9
Chaqalog‘ingizning yetarlicha sut olayotganligining belgilari
• Dastlabki bir necha kunda ko‘krak suti bilan emiziluvchi chaqaloqlar
1–2 ta siydik va 1–2 ta axlat tagliklari ishlatadilar .
• 2 yoki 3-kundan boshlab ko‘krak suti bilan emiziluvchi chaqaloqlar
har 24 soatda 5 yoki undan ko‘p siydik/axlat tagliklari ishlatadilar .
• Ko‘pchilik chaqaloqlar dastlabki 4 oyda haftasiga 4 unsiya
7 unsiya va oyiga taxminan 1 funt vazn orttiradi .
Boshqa foydali maslahatlar
•
Ko‘kragingizni chaqaloq tomon olib bormang, balki chaqaloqni ko‘kragingiz tomon olib keling!
Emizish vaqtida bukilish bel og‘rig‘iga olib kelishi mumkin .
•
Chaqalog‘ingizni tez-tez teringizga tegadigan tarzda ushlang — biroq faqat o‘zingiz uyg‘oq
bo‘lgan va uni xavfsiz tarzda ushlay oladigan hollarda . Teringizga tegadigan tarzda ushlanganda
chaqalog‘ingizga faqat taglik kiygiziladi va u ochiq ko‘kragingiz oldiga tutiladi . O‘zingiz va
chaqalog‘ingiz ustiga adyol tashlab olishingiz mumkin . (Teriga tegadigan tarzda ushlangan
chaqaloqlar yaxshiroq emadi va jimroq bo‘lishadi hamda kamroq yig‘lashadi .)
•
Sutingiz kelishini yaxshilash uchun tez-tez emizing .
•
O‘zingizni ehtiyot qiling . Ko‘p dam oling, ko‘p suyuqliklar iching, sog‘lom taomlar iste’mol qiling va
tug‘ruqdan avvalgi qabul qilayotgan vitaminlarni davom ettirish yoki boshqa multivitaminlar qabul
qilish to‘g‘risida shifokoringiz bilan maslahatlashing .
•
Agar siz ko‘krak sutingizni sog‘sangiz yoki so‘rib olsangiz (17-betga qarang), unga butilkada berishdan
avval chaqalog‘ingizning bir oyga to‘lishini kutish yaxshiroqdir .
•
Ko‘krak suti bilan boqish tartibini o‘rnatib olmaguningizcha rezina so‘rg‘ich bermang .
10
Qulay joylashtirib olish: Ko‘p foydalaniladigan ko‘krak suti bilan boqish holatlari
Siz uchun qaysinisi eng yaxshi darajada mos ekanligini ko‘rish uchun turli emizish
holatlarini sinab ko‘ring. Ko‘krak suti bilan boqishning muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun
Dostları ilə paylaş: |