Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


 Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish



Yüklə 1,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/79
tarix02.01.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#40899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Kadastrlari-1

2 Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish 
va yuritish tartibi  
Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT) - davlat kadastrlarining barcha turlarini 
birlashtiruvchi ko‘p maqsadli axborot tizimidir. 
Quyidagilar Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiradi: 
  davlat yer kadastri; 
  konlar,  foydali  qazilmalar  va  texnogen  hosilalarning  yuzaga  chiqish  hollari 
davlat kadastri; 
  davlat suv kadastri; 
  davlat o‘rmon kadastri; 
  o‘simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastri; 
  hayvonot dunyosi davlat kadastri; 
  qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri;  
  binolar va inshootlar davlat kadastri; 
  davlat shaharsozlik kadastri; 
  gidrotexnika inshootlari davlat kadastri; 
  madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri; 
  avtomobil yo‘llari davlat kadastri; 
  temir yo‘llar davlat kadastri; 
  yetkazib berish quvurlari davlat kadastri; 
  aloqa ob’ektlari davlat kadastri; 
  energetika ob’ektlari davlat kadastri; 
  chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri; 
  tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri; 
  texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri; 
  kartografiya-geodeziya davlat kadastri. 
Davlat kadastrlari yagona tizimiga qonun tomonidan belgilanadigan davlat boshqa 
kadastrlari  ham  kirishi  mumkin.  Davlat  kadastrlari  yagona  tizimi  O‘zbekiston 
Respublikasi  va  uning  alohida  hududlarining  tabiiy-iqtisodiy  salohiyatini  yagona 
umumdavlat  jihatidan  kompleks  hisobga  olishni  va  baholashni  ta’minlash  maqsadida 
yaratiladi va yuritiladi. 
Davlat  kadastrlari  yagona  tizimini  yuritish  O‘zbekiston  Respublikasi  Yer 
resurslari, 
geodeziya, 
kartografiya 
va 
davlat 
kadastri 
davlat 
qo‘mitasi 
("Yergeodezkadastr" davlat qo‘mitasi) tomonidan amalga oshiriladi. 
Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bilan bog‘liq munosabatlar 
mazkur  Nizom,  shuningdek  boshqa  normativ-huquqiy  hujjatlar  bilan  tartibga  solib 
boriladi. Davlat kadastrlari yagona tizimi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, 


 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  ularning  faoliyati  uchun  zarur  bo‘lgan  barcha  turdagi 
davlat kadastrlari axborotlari bilan tezkor ta’minlash uchun mo‘ljallangan. 
Belgilangan  tartibga  muvofiq  aniqlangan  kadastrlar  ob’ektlarining  huquqiy 
maqomi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar,  kartografiya-geodeziya  materiallari,  statistik 
hisobga  olish  ma’lumotlari,  davlat  kadastrlari  ma’lumotlari  Davlat  kadastrlari  yagona 
tizimining  asosini  tashkil  etadi.  Davlat  kadastrlari  yagona  tizimi  doirasida  hududlarni 
kompleks baholash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham jamlanadi. 
Davlat  kadastrlari  yagona  tizimida  belgilangan  chegaralarda  har  bir  hisobga 
olingan  yer  yuzasi  uchastkasi  uchun  uning  jug‘rofiy  holati,  huquqiy  maqomi,  miqdor 
va  sifat  tavsiflari  hamda  tabiiy  baholash,  xo‘jaliklar  va  boshqa  kadastrlar  ob’ektlari 
to‘g‘risida hujjatlashtirilgan ma’lumotlar bo‘lishi kerak.  
Yer,  konlar  hamda  foydali  qazilmalar  va  texnogen  hosilalarning  yuzaga  chiqish 
hollari,  suv,  o‘rmon,  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosi,  alohida  qo‘riqlanadigan  tabiiy 
hududlar,  binolar  va  inshootlar,  shahar  va  shaharchalar,  gidrotexnika  inshootlari, 
madaniy  meros  ob’ektlari,  avtomobil  yo‘llari  va  temir  yo‘llar,  yetkazib  berish 
quvurlari,  aloqa  ob’ektlari,  energetika  ob’ektlari,  chiqindilarni  ko‘mish  va  yo‘q  qilish 
joylari,  texnogen  xavf  yuqori  bo‘lgan  zonalar,  geodeziya  punktlari  va  Davlat 
kadastrlari  yagona  tizimi  masalalarini  hal  etish  uchun  zarur  bo‘lgan  boshqa  ob’ektlar 
Davlat kadastrlari yagona tizimining ob’ektlari hisoblanadi. 
Vazirlar  Maxkamasining  16.02.2005  yil  №  66  karoriga  binoan    Davlat  Kadastrlari 
yagona tizimiga kuydagilar kiradi: 
-  Davlat yer kadastri- (Vazirlar Maxkamasining  31.12.1998yil № 543 son karori  
bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Konlar, foydali kazilmalar va texnogen xosilalaring yuzaga chikish xollari davlat 
kadastri (Vazirlar Maxkamasining  25.05.1997yil № 258 son karori  bilan 
tasdiklangan Nizomi) 
-  Davlat suv kadastri(Vazirlar Maxkamasining  7.01.1998yil № 11 son karori  bilan 
tasdiklangan Nizomi) 
-  Davlat urmon kadastri(Vazirlar Maxkamasining  15.11.2005yil № 250 son karori  
bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Usimlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  5.09.2000 yil 
№ 343 son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Xayvont dunyosi davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  5.09.2000yil № 343 son 
karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Aloxida kuriklanadigan tabiy xududlar davlat kadastri (Vazirlar Maxkamasining  
10.03.1998yil № 104 son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Binolar va inshootlar davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  2.06.1997yil № 278 
son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Dalat shaxarsozlik kadastri(Vazirlar Maxkamasining  15.11.2005yil № 250 son 
karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Gidrotexnika inshootlari davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  16.11.1999yil № 
499 son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 


 
10 
-  Madaniy meros ob’ektlari davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  29.07.2002yil 
№ 269 son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Avtomobil yullari davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  30.06.2005yil № 152 
son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Temir yullari davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  30.06.2005yil № 152 son 
karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Yetkazib berish kuvurlari davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  30.06.2005yil 
№ 152 son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Aloka ob’ektlari davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  30.06.2005yil № 152 
son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Energetika ob’ektlari davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  30.06.2005 yil № 
152 son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Chikindilarni kumish va utilizatsiya kilish joylari davlat(Vazirlar Maxkamasining  
15.11.2005yil № 250 son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Tabiy xavf yukori bulgan zonlar davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  
30.06.2005yil № 152 son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Texnogen xavf yukori bulgan zonalar davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining  
30.06.2005yil № 152 son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 
-  Kartografiya-geodeziya davlat kadastri(Vazirlar Maxkamasining 15.11.2005yil № 
250 son karori  bilan tasdiklangan Nizomi) 

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin