknlar/manaviat/Vatan-yagona-O-zbekiston-bittadir.htm

  4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Orfoepiya

  5. http://iht.uz/download/slides/1kurs/mothertongue/008_Onatili_1_kurs_8_mavzu.pdf





Yüklə 29,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin