4) matematika keyingi bosqich uchun “zamin” ekanligiga ishonchlilikni tarbiyalash.
4) tahlil qilishni, aniq holatlarga bo‘lishni bilish;
5) ilmiy xulosalarni aniq materialda ishlashni bilish;
6) matematik masalani echishda toqat qilishni bilish, deduktiv fikrlash
ko‘nikmalarini hosil qilish;
7) yangi savollarni berish (qo‘yish)ni bilish.
Demak, ilk matematik qobiliyatlar shunday insoniy xususiyatlar orqali
ifodalanadiki, ular matematika ilmida yuqori ijodiy faoliyat ko‘rsatishga imkon
yaratadi. Bilim va ko‘nikmalarni o‘rganuvchilarning ko‘pchiligi bilish bu
matematik masalada qo‘yilgan maqsadga muvaffaqiyatli erishtiruvchi bilim va
ko‘nikmalarga asoslangan insoniy qobiliyatdir. “Bilish”ning ayni shunday
ifodalanishi ushbu izlanishda ko‘rilmoqda. “Ko‘nikma” bolaning masalani
echishdagi shaxsiy tajribasida ifodalanuvchi faoliyat deb ko‘riladi. Bilimni
o‘zlashtirish va bilim hamda ko‘nikmalarning shakllanishi o‘rtasidagi bog‘lanish
bolalarning bilimlariga asoslangan bilim va ko‘nikmalarni egallashda ko‘riladi.
Ushbu ko‘nikma va bilimlar hisobida bolalarda yangi bilimlar, tushunchalar
o‘zlashtiriladi.
I.A.Markushevich maktabgacha ta’lim oldida turgan asosiy vazifa bolalarda
matematik tushunchalarni
rivojlantirishdir deydi.
I.A. Markushevich bolalarda quyidagi ko‘nikmalar hosil qilish uchun batafsil
metodologik dasturni beradi:
1) savolning mohiyatini aniqlash;
2) aniq qo‘yilgan savoldan sxemaga
o‘tish (sxemalashtirishni bilish);
3) berilgan farazlardan mantiqiy xulosalarni keltirish;
4) berilgan savolni tahlil qilish;
5) nazariy fikrlashdan kelib chiqqan xulosalarni aniq savollarda
ishlatishni bilish;
6) xulosalarni taqqoslash;
7) shartlarning natijalariga bo‘lgan ta’sirni baholash;
8) olingan xulosalarni umumiylashtirib, yangi savollarni qo‘yish.
YUqorida keltirilgan bilimlar bolaning ijodiy fikrlashi asosida yotadi va bu
bilimlarni bolalarda maktabga qadam qo‘yguncha muntazam rivojlantirish lozimdir.
Geometrik tushunchalarni rivojlantirishda bolalarda mustaqil fikrlashni
shakllantiruvchi boshqa bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish muhimdir.
Bolalarda matematik tushunchalarni
rivojlantirish bir qator shartlarga bog‘liq:
Dostları ilə paylaş: