3-Mavzu: Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning
rivojlanishi haqida
reja
3.Muxammad ibn Muso-al Xorazmiy, Umar Xayyom, Nasriddin Tusiy, Jamshid
qiyosiddin al-Koshiy, Ulug‘bek asarlarida arifmetikaning rivojlanishi haqida
dastlabki ma’lumotlar.
4. Psixologik – pedagogik adabiyotlarda maktabgacha yoshdagi bolalarda
matematik tasavvurlarni rivojlantirish masalalari.
5.Y.I.Tixieva, F.N.Blexer, maktabgacha yoshdagi bolalarni matematika
elementlariga o‘rgatish to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi (1997 y) uzluksiz
ta’limni bir butun tizimini yaratish vazifasini ilgari surdi va mutaxassislar tayyorlash
sifatiga qo‘yiladigan talablarni yanada oshirdi. YAna shunga bog‘liq holda
Respublikadagi pedagogika oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim — tarbiya jarayonini
takomillashtirish masalasi dolzarb masalaga aylandi. Maktabgacha tarbiya
mutaxassislarini tayyorlash tizimida «Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar
matematik tasavvurlarni shakllantirish asoslari va metodikasi» kursi muhim o‘rin
tutadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda bolalar bog‘chasida matematika o‘qitish
butun sistemasida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan
o‘zgartirishlar amalga oshirildi. Maktab oldiga yangi maqsadlarning qo‘yilishi bilan
bog‘chada matematik ta’lim berish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib keldi.
Bog‘cha bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish bo‘lajak tarbiyachi
maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi
bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish» kursini o‘qish metodikasini
egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim.
MTM sida matematik ta’lim berish metodikaning predmeti quyidagilardan
iborat:
1. Matematika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlarni asoslash (nima uchun
matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi?).
2. MTM da matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani
o‘rgatish kerak?), bolalarga bilimlar qanday berilganda, bu bilimlar fan, texnika va
madaniyatninig hozirgi zamon rivojlanishi talablariga mos keladigan bo‘ladi.
3. Matematika bilim berish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish
kerak?), ya’ni bolalar hozirgi kunda zarur bo‘lgan bilimlarni, malakalarni,
ko‘nikmalarni va aqliy faoliyati, qobiliyatlarini egallab oladigan bo‘lishlari uchun
o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak? Matematik bilimlarni egallash
jarayonida bolalar shaxsining garmonik rivojlanishi va shakllanishini amalga
oshirish uchun qanday o‘qitish kerak?
4. Matematik bilim berish vositalarini — darsliklar, didaktik materiallar,
ko‘rsatma qo‘llanmalar va texnik vositalarni ishlab, (nima yordamida o‘qitish).
5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta’limning
mashg‘ulotdan tashqari formalarini qanday o‘tkazish kerak?)
Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy
nisbatlarni tushunishga va olamdagi fazoviy formalarni (joylashishlarini); natural
son, geometrik figura, miqdor va boshqa tushunchalar abstrakt ammo ular real
borliqdagi predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradigan
hajmda bilimlar berish, Bu bilimlar fazovoy tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy
fikrlay bilishga yordam berishi kerak. Matematikani o‘rgatish bolalarda o‘z ona
tilida xatosiz so‘zlashga, o‘z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga
o‘rgatishda yordam berishi kerak. Matematikani bayon etishda sergaplikka yo‘l
qo‘yish mumkin emas, bunda har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlata bilish ayniqsa
muhimdir.