90
maydonlarni toza..., uylar hovlisidagi garajlar... oldirib,
o‘yingoh... aylan..., mavjud sport inshootlarini ta’mir... va-
zifalari «Hashar» kommunal xo‘jali... rahbari Q. Ochilov... top-
shirildi.
Ko‘rilgan ushbu chora-tadbirlar... ijrosi haqida tahririya-
tingiz... qo‘shimcha xabar qila... .
«Yunusobod» mahalla qo‘mita... raisi
(imzo)
S. Olimov.
Rasmiy xatlarda bayon qilingan fikr mantiqiy izchil-
likda
ifodalanishi, yetarli dalillar bilan asoslanishi va
xulosalanishi lozim.
Zarur holatlarda o‘rinli taklif yoki e’tiroz bildirilishi
mumkin. Ammo mutasaddi
rahbarga nisbatan hurmat
saqlanishi,
murojaat odobiga amal qilinishi zarur. Shu
maqsadlarda:
— rahbarga murojaat shakli «
Siz» so‘zini bosh harfda
yozish orqali ifodalanadi (
Sizga, Sizdan kabi);
— fikriy bog‘liqlik
«bu», «ushbu», «mazkur», «shu sa-
babli», «shunga ko‘ra (muvofiq)» kabi so‘zlar yordamida
ta’minlanadi;
— taklif va e’tirozlar
«bizningcha», «shartnomaga ko‘ra»,
«biroq», «shu bilan bir qatorda», «deb o‘ylaymiz» kabi so‘z va
so‘z birikmalari orqali ifodalanadi.
72- topshiriq. O‘quv yurtingizda «Alisher Navoiy ijodi — be-
baho ma’naviy meros» mavzusida
ilmiy-amaliy seminar
o‘tkazish haqida axborot xati tayyorlang. Zaruriy qismlari to‘g‘ri
qo‘yilganligini o‘rtog‘ingizga tekshirtiring.
73- topshiriq. a) xatni o‘qing. Ajratilgan so‘zlarning ma’nosini
izohlang.
«Onajon! Kuyavingizning yozg‘anlaridan tashqari men
sizga shu bilan oltinchi xat yozdim.
Ammo sizdan uchta va
dadamdan ikkita xat oldim.
Ayniqsa,
dadamning keyingi
xatidagi qora xabar bilan dori dunyo ko‘zimga toraydi. O‘lim
haq, ammo
bechora buvim jon berar ekan, yonida turib du-
www.ziyouz.com kutubxonasi
91
osini olib qolmaganim uchun ko‘p
hasrat chekdim. Ayniqsa,
Dostları ilə paylaş: