Amaliy mashg’ulot №1 Birlamchi o’t- o’chirish vositalari, ularning turlari va ishlash prinsipini urganish



Yüklə 233,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü233,1 Kb.
#40472
1   2   3
3-Amaliy

 

YONG`INNI 

O`CHIRISHDA 

QO`LLANILADIGAN 

MODDALAR,  

ULARNING SINFLANISHI VA XUSUSIYATLARI.  

 

     Qishloq  xo`jaligi  bino  va  inshootlarining  yong`inni  o`chirish  uchun  suv,  suv 



bug`i, ko`pik, inert gazlar, poroshoklari (kukunlar), siqilgan havo va qattiq moddalar 

keng qo`llaniladi. O`t o`chirish moddalari elektr o`tkazish (suv va boshq.) va elektr 

o`tkazmaslik (gazlar, kukunlar) xossalariga ega bo`ladi. Shuningdek, zaharli (3,5-

brom-etil,  freon),  kam  zaharli  (azot,  ko`mir  kislota)  va  zaharsiz  (suv,  ko`pik, 

kukunlar)  turlarga  bo`linadi.  Shuning  uchun  ishlab  chiqarish  ob'ektlari  va 

maydonlarini  yong`in  o`chirish  moddalari  bilan

 

  ta'minlashda    va  yong`inni 



o`chirishda biror uslubni qabul qilganda ularni hisobga olish kerak.

 

         Suv- eng 



ko`p  tarqalgan,  oson  topiladigan,  qulay  ishlatiladigan  o`t  o`chiruvchi  modda 

hisoblanadi.  U  yuqori  issiqlik  sig`imiga  ega  bo`lgani  uchun  olovni  o`chirish 

jarayonida  yonayotgan  moddalardan  juda  ko`p  issiqlikni  oladi.  Bir  gramm  suvni 

bug`ga  aylantirish  uchun  2,26  kJ  issiqlik  sarf  qilinadi.  Suvning  kamchiliklari  - 

issiqlik  sig`imidan  foydalanish  koeffisienti  past,  elektr  o`tkazuvchan,  chang 

qatlamiga ta'sir etganda portlovchi xavfli   aralashma hosil qiladi. Shu sababli suv 

ko`p holatlarda ishlatilmaydi.

 



       Ayniqsa  kalsiy  karbidga  suv  tushganda  yong`in  sodir  bo`ladi  va  portlashga 

xavfli  gaz-asetilen  ajraladi, so`ndirilmagan  ohak  esa -  juda  katta  issiqlik  chiqarib, 

yonidagi yonuvchi materiallarni yondiradi. 

        Ko`pincha  yong`inni  o`chirish  uchun  suv  va  3-10%  li  brometil  va  boshqa 

aralashmalardan tayyorlangan eritmalar ishlatiladi. Eritmani namlaydi, sovitadi va 

yonuvchi  materialni  bug`  bilan  qoplaydi.  Ko`pik  sovutkich  vazifasini  bajarib, 

ma'lum  vaqt  ichida  kislorodni  issiq  yuzaga  kirishiga  qarshi  turish  qobiliyati  ega. 

Kimyoviy ko`pik ko`piksimon kukunlarni qo`llaganda generatorlar yordamida hosil 

qilinadi.  Ko`pik  kukun  sariq-kul  rang  ko`rinishada  bo`lib,  kislota  va  ishqordan 

iborat. Kislota qismiga odatda mayin maydalangan alyuminiy sulfat, ishqorga esa - 

maydalangan natriy gidrokarbonat olinadi. Bu ko`pik neft maqsulotlari, spirt, aseton 

va  boshqa  moddalarni  o`chirishda  qo`llaniladi.  Kimyoviy  ko`pik  hajmi  bo`yicha 

80% karbonat angidrid, 19,7% suv va 0,3% ko`pik hosil qiluvchi moddadan iborat. 

Ko`pikning  turg`unligi  (to`la  parchalanguncha)  40  daqiqaga  yaqin.  Mexanikaviy-

havo ko`pik neft mahsulotlarini o`chirishda qo`llaniladi. U suv, havo va ko`pik hosil 

qiluvchi moddalarni maxsus elektr generator stvollarida va o`t o`chirgichlarda tez 

aralashishi natijasida olinadi. Mexanikaviy havo ko`pik amalda agressiv kimyoviy 

xossalarga  ega  emas, kimyoviy  ko`pikka nisbatan elektr o`tkazuvchanligi kamroq 

bo`lgani  uchun  elektr  qurilmalarni  kuchlanishi  bo`lganda  ham  (masofadan  turib, 

tizillab chiquvchi ko`pik bilan) o`chirishda qo`llaniladi. 

       Karbonat angidrid gazi - SO2, - inert, rangsiz gaz, havodan 1.5 marta og`ir, 0° 

da bosimi 3,6 MPa da suyuq holatga aylanadi. Ut o`chirgichdan purkalganda juda 

tez kengayadi (500 martagacha) va past (-72°) haroratli, qorsimon massaga aylanadi. 

Karbonat  angidridning  asosiy  xosslaridan  biri  shundan  iboratki,  u  erimasdan 

to`g`ridan-to`g`ri  gaz  holatiga  aylanadi.  Karbonat  angidrid  gazining  elektr 

neytralligi  kuchlanish  ostida  bo`lgan  elektr  qurilmalarni  o`chirishda  qo`llash 

imkoniyatini beradi. Yonayotgan xonadagi hajmga nisbatan SO2 aralashmasi 30% 

dan kam bo`lmasa karbonat angidrid gazi ishlatilganda yong`in butunlay to`xtaydi. 

Bu gaz yordamida berk imoratlarni o`chirishda yaxshi natijalar olinadi. 

       Kukunlar suv bilan reaksiyaga kirishuvchi ishqoriy metallar, alyuminiy organik 

birikmalar, fosfor. yonuvchi suyuqliklar va boshqa moddalar. Ular suv va ko`pikdan 

buziluvchi qimmatli xujjatlar, suratlar va boshqa qimmatbaho materiallarni o`chirish 

uchun  mo`ljallangan.  Kukunli  o`t  o`chirgichlar  PS-1  va  PS-2  tarkibi  bilan  ishlab 

chiqariladi.  Kukun  elektr  o`tkazmaydi, odam  uchun  zararsiz,  arzon,  tashish  va 

saqlash  qulay.  Past  haroratda  muzlamaydi.  Juda  ko`p  yonuvchi  suyuqliklarni 

o`chirishda qo`llaniladi.  




 


Yüklə 233,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin