53
6. Dalolatnoma.
7. Telegrammalar.
Rasmiy standartlashgan mos keluvchi blankalarga yoziladi.
Rasmiy xat nomi ko‘rsatilgan birdan bir hujjat hisoblana-
di. Rasmiy xat asosiy matndan tashqari jo‘natuvchi haqida
ma’lumotlarni bildiradi. Unda rekvizitlar qisqartirilishi mum-
kin. Farmoyish hujjatlariga nizom, yo‘riqnoma, buyruq, qaror,
ko‘rsatma kabilar kiradi. Qarorlar kengash yig‘ilishida muhoka-
ma qilinib qabul qilinadi. Nizom bu tashkilot, korxona, jami-
yat jamoalarining faoliyatini belgilovchi qoidalar maj muasidir.
Yo‘riqnoma davlat boshqaruv organlari tomonidan korxona,
muassasa, tashkilotning mansabdor shaxs va xodimlarga tashki-
liy, ilmiy-texnik, texnologik, moliyaviy jihatdan ko‘rsatma beruv-
chi hujjatdir. Buyruq vazirliklar, tarmoqlar, boshqarma va tashki-
lot rahbarlari tomonidan tezkor masalalarni hal qilish maqsadida
chiqariladi.
Ko‘rsatma vazirliklar va rahbarlar tomonidan chiqarilgan
buyruqlar va yo‘riqnomalari bajarilishi bo‘yicha qabul qilinadigan
hujjatdir. Bayonnoma bu kengashuv organining yig‘ilishi va maj-
lislarida ko‘rilgan masalalarni asoslovchi hujjatdir.
Ma’lumotnoma u yoki bu voqeani aks ettiruvchi, ularning
yuzaga kelishini tashkillashtiruvchi hujjatdir. Bildirishnoma bu
tashkilot rahbari nomiga, tuzuvchi tomonidan ma’lum bir fakt
yuzasidan kelib chiqqan holat, taklif yoki xulosalar keltirilgan
bildirish xatidir. Tushuntirish xati ma’lum bir holatlarga aniqlik
kirituvchi yoki biror-bir qilingan ish sababini ko‘rsatuvchi xatdir.
Dalolatnoma bir necha shaxs tomonidan biror-bir faktni, vo-
qelik yoki harakatni tasdiqlovchi hujjatdir. Telegramma telegraf
tarmog‘i orqali jo‘natiluvchi hujjatdir.
Dostları ilə paylaş: