Michael R. Bloomberg Mayor



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/40
tarix02.01.2022
ölçüsü1,13 Mb.
#40934
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
csi-breast-feed-mother-guide-uz (1)

6.

  

Chaqalog‘ingizning osongina 

so‘rayotganligi va  

yutayotganligini kuzatib turing . 



7.

  

Baxtli, emayotgan  

chaqalog‘ingiz tovushlarini 

tinglang!



C-simon ushlash


8

Emizish og‘riqli bo‘lmasligi kerak! Og‘riq chaqalog‘ingizning 

to‘g‘ri yopishib olmaganligining belgisidir . Agar chaqaloq faqat 

so‘rg‘ichdan so‘rayotgan bo‘lsa, ingichka barmog‘ingizni astalik 

bilan uning og‘zining burchagiga joylashtirish orqali so‘rishni 

to‘xtating . Undan so‘rg‘ichni chiqarib oling va uni imkoni 

boricha areola sohasiga yopishib oladigan tarzda ko‘kragingizga 

yopishtirishga harakat qiling . Siz farqni sezasiz!

Emizish

  Chaqalog‘ingizni u och qolgan vaqtda emizing . 24 soat ichida 



sog‘lom chaqaloq ko‘pincha 8 martadan 12 martagacha 

oziqlanadi . Chaqalog‘ingiz ovqat so‘rab yig‘lay boshlagunicha 

kutib turmang — u ochlikning eng so‘nggi belgisi . Oziqlantirish 

vaqti kelganini ko‘rsatuvchi alomatlar — chaqaloqning och 

ekanligining belgilari quyidaglarni o‘z ichiga oladi:

 •

 Qo‘llarini so‘rish



 •

 Lablarini chapillatish

 •

 Og‘zini qimirlatish



 •

 Uxlayotgan vaqtda ko‘zlarini harakatlantirish

 •

 Chuqur uxlagandan keyin bir yoki ikki soat o‘tib yengil uxlash



  Siz har safar oziqlantirganda bitta ko‘kragingizni yoki har ikkala ko‘kragingizni tutishingiz mumkin . 

Agar chaqalog‘ingiz ikkinchi ko‘kragingizni kamroq vaqt emsa, xavotir olmang .

  Agar siz bitta emizishda o‘ng ko‘krakdan boshlagan bo‘lsangiz, keyingi emizishda chap 



ko‘krakdan boshlang . Agar siz oxirgi marta qaysi ko‘krakdan emizganligingizni eslay olmasangiz, 

siynabandingizga eslatib turishi uchun to‘g‘nog‘ich qadab qo‘ying yoki qaysi ko‘krak sutga to‘laroq 

ekanligini his qiling . Ayrim onalar buni esga solib turishi uchun uzuklarini bir qo‘llaridan ikkinchi 

qo‘llariga almashtirib turadilar .

  Chaqalog‘ingizni u qoniqqinucha emizing — odatda har bir ko‘krakdan taxminan 10 daqiqadan  



20 daqiqagacha . Uning to‘yganlik belgilarini kuzatib boring: Chaqaloqning qo‘llari va tanasi erkin 

bo‘ladi, u og‘zini so‘rg‘ichdan oladi yoki uxlab qoladi . 

  Agar chaqalog‘ingiz emishni to‘xtatsa, biroq hali ham yopishib olgan bo‘lsa, so‘rishni to‘xtatish uchun 



ingichka barmog‘ingiz uchini uning og‘zining burchagiga astalik bilan qo‘ying va uni ko‘krakdan 

ajratib oling .





Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin