Nazoratning asosiy funktsiyalari:
tekshiruvchi – nazorat ko‘rsatkichlari ta'lim natijalari haqida muhokama qilish
uchun, ya'ni keyingi kursga ko‘chirish, diplom berish kabi masalalarni yechishda
bosh asos bo‘lib xizmat qiladi;
ta'lim beruvchi-nazorat topshiriqlarini bajarish jarayonida oldin egallangan
bilimlarni aniqlash va to‘ldirish yo‘li bilan taqomillashtirish, takrorlash va
mustahkamlashga yordam beradi, o‘quvchi qayta fikrlaydi va o‘tilgan materialni
umumlashtiradi, bilimni amaliy faoliyatda qo‘llaydi;
rivoj topuvchi – har bir tekshirishdan o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarini qayta
tiklashlari, mavjud bilimlarni qayta ishlashlari va sistemaga kiritishlari, xulosa
qilishlari, umumlashtirishlari hamda ta'limni rivojlantirishga samarali ta'sir qilishi
haqida isbot keltirishlari lozim;
tarbiyaviy – nazorat o‘quvchini tartibga soladi, unda o‘zining shunga javobgarlik
hissini tarbiyalaydi, sistematik o‘quv mehnatiga o‘rgatadi, doimiy faol o‘quv
faoliyatini shakllantiradi, o‘z bilim va malakasini takomillashtirishga ruhlantiradi,
o‘zini baholashga ob'ektiv harashni, o‘zini nazorat qilishga bo‘lgan ehtiyojini
rivojlantirishga o‘rgatadi;
18
uslubiy – nazorat o‘qitish usulini baholash, uning kuchli va kuchsiz tomonlanini
ilg‘ash, ta'lim faoliyatining optimal variantini tanlash imkonini beradi.
tejamkor, ya'ni o‘qituvchi va o‘quvchining vaqtini sarflash bo‘yicha tejamli
bo‘lishi, tekshirilgan ishlarni va nisbatan qisqa muddatda holatiy baholarini tahlil
qilishni ta'minlovchi bo‘lishi;
pedagogik xushmuomalik, barcha tanbeh, ko‘rsatma va baholashni xushmuomala
va do‘stona shaklda qilish lozim.
Dostları ilə paylaş: |