110
1. Bosh muhandis Shavkat Azimov 2010-yilning 16-mayi-
dan 23- mayigacha Farg‘ona shahriga xizmat safariga yubo-
rilsin. 2. II bosqich talabalarining o‘zlashtirish darajasini tek-
shirish uchun quyidagilardan iborat komissiya tuzilsin. 3. Yul-
duzxon Ibrohimjon qizi 2010.21.05 dan xodimlar bo‘limi
boshlig‘i lavozimiga qabul qilinsin. 4. Ilmiy bo‘lim
bosh mu-
taxassisi L. Azizov navbatdagi mehnat ta’tilidan qaytib,
2010.12.04 dan o‘z vazifasini bajarishga tushdi deb hisoblansin.
5. Litsey jihozlari va boshqa buyumlarini yo‘qlamadan
o‘tkazishda quyidagi muddatlar belgilansin. 6. Buyruqni na-
zorat qilish o‘quv bo‘limi mudiri N. Usmonov zimmasiga
yuklatilsin. 7. Lobar Abduroziq qizi 2010.28.09 dan 250000
so‘mlik maosh bilan Yunusobod tumani xalq ta’limi
bo‘limining bosh metodisti lavozimiga tayinlansin.
76- mashq. Berilgan so‘z birikmalari asosida shunday gaplar tuzing-
ki, ularning kesimi majhul nisbatdagi fe’llardan
iborat
bo‘lsin.
O‘z roziligi bilan, yetakchi mutaxassis lavozimiga, mehnat
shartnomasidagi muddat
tugashi munosabati bilan, moliya-
viy yo‘qlama o‘tkazish uchun, O‘zR MK 12- moddasining
2- bandiga ko‘ra, shtat jadvali bo‘yicha, malaka oshirish kur-
sida bo‘lishi davrida, mashg‘ulotlarda qatnashmaganligi sa-
babli, oylik maoshi 300000 so‘m
miqdorida, sinash mudda-
ti bilan, taftish o‘tkazish uchun.
Muayyan muassasa, tashkilot oldida turgan asosiy
va kundalik vazifalarni
hal qilish maqsadida buyruq,
farmoyish, ko‘rsatma kabi
farmoyish hujjatlari tayyor-
lanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq
maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda
tuziladi.
Buyruq matni
muassasa blankasida yozilib, asoslovchi
(kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi.
Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit
ko‘rsatiladi, asos qilingan buyruq (
hujjat)ga
havola qi-
linadi. Asoslashga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan
to‘g‘ri buyruqning farmoyish qismi beriladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
111
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYU-
RAMAN:» so‘zini bosh harflar bilan ikki nuqta qo‘yib
yozishdan boshlanadi. Shundan so‘ng farmoyish yozi-
ladi. Agar farmoyish bir nechta bo‘lsa, bandlarga ajra-
tilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi.
Farmoyishlarda biror vazifani kim,
qanday va qachon
bajarishi majhul nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs,
birlik) shakli bilan ifodalanadi (
tayinlansin, belgilansin,
o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi).
Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga
yuklatilgani, ba’zan esa ilgarigi
joriy yoki boshqa hujjat
bekor qilinganligi qayd etiladi.
Ba’zan farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bo‘lgan
hujjat nomi ham ko‘rsatiladi.
95- topshiriq. Quyida berilgan namunaviy buyruq shakli asosida
litseyingizda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash
to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tayyorlang.
Dostları ilə paylaş: