6
Ko‘kraklaringiz haqida qayg‘urish
Ko‘krak suti bilan boqish vaqtida ko‘kraklarga qarov boshqa vaqtlardagi qarovdan unchalik farq
qilmaydi . Kunlik yuvib turish odatda yetarli bo‘ladi . Biroq quyidagi bir nechta foydali maslahatlar bor:
•
So‘rg‘ichlaringizga sovun surtmang yoki ularni qattiq ishqalamang, chunki bu ularni quruqlashtirishi
va yoriluvchan qilib qo‘yishi mumkin .
•
Agar so‘rg‘ichlaringiz nozik bo‘lsa, har bir emizishning oxirida so‘rg‘ichlarga ozgina sut tomizish (va uni
quritish) foydali bo‘lishi mumkin . Ko‘krak suti bilan boqish og‘riqli bo‘lmasligi kerak . Agar siz og‘riqni his
qilsangiz, chaqalog‘ingiz yaxshi yopishib olmagan bo‘lishi mumkin (Yopishtirib olish bo‘limiga qarang) .
•
Oqib ketgan sutlarni shimib olish uchun siynabandingizda ko‘krak tagliklaridan foydalaning .
•
Ayniqsa ularning nam yoki ho‘l ekanligini his qilganingizda ko‘krak tagliklarini tez-tez almashtirib
turing . Ko‘krak tagliklarini teringizga tekkan holda qoldirish qichishish va so‘rg‘ichlarning yorilishiga
olib kelishi mumkin .
•
Ko‘kraklaringizga har kuni qarab turing, har qanday qizargan joylar, dog‘lar yoki boshqa har qanday
noodatiy narsalarga e’tibor bering . Agar ular ketmasa yoki og‘riqni his qilsangiz yoki kasal bo‘lsangiz,
ko‘krak suti bilan boqish mutaxassisi yoki shifokor bilan maslahatlashing .
Dostları ilə paylaş: